Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021


Maktabgacha ta’lim tashkilot mudirasi



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə27/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

Maktabgacha ta’lim tashkilot mudirasi:
-maktabgacha ta’lim tashkiloti nomidan ishonchnomasiz faoliyat ko’rsatadi, barcha tashkilot va tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
-maktabgacha ta’lim tashkiloti mol-mulkini o’ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi;
-ishonchnomalar beradi;
-bank tashkilotlarida hisob raqamlari ochadi;
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini ishga qabul qilish va joy-joyiga qo’yishni amalga oshiradi, rag’batlantiradi, intizomiy jazo choralarini ko’radi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini uzaytiradi yoki to’xtatadi;
-o’z vakolati doirasida buyruqlar (farmoyishlar) chiqaradi;
-maktabgacha ta’lim tashkilotining ishini takomillashtirish, moddiy ba’zasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash bo’yicha takliflarni ko’rib chiqish uchun xalq, ta’limini boshqarish yuqori organiga kiritadi;
-bolalar hayoti va solig’ini muhofaza qilishning samarali tashkil etilishi, o’quv-tarbiya jarayoni, moliya-xo’jalik faoliyati ahvoli, moddiy-texnik ba’zasining mustahkamlanishi va moddiy boyliklarning saqlanishi uchun javob beradi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti ma’muriyati jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda o’z-o’zini boshqaruv asosida bolalarni tarbiyalashda yuksak natijalarga erishishga qodir bo’lgan turg’un mehnat jamoasini shakllantiradi;
-kadrlarni o’zini muntazam takomillashtirib borish, pedagogik va xizmat ko’rsatish, mehnat samaradorligini oshirish ruhida tarbiyalaydi, o’z jamoasi, tanlagan kasbi uchun faxrlanish hissini shakllantiradi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini, umumiy ta’lim mahoratini, umumiy ta’lim va madaniy darajasini muntazam o’stirib borishga g’amxo’rlik qiladi;
- xodimlar malakasini hisobga olgan holda va maktabgacha ta’lim tashkiloti manfaatlaridan kelib chiqib, ularni ratsional va o’z vaqtida joydan- joyga ko’chirib turilishini ta’minlaydi. Bu maqsadlar uchun ma’muriyat ruhiy-pedagogik o’quvning huquqiy- iqtisodiy, ta’lim - tarbiya bilan uyg’unligini ta’minlaydi;
- xodimlar malakasini bevosita maktabgacha ta’lim tashkilotida oshirish uchun shart-sharoit yaratadi, murabbiylik harakatini rivojlantiradi; mamlakatimizda va chet ellarda pedagogik va boshqa gumanitar fanlar sohasida qo’lga kiritilgan yutuqlar haqida axborot beradi.
Ma’muriyat jamoat tashkilotlari bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini attestatsiyadan o’tkazish uchun tegishli shart-sharoitlarni ta’minlaydi, ularga o’z vaqtida zarur metodik yordam ko’rsatadi.


  1. Yüklə 0,86 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin