Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə45/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

Metodik uyushmasi hujjatlari:
-yillik ish rejasi;
-yig’lish bayonnamalari;
-hisobotlar;
-metodika kengashiga taqdim etilgan va muhokamadan o’tgan ishlarning chop etilgan elektron nusxasi;
Metodika kengashiga xalq, ta’limi boshqaruv organlaridan yo’llangan hujjatlar nusxasi.

8-MAVZU: MAKTABGACHA TA’LIM BO’LIMLARI VA ULARNING TUZILISHI
REJA:
1. Maktabgacha ta’lim bo`yicha metodik ishlarni tashkil qilish.
2. Maktabgacha ta’lim bo’limlarida metodik birlashmalar va ularning tashkil etilishi.
3. Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining asosiy vazifalari


Tayanch tushunchalar:
Metodik birlashma - maktabgacha ta'lim xodimlarining kasb mahorati va malakasini oshirish shakllaridan biri.
Ko'chirma-papka - yig'ma papka, ota-onalar va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida biror-bir mavzu bo'yicha jihozlangan ko'rgazmali vositadir.
Tibbiy-pedagogik yig'ilish - bu maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ilk yosh guruhlari tarbiyalanuvchilari sog'lig'ini muhofaza etish masalalariga bag'ishlanadigan kengash.
Ochiq tadbirlar - jamoa ishtirokida pedagogik jarayonlarni kuzatish.
1. Maktabgacha ta’lim bo`yicha metodik ishlarni tashkil qilish.
Maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo’limlarinining vazifalari va funksiyalari.
Quyidagilar maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
- Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta'minlashda ishtirok etish;
- kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar bilan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish sohasida o'zaro hamkorlik qilish;
- maktabgacha ta'lim tashkilotlarida maktabgacha ta'lim sohasidagi qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga rioya qilinishi monitoringini olib borish va nazorat qilish;
- maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o'quv-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
- maxsus maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni reabilitatsiya qilish va ma'naviy-axloqiy tarbiyalash;
- nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qo'llab- quvvatlash va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantirish;
- tuman (shahar) darajasidagi byudjetdan moliyalashtiriladigan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirishni, ularda buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etish.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin