Umumiy majlislar 1. Maktabgacha ta’lim tashkiloti va oilada bolaning axloqiy tarbiyasi. Mavzu bo'yicha ota-onalar chiqishlarini tayyorlash.
2. Bola tarbiyasida ota-onalar obro'yi. Ma'ruza mavzusi bo'yicha tayyorlangan ota-onalar chiqishlari.
3. a) Yoz paytida maktabgacha ta’lim tashkilotini hovlisida tarbiyaviy ishlar (bunda mehnat tarbiyasi masalalariga alohida e'tibor beriladi).
b) Yoz sharoitida sog'lomlashtirish tadbirlari (shifokor axboroti).
v) Bolalarni ekskursiyaga olib chiqish bilan bog'liq tashkiliy masalalar.
4. a) Bolalar bilan o'tkazilgan yozgi sog'lomlashtirish ishlarining yakuni.
b) Ota-onalar qo'mitasi ishining hisoboti va boshqalardan iborat bo’ladi.
Oila tarbiyasida tarbiyalanuvchilarni aqliy jihatdan tarbiyalash ham muhim o‘rin tutadi. Eng muhimi, ota-ona tomonidan tarbiyalanuvchilarning qiziqish va ehtiyojlarini ko‘ra bilish asosida tasavvur, idrok, tafakkur, xotira hamda diqqatni takomillashtirishga yordam beruvchi mashg‘ulotlarga jalb etishdan iborat. Shuningdek, ma’lum yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quvchilarda qiziqishni uyg‘ota olish, uni rivojlantirib borish ham talab etiladi. Oila muhitida o‘quvchilarning aqliy jihatidan tarbiyalab borishda konstruktorlik o‘yinlari (kubiklar yordamida uylar qurish, kesmalar asosida fano (tasvir)lar hosil qilish va boshqalar), fikr doirasini kengaytirishga yordam beruvchi sport o‘yinlari (shaxmat, shashka)ni tashkil etish, turli mavzulardagi krossvord, chaynvord va rebus topishmoqlarini hal qilish, teatr, muzey va ko‘rgazmalarga tashrif buyurish, ilm-fan, texnika, texnologiya rivojiga oid suhbatlarning uyushtirilishi bu borada o‘zining ijobiy samarasini beradi.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash joizki, oiladagi sog‘lom muhit, oila a’zolarining psixologik jihatdan o‘zaro yaqinliklari, ehtiyoj, qiziqish va hayotiy yondashuvlaridagi umumiylik, bir - birlarini har qanday vaziyatda qo‘llab-quvvatlay olishlari, ota-onalar tomonidan barcha farzandlariga nisbatan qo‘yilayotgan talablar, ularga ko‘rsatilayotgan e’tiborning bir xil bo‘lishi oila tarbiyasida ijobiy natijalarga erishishning omillari sanaladi.