Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə30/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

Yalpi tekshirish usuli orqali tshkilotning kun davomidagi faoliyatining barcha jihatlari: tashkiliy-ma’muriy, moliyaviy-xo’jalik, ta’lim-tarbiya ishlarining mazmuni, yo’nalishlari, samarasi va natijalari kuzatiladi.
Muayyan mavzu bo’yicha nazorat qilishda esa kuzatish usuli tanlab olingan mavzu va uning xarakteriga bog’liq bo’ladi. Agar ta’lim-tarbiya ishlari kuzatilayotgan bo’lsa, tekshiruvchi mashg’ulotlarni izchil tahlil qiladi, ularni tashkil etish mazmuni, tuzilishi va uslubiyatiga alohida ahamiyat beradi.
O’yin jarayonini kuzatayotganda kuzatuvchi asosiy e’tiborni o’yin turiga, o’ynash uchun yaratilgan shart-sharoit, bolalarning o’zaro munosabatlari va tarbiyachining bu jarayonni qay darajada boshqarayotganiga qaratadi. Ba’zan pedagogik ishlarni kuzatayotgan nazoratchi uning mazmun-mohiyati haqida aniq, yaqqol tasavvur hosil qilmasligi mumkin. Bunday hollarda, odatda, qo’shimcha yoki takroriy tekshiruv o’tkaziladi.
Tashkiliy-pedagogik faoliyatni kuzatishda:
-mudiraning bu ishni to’g’ri tashkil etgani, uning tashkiliy-ma’muriy, tarbiyaviy va moliyaviy-xo’jalik ishlarini samarali olib borayotgani, jamoa a’zolari, tarbiyachi va boshqa xodimlar bilan munosabati, shuningdek, ota-onalar bilan o’zaro munosabatlarini qanday yo’lga qo’yganiga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, kuzatishda tashkilotda kun tartibi qoidalariga qay darajada rioya etilayotgani, bolalarning bilim darajasi, ularning axloq-odobi, tarbiyachining bilimi, malakasi, tajribasi unda ta’lim-tarbiya usul va uslublarini qay darajada egallagani singari masalalar ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limining na’munaviy ish rejasi.
Har bir, ayniqsa, yosh nazoratchi-uslubchilar uchun tegishli kuzatish rejasini tuzib faoliyat yuritishi jarayonni puxta, mazmunli, har tomonlama keng va samarali olib borishini ta’minlaydi. Bunday kuzatish rejasining ya’ni tekshirishning yuzaki, pala-partish, amalga oshirilgan ishlarga baho berishda bir yoqlamalikka olib keladi. Chunki, oldindan o’ylangan rejali kuzatish tashkilotdagi ilg’or ish tajribalarini o’rganishga, umumlashtirishga va ommalashtirishga xizmat qiladi. Kuzatish jarayonida tarbiyachi yoki mudira tomonidan kamchilikka yo’l qo’yilgani aniqlansa, nazoratchi-uslubchi tashkilot xodimlarining shaxsiyatlariga tegmasdan, shoshilmasdan, kamchiliklarning oddini olish choralarini tushuntirib berishi, metodik yordam ko’rsatishi kerak. Agar kuzatish jarayonida bolalar sog’ligi va hayotiga xavf soladigan kamchilikka yo’l qo’yilgan bo’lsa, nazoratchi-uslubchi zudlik bilan masalani hal etish chora-tadbirlarini ko’rishi zarur.
Tekshiruv jarayonida aniqlangan vaziyat va holatlar, xato va kamchiliklar maxsus daftarga yozib boriladi. Tekshiruvni to’liq va har tomonlama mukammal bo’lishini ta’minlash uchun quyidagi hujjatlarni o’rganish va tahlil qilish talab etiladi:
-ish hujjatlari;
-bolalar sog’lig’iga doir materiallar;
-ta’lim-tarbiya sohasidagi ish rejalari;
-tarbiyachilarning kundalik daftarlari (dastlabki bosqich guruhlarida);
-bolalar ishlari (rasm, plastilindan yasalgan narsalar va x,.k.);
-Pedagogik kengash, ishlab chiqarish, ota-onalar majlislarining qarorlari;
- moliyaviy-xo’jalik hujjatlari.
Tekshiruvga bunday yondashuv negizida tashkilot haqida to’liq tasavvur hosil bo’ladi. Shuning uchun nazoratchi-uslubchi tashkilot mudirasi, shifokor (tibbiy hamshira) va tarbiyachilarni oldindan barcha zarur ish hujjatlarini tayyorlash haqida ogohantiradi. Pedagogik ish hujjatlarini o’rganish jarayonida tarbiyachi tomonidan «Maktabgacha ta’lim dasturi» talablarining bajarilishi, didaktik materiallardan foydalanilishi, dasturni bosqichma-bosqich murakkablashtirib olib borilishini kuzatish mumkin. Tarbiyachilarning kundalik daftarlari bolalarning jismoniy va intellektual jihatdan rivojlanishi, ularning nozik, ishlari, qobiliyatlarining ayrim qirralarini namoyon qiladi. Bolalar sog’lig’ini muhofaza etishga doir materiallarni (masalan, patronaj daftari, kundalik, davomat bo’yicha amalga oshirilgan ishlar o’rganish asosida tashkilotning bu boradagi faoliyatiga oydinlik kiritish mumkin. Ta’lim-tarbiya yo’nalishidagi ish rejalari dasturiga asoslanib, uning mazmun-mohiyati, izchilligi, mantiqiyligi, yillik, yarim yillik, chorak, oylik va kundalik rejalari va mashg’ulotlar jadvalining qanday tuzilgani, dasturda o’zbek xalq milliy urf-odatlari qanday o’rin tutgani, «Odobnoma» mashg’ulotlarining mazmundorligi, bolalar dunyoqarashi, nutq madaniyatini oshirishda har bir tarbiyalanuvchi bilan individual ishlash qanday yo’lga qo’yilgani, ota-onalar bilan o’zaro munosabatlar darajasi, bolalarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishda tarbiyachining rolini kuzatish va o’rganish mumkin. Pedagogik va ota-onalar kengashlarining qarorlarini o’rganish esa yillik reja asosida qanday masalalar muhokama etilgani, ularni hal etish bo’yicha qanday chora-tadbirlar amalga oshirilgani, bu jarayonda ota-onalarning ishtiroki masalasiga oydinlik kiritadi. Hujjatlarni o’rganish jarayonida ayrim masalalarga aniqlik kiritish imkoni bo’lmagan hollarda suhbat usulidan foydalanish mumkin.
Suhbat mazmuni va uning xarakteriga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
-guruhdagi bir kunlik pedagogik jarayonni kuzatish natijalari bo’yicha tarbiyachi bilan suhbat-muhokama;
- o’rganish natijalarini tahlil qilish (suhbat-tahlil).
Suhbat tarbiyachining mashg’ulot jarayonida qo’llagan usullari haqida ham bo’lishi mumkin. Kuzatish jarayoni yakuniga yetganidan so’ng o’tkaziladigan suhbatda mudira yoki uslubchi ishtirokida tarbiyachi faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarga holisona yondashib, uning ishiga baho beriladi. Suhbat yakunida nazoratchi-uslubchi tarbiyachi faoliyatini atroflicha tavsiflab, baho beradi, zarur hollarda, tarbiyaviy jarayonga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish borasida tegishli tavsiya va maslahat berishi lozim. Mudira bilan suhbatda asosiy e’tibor tashkilotning moliyaviy-xo’jalik, tashkiliy-pedagogik, uslubiy, xodimlar bilan ishlash masalalariga qaratiladi.
Nazoratchi-uslubchi tashkilotdagi ishlab chiqarish majlislarida qatnashib, uning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan barcha masalalar davlat va jamiyat manfaatlariga rioya qilingan holda hal etilishini nazorat qiladi. «Maktabgacha ta’lim konpepsiyasi»da «Ijtimoiy maktabgacha ta’lim tizimi oilaviy tarbiyadan uzilib qolmasligi kerak, balki u bilan chambarchas bog’lik, holdagina bolaga yordam berish mumkin». «Barcha ma’naviy qadriyatlar oilada tarkib topadi. Zero, oila doimo etnik xususiyatlarga taalluqli va etnopsixologik xususiyatlarga ega bo’ladi. Oila bola tarbiyasiga katta ta’sir ko’rsatadi», deb ta’kidlanadi.
Nazoratchi-uslubchi umumiy va guruh ota-onalar majlislarida qatnashib, bolalar tarbiyasiga oid barcha masalalarni hal etilishini kuzatadi va ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarini bayon etadi. Ota-onalarning tashkilot ishida ishtirokini faollashtirish maqsadida «Jamiyatimizda oilaning tutgan o’rni» mavzusida suhbatlar uyushtirishi, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida aks ettirilgan oilaning huquqiy negizlari, davlatimiz tomonidan oilaga ko’rsatilayotgan g’amxo’rlik, yaratilayotgan imkoniyatlarni atroflicha yoritib berish kerak. Nazoratchi-uslubchi yuqorida ko’rsatib o’tilgan usul va metodlardan foydalanib, tashkilotni yalpi va tematik tekshirishni amalga oshiradi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin