Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Boshqarish usuli deganda nimani tushunasiz?
2.Maktabgacha ta’lim tashkilotlari mudira lavozimining malaka tavsiflari nimalardan iborat?
3. Nazoratning asosiy maqsadi nimalardan iborat.
4. Smeta deganda nimani tushunasiz?
6-MAVZU: OTA – ONALAR JAMOATCHILIGI VA ULARNING ISH FAOLIYATI. REJA:
1. Ota - onalar bilan ishlashda tarbiyachining o’rni. 2. Tarbiyachining oilani borib ko'rishi. 3. Ota-onalar qo'mitasi va jamoachilik bilan ishlash. 4. MTMning ota-onalar bilan ishining yillik rejasi umumiy majlislar
Qo’llaniladigan ta’lim texnalogiyalari: dialogli yondashuv. Muommoli ta’lim, aqliy hujum metodi, Venn diagrammasi, T- sxemasi, FSMU, Baliq skleti, o’z-o’zini nazorat qilish. Tayanch tushunchalar: Hamkorlik - ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchining o'zaro muloqotiga asoslangan ijodiy faoliyat jarayoni.
Komil inson - inson aqliy takomillashuvi bosqichlaridan biri.
Komillik- insonga xos xislat, u har bir davrga mos mazmun- mohiyat kasb etadi.
1. Ota - onalar bilan ishlashda tarbiyachining o’rni. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni hamda 2017 yil 9 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli Qarori qabul qilindi. Shuningdek, Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1-MH sonli “O‘zbekiston Respublikasining Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”, “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim tashkiloti Davlat o‘quv dasturi va boshqa me’yoriyhuquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga oid ushbu me’yoriy hujjatlar o‘ziga xos ahamiyat kasb etsada, bola avvalo, oilada sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitda shakllanib tarbiya topadi. Sog‘lom ijtimoiy muhitda tarbiyalangan yosh avlod Vatan ravnaqi uchun o‘z hissasini qo‘sha oladigan, jamiyat manfaatini o‘z manfaati bilan mutanosib olib boradigan inson bo‘lib yetishadi. Buning uchun esa, o‘sha sog‘lom avlodni tarbiyalaydigan, har jihatdan sog‘lom, mustahkam bo‘lgan oilani vujudga keltirish kerak. Ana shunday oilalarda bolalarni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashda milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni o‘rni beqiyosdir. O‘zbek xalqining ana shunday umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga qo‘shadigan hissasi o‘z madaniyatiga xos xususiyatlarini muntazam ravishda takomillashtirib borish bilangina amalga oshiriladi. Ma’lumki, “oila” va “maktabgacha ta’lim” tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Bu bog‘liqlik maktabgacha ta’limning oilalarsiz mavjud bo‘lmasligini hamda o‘z navbatida oilaning jamiyat tarkibida vajudga kelishida va yashovchanligida ko‘rinadi. Oila hamda maktabgacha ta’lim o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar ikki tomonlama aloqadorlik munosabatiga ega. Maktabgacha ta’lim taraqqiyotining rivoji ham ana shu oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy qiyofasining shakllanganlik darajasiga bog‘liqdir. O‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol hamda komil inson etib tarbiyalash xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib, farzandlarni ma’naviy-axloqiy, milliy, madaniy, tarixiy an’analariga hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslanib, zamonaviy insonni shakllantirish maktabgacha ta’lim tizimida, ota-onalar oldida turgan eng asosiy ma’suliyatli vazifalardan biri sanaladi. Oila bu – sharqona turmush tarzimizning o‘ziga xos tizimidir. Bu – insonning jamiyat hayotiga uzviy singib, ijtimoiy munosabatlar ishtirokchisiga aylanishda muhim vositadir. Oila – jamiyatning muqaddas tarbiya makonidir. Insonning oilada shakllangan iymon-e’tiqodi, odobi, mahalla muhitida yanada yuksalib, xalq irodasi, o‘zaro totuvlik va hamkorlik rishtalari bilan uyg‘unlashib, maktabgacha ta’lim tizimi jamiyatda sog‘lom munosabatlardagi muhim bog‘lovchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Tarbiyalashga xolisona yondashish, ulardan ijtimoiy, tarbiyaviy masalalarni hal etishda samarali foydalanish, maktabgacha ta’lim tizimida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va unda yoshlarning ishtirokini ta’minlash hozirgi kunda ko‘plab dolzarb muammolarni hal etib, shubhasiz yoshlarni mustaqil O‘zbekistonga munosib fuqarolar bo‘lib voyaga yetishiga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti va tarbiya sohasiga e’tiborni kuchaytirish, bu borada hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qonun va hujjatlar hamda normativ ko‘rsatmalarni samarali bajarish uchun oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligi faoliyati o‘ziga xos pedagogik tizim, uslub va shakllarga ega bo‘lishi zarur. O‘tkaziladigan tadbirlar har tomonlama puxta ishlangan, shuning bilan qatnashchilarning yoshlariga mos pedagogik-psixologik mujassamlashgan, mantiqan teran, qiziqarli va ko‘rgazmali, ta’sirchan, ommabop, amaliy jihatdan qisqa va lo‘nda, estetik jihatdan keng ko‘lamli bo‘lishi va quyidagi masalalarni qamrab olgan bo‘lishi kerak: maktabgacha ta’lim tashkiloti, oila va shaxs tarbiyasining mazmuni va mohiyatini anglash; oila – jamiyatning negizi, ajralmas qismi sifatida bilish; yosh avlod tarbiyasida oilaning o‘rni, uning vazifasi va maqsadi; oila maktabgacha ta’lim integratsiyasi; maktabgacha ta’lim tashkiloti va uning asosiy faoliyati; bolalar tarbiyasida oila va maktabgacha ta’lim tashkilotining o‘rni va roli; maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila hamkorligida olib boriladigan ishlar mazmuni; maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalarni turli to‘garaklarga jalb etishda oilaning roli. Har bir oilada o‘zaro hurmat, bir biriga yordam, insoniy munosabatlar muhiti yaratilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Oila va maktabgacha ta’lim o‘rtasidagi ijtimoiy munosabat ikki tomonlama aloqadorlik xususiyatiga ega bo‘lib har bir oila umumjamiyat talablari asosida faoliyat yuritadi. Jamiyat taraqqiyotining rivoji esa uning bag‘rida mavjud bo‘lgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy qiyofasining shakllanganlik darajasiga bevosita bog‘liqdir. Oila tarbiyalanuvchilar uchun eng asosiy tarbiya muhiti bo‘lib, bu muhitda shaxs kamoloti uchun muhim hisoblangan odob-axloq, iroda, harakter va dunyoqarash shakllanadi. Tarbiyachilar oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini ko‘radi, jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoa orasida, oilaviy munosabatlarni tashkil etish jarayonida anglaydi. Oilaviy munosabtlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini ta’minlab, ota - onalarda o‘ziga xos faollikni ham yuzaga keltiradi. Darhaqiqat, shaxs shakllanishida oilaning roli katta. Aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat farzandlar namunali oilalarda kamol topadilar. Shuning uchun ham oilada sog'lom muhitni vujudga keltirish va uni mustahkamlash umumdavlat ahamiyatiga molik masaladir. Chunki ijtimoiy hayotda yuz beradigan barcha o'zgarishlar, ya’ni undagi yetuk va kamchiliklar, murakkabliklar va ziddiyatlar oilada o'z aksini topadi. Shunga ko'ra oila va oilaviy tarbiya masalalari har doim ham dolzarb muammo bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi.
Respublikamizda 1998-yil - "Oila yili" deb e'lon qilinishi munosabati bilan qabul qilingan. Davlat dasturini hayotga joriy etish natijasida oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslari takomillashtirildi, “Oila kodeksi”ning yangi tahriri, bir qator qonunchilik va me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Oilaning moddiy farovonligini ta'minlashga qaratilgan zarur shart- sharoitlar yaratildi. Kam ta'minlangan, serfarzand oilalarni qo'llab-quvvatlash ishlarini davlat o'z zimmasiga oldi. 1999 yil mamlakatimizda "Ayollar yili" deb e'lon qilinishi munosabati bilan jamiyatda xotin-qizlarning mavqeyini yanada oshirish, turmush sharoitlarini yaxshilash uchun barcha davlat va nodavlat tashkilotlarni birlashtirildi. Shu yildan boshlab (1999) ayollarga ularning istaklariga binoan hamda qonunda belgilangan mehnat staji bo'lgan taqdirda 54-yoshdan pensiyaga chiqish huquqi berildi. 3 yoshgacha bolasi bo'lgan ayollar byudjet hisobidan moliyalashtirilgan tashkilot va tashkilotlarda ishlayotgan bo'lsalar, ular uchun ish haqining to'liq miqdori saqlangan holda ish vaqtini haftasiga 35 soatdan oshmaydigan muddati belgilandi. Ayollar yili munosabati bilan qabul qilingan davlat dasturi mamlakatimizda yashayotgan ayolning hayotiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Respublikamizda 2000-yil “Sog'lom avlod" yili deb e'lon qilindi. 2000-yilda amalga oshiriladigan ishlar "Oila", "Ayollar yili"dagi chora-tadbirlarining mantiqiy davomi bo'lib, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, sog'lom avlodni shakllantirish yuzasidan ko'plab ijobiy natijalarga erishildi:
- yoshlarni turmush qurishdan avval tibbiy ko'rikdan o'tkazish amaliyoti hayotga joriy qilindi.
- nogironlikning oldini olish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida homilador ayollar va chaqaloqlarni skrining ko'rigidan o'tkazish yo'lga qo'yildi.
- bolalar organizmida yod tanqisligi oqibatida kelib chiqadigan kasalliklarni oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda.
Respublikada yosh avlodni ma'naviy jihatdan barkamol qilib voyaga yetkazish maqsadida turli mazmunlarda ko'rik- tanlovlar o'tkazilib kelinmoqda.
Birinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining XI sessiyasida qabul qilingan “Oila kodeksi” sharqona va umuminsoniy axloq normalari mushtarakligida shakllangan, farovon oilalarning manfaatlarini ta'minlashda muhim huquqiy poydevor bo'ladi. Konstitutsiyaga binoan, "Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi (65-modda).
Bolaga oilada yaxshi tarbiya berish bola hayotining dastlabki davrlaridan boshlaboq, ota-ona oldida turgan asosiy maqsad va vazifalardir. Ya'ni ota-ona uchun ham qarz, ham farzdir, oila bolaga ta'sir ko'rsatadi, uni atrofidagi hayotga moslaydi. Jamiyatda esa tarbiya faqat ota-onaning shaxsiy ishigina bo'lib qolmasdan, balki ularning ijtimoiy burchi hamdir. Ma’lumki shaxsning qadriyati uning jamiyatdagi tutgan o'rni bilan belgilanib, ko'p jihatdan uning tarbiyasiga bog'liq bo'ladi. Shu sababli ota-ona o'z bolalarining tarbiyachisi hisoblanadi.