Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021


Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, uning vazifasi, ish mazmuni



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə41/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, uning vazifasi, ish mazmuni.
-Maktabgacha ta’lim boshqarmasining vazifalari quyidagilardan iborat;
- maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatining asosiy yo’nalishlariga rahbarlik qilish;
- maktabgacha tarbiya tashkilotlarida ta’lim-tarbiya va tashkiliy-pedagogik ishlarga rahbarlik qilish;
- «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va maktabgacha konsepsiyasida va sohaga oid boshqa qonun hujjatlarida ko’zda tutilgan vazifalarning bajarilishi ustidan nazorat qilish;
- aholi o’rtasida pedagogik bilimlarni targ’ib etish va ommalashtirish ishlarini muvofiqashtirish;
- «Ilk qadam» o’quv dasturini takomillashtirish ishlariga rahbarlik qilish;
- maktabgacha ta’lim tashkilotlari va oilada bolalarga ta’lim-tarbiya berishning o’zaro uyg’unligini ta’minlash;
- pedagogika fani va amaliyoti yutuqlari asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya dasturlarini takomillashtirib borish;
- maktabgacha ta’lim tashkilotlariga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;
— buysunishidan qat’i nazar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati ustidan nazorat qilish;
— maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish ishlariga rahbarlik qilish;
- xorijiy mamlakatlarning maktabgacha tarbiya tashkilotlari faoliyatini boshqaradigan idoralar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish.
O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta’lim boshqarmasi unga topshirilgan faoliyat yo’nalishi bo’yicha vazirlikning boshqa boshqarma va bo’limlari, viloyat, shahar, tuman maktabgacha ta’lim boshqarmalari (bo’limlari), Iqtisodiyot, Sog’liqni saqlash vazirliklari. Pedagogika fanlari akademiyasi, shuningdek qaramog’ida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo’lgan tarmoqlarning tegishli bo’linmalari bilan amaliy hamkorligi yo’lga qo’yilgan.
Maktabgacha ta’lim boshqarmasining ish mazmuni quyidagilardan iborat:
— ta’lim-tarbiya va tashkiliy-pedagogik ishlarga rahbarlik qilish;
—ijtimoiy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini aniqlash;
— viloyat, shahar, tuman xalq ta’limi bo’limlari, maktabgacha ta’lim boshqarmalari (bo’limlari) tomonidan me’yoriy, instruktiv, metodik-dasturiy hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish;
— ichki mehnat tartibi to’g’risida nizom, yo’l-yo’riq va qoidalarni ishlab chiqish (kasaba uyushmalari bilan hamkorlikda);
— tashkilotlar tarmog’i taraqqiyotining istiqbolli, yillik xalq xo’jaligi va davlat rejalarini tuzishda, kapital qurilish, kadrlar tayyorlash, pedagogik mahoratni oshirish va uni nazorat qilishda ishtirok etish, na’munaviy binolar loyihasini ishlab chiqish, tashkilotlarning uskunalar va o’quv-ko’rgazma qo’llanmalariga bo’lgan talabini aniqlash;
— bolalar hayoti va sog’lig’ini saqlash bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish, uning bajarilishini nazorat qilish;
— ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ishini tashkil etish;
— maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash borasida tushungan ilg’or xorijiy tajribalarni o’rganish va amaliyotga joriy etish;
— mehnatkashlarning arizalari, xat va shikoyatlarini ko’rib chiqish va tegishli qarorlar qabul qilish va hokazolar.
Viloyat, shahar boshqarmalari bevosita Xalq ta’limi vazirligiga bo’ysunadi. Viloyat, shahar, tuman xalq ta’limi bo’limlarida maktabgacha ta’lim sektori mavjud bo’lib, u mazkur hududda joylashgan tashkilotlar faoliyatini boshqaradi, ularning ishini nazorat qiladi, pedagog xodimlar malakasini oshirish tadbirlari ham ular zimmasidadir. Tuman Maktabgacha ta’lim bo’limi shu hududda joylashgan barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari, ular qaysi idora va tashkilotlarga bo’ysunishidan qat’i nazar, nazorat etadi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti nazoratchi-uslubchisining vazifalari, huquqlari va unga qo‘yilgan talablar.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ishiga bevosita rahbarlik qilish xalq ta’limi bo’limi maktabgacha ta’lim nazoratchi-uslubchi zimmasiga yuklatiladi.
Nazoratchi - uslubchi - maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tegishli qonun-qoidalarning bajarilishini nazorat qiluvchi shaxsdir.
Nazoratchi - uslubchining ishi murakkab va ko’p qirralidir. Shuningdek u mamlakatimizda xalq ta’limi sohasiga oid chiqarilgan qonunlar, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va instruktiv, dasturiy, uslubiy hujjatlarga amal qiladi.
Nazoratchi - uslubchining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
turli tildagi, idoraviy bo’ysunishidan qat’i nazar, barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida «Ilk qadam» o’quv dasturining bajarilishini kuzatadi, tekshiradi;
— maktabgacha ta’lim tashkiloti ishini har tomonlama nazorat etadi;
— amaldagi qonunlar doirasida yo’l - yo’riq, buyruq, tavsiya, ko’rsatmalar beradi;
— g’ayriqonuniy ishlarga chek qo’yadi va bu haqida Maktabgacha ta’lim bo’limiga axborot taqdim etadi;
— maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini takomillashtirish bo’yicha taklif - tavsiya, fikr - mulohazalar beradi;
— Maktabgacha ta’lim bo’limida mudira, uslubchi va tarbiyachilar uchun ilmiy-uslubiy kengashlar tashkil etadi;
— maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini attestatsiyadan o’tkazadi;
— xodimlarni rag’batlantirish va jazolash, ishdan bo’shatish masalalari bo’yicha tavsiyalar beradi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin