Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021


Mudira malakasiga qo’yiladigan talablar



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə26/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

Mudira malakasiga qo’yiladigan talablar:
a) o’z yo’nalishi bo’yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash bo’yicha maxsus kurslarni tugatgani;
b)xorijiy tillardan birining boshlang’ich bosqichini bilishi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olishi;
v) besh yildan kam bo’lmagan ish stajiga ega bo’lishi.
Jamoada to’g’ri shakllantirilgan o’zaro munosabatlar, sog’lom ma’naviy muhit har bir xodimning mehnat qilishini va ishlab chiqarish intizomiga rioya etishini ta’minlaydi. Rahbarlik mavqei mudiraning g’oyaviy, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy, huquqiy saviyasi va mutaxassislik mahoratining oshib borishiga, pedagogika nazariyasi va amaliyotini puxta egallashga, hozirgi bosqichda maktabgacha ta’lim tizimi oldida turgan vazifalarni chuqur bilishga, o’z bilim va tajribasini amaliy faoliyatida qo’llashga majbur etadi. Shu bois u ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llanadigan dasturlar, uslubiy va me’yoriy hujjatlarni yaxshi bilishi va ularga amal qilib, faoliyat yuritishi kerak. Bundan tashqari, mudira pedagogik jarayonning mazmun-mohiyatini teran anglagan holda, nuqson va kamchiliklarini o’z vaqtida bartaraf etish chora-tadbirlarini ko’rishi lozim. Maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi Maktabgacha ta’limni boshqarish organlari tomonidan oliy ma’lumotga va kamida uch yillik pedagogik ish stajiga ega bo’lgan shaxslar orasidan tayinlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish va tarbiyalash bo’yicha ishni mehnat jamoasi, maktabgacha ta’lim tashkiloti kengashi faollari ishtirokida ma’muriyat tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari kadrlarning bilimi va kasb mahoratini hamda umumiy madaniy darajasini muntazam o’stirib borishiga g’amxo’rlik qiladi: xodimlar malakasini e’tiborga olgan holda hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti manfaatlaridan kelib chiqib, ularni xizmat lavozimlari bo’yicha o’z vaqtida joydan-joyga ko’chirib tuzilishini ta’minlaydi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida kadrlar zaxirasi shakllantirilib, ular bilan doimiy ish olib boriladi. Shunday qilib, mudira ma’naviy, siyosiy, huquqiy va ahloqiy jihatdan yetuk, dunyoqarashi keng, yuksak ma’naviy fazilatlar sho’basi, jamoada sog’lom ma’naviy-psixologik muhitni shakllantirishi, xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashi, ularning ongiga halollik, mehnatsevarlik, vijdon-insof, mehr-oqibat va sahovat tuyg’ularini singdirishi kerak.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin