maktabgacha talim dasturi talablarini amalga oshirish asosida maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishni davlat nazoratidan o’tkazish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari ishini belgilangan tartibda tekshirib borish;
tashkilot ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish va unga amaliy yordam berish;
ishdagi ijobiy tomonlarni o’rganish, umumlashtirish, ommalashtirish rag‘batlantirish;
rahbarning xodimlar bilan ishlash malakalarini o’stirishda nazorat ishlarini tashkil etish;
maktabgacha ta’lim xodimlariga ta’lim-tarbiya ishini yanada rivojlantirishda metodik yordam ko’rsatish.
Nazorat qilish samaradorligiga erishishning muhim talablari: A) tekshirishning rejali bo‘lishi va tizimliligi;
B) ish ahvolini har tomonlama va ilmiy pedagogik jihatdan chuqur tahlil qilish;
V) ishlarga baho berishda holislik va xulosalarning asosli ekani;
G) tekshirishni o‘z vaqtida boshlash va tugatish;
D) takliflarning bajarilishini nazorat qilish;
E) nazoratni yorda berish bilan qo’shib olib borish;
F) har bir masalaga alohida yondashish;
J) talabchanlik bilan pedagogik madaniyatni qo‘shib olib borish
Nazorat qilish(tekshiruv)ga tayyorgarlik va uning bosqichlari Nazoratchi-uslubchi nazorat qilish(tekshiruv)ga tayyorgarlik jarayonida quyidagilarni e’tiborga olishi lozim:
1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tekshirish uchun yuqori idora tomonidan yozma xat olinadi.
2.Tekshiruvdan oldin tegishli savolnoma tuzilib, shu orqali tashkilot faoliyati tekshiriladi.
3.Tekshirilishi lozim bo’lgan tashkilot haqida Maktabgacha ta’lim bo’limidan ma’lumot olinadi; nazoratchi-uslubchiga maktabgacha ta’lim tashkiloti haqida dastlabki ma’lumotlar berilib, u tashkilotning maktabgacha ta’limi tizimida tutgan o’rni hamda butun faoliyatini aks ettiruvchi hujjatlar bilan tanishtiriladi;
4.Tekshirish rejasi tuzilib, uning muddati, tekshiruv kim tomonidan amalga oshirilayotgani ko’rsatiladi.
Nazorat qilishga tayyorgarlik jarayonida nazoratchi- uslubchi davlatimizning sohaga oid qonuniy-me’yoriy hujjatlarini yana bir bor ko’zdan kechirib chiqishi zarur.
Demak, nazorat qilishni tashkil etish unga tayyorgarlik tekshiruvchilardan o’z ustida ishlashni, g’oyaviy-siyosiy va ilmiy yetuklikni, tashkiliy, pedagogik usullarni, uslubiy ishlanmalarni mohirlik bilan qo’llashni talab etadi.
Nazorat qilishni samarali tashkil etishda uning bosqichlarini to‘g‘ri belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Ular quyidagilar:
a) tekshirish rejasin tuzish va tasdiqlash;
b) tekshirishning maqsadi va vazifalari to’g’risida mudirani ogohlantirish;
v) ishning borishini ifodalovchi hujjatlarni olish (hisobotlar, aktla va hokazo);
d) tashkilot xodimlari bilan suhbatlashish;
e) maktabgacha ta’limni boshqarish ishini o’rganish, uning holatini tahlil qilish;
y) maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatining ayrim jihatlarini tekshirish;
j) maktabgacha ta’limni tashkil etish va uni rivojlantirishda qo’lga kiritilgan ijobiy natijalar, ularni amaliyotga tatbiq etish yo’llarini belgilash, tavsiyanomalar ishlab chiqish;
z) aniqlangan kamchiliklarni tahlil qilish ularni bartaraf etish uchun zarur ko’rsatmalar va amaliy yordam berish; tekshiruv natijalarini jamoa a’zolarining ishtirokida muhokama qilish;
i) tekshirish yakunlari bo’yicha ma’lumotnoma yoki dalolatnoma tuzish;
k) bajarilgan ishlar bo’yicha boshqarma, bo’lim rahbari oldida hisobot berish.