Vazirlikning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: — umuminsoniy qadriyatlar, tarixiy tajriba, xalqning ko’p asrlik ilmiy va madaniy an’analarini, jamiyatning kelgusi taraqqiyotini hisobga olgan holda, respublikaning intellektual va ilmiy imkoniyatini rivojlantirish, o’zining jamiyat, oila va davlat oldidagi mas’uliyatini anglaydigan, har tomonlama yetuk erkin shaxsni shakllantirish maqsadida ta’lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
— ta’lim strategiyasini ishlab chiqish, uning rivojlanish istiqbolini belgilash va rejalashtirish, ta’lim tizimining xalq xo’jaligi boshqa sohalari bilan o’zaro munosabati tartibini takomillashtirish;
— ta’lim mazmunini muntazam yangilab turish hamda ta’limning jahon andozalariga, aholining milliy, yosh va boshqa guruhlari ehtiyojlariga javob beradigan yangi mazmuni ishlab chiqilishini ta’minlash;
— kasb ta’limi olish va yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlardagi faoliyatga tayyorlanish uchun yoshlarning umumiy o’rta va ba’zaviy ta’limi konsepsiyasini shakllantirish va ro’yobga chiqarish;
— bolalar va o’smirlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilish, chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- O’zbekiston Respublikasi hukumatining ta’lim, ilmiy-pedagog xodimlar tayyorlash va ulardan foydalanishni takomillashtirish, ta’lim sohasi xodimining jamiyatdagi ijtimoiy maqomini boshqarishni amalga oshirish sohasidagi kadrlar siyosatini ro’yobga chiqarish;
- ta’lim-tarbiya jarayoni sifatiga davlat bahosini berish, davlat tasarrufida bo’lgan va davlatga qarashli bo’lmagan ta’lim tashkilotlarida ishchilar va mutaxassislar tayyorlash;
- ta’limning moddiy negizini rivojlantirish va texnika bilan qayta jihozlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, zamonaviy ta’limni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan turli buyumlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish yo’nalishlarini belgilash;
- ta’lim masalalarida xalqaro, davlatlararo darajalarda O’zbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifodalash;
-ta’lim tashkilotlarida, ularning idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, o’quv-tarbiyaviy va uslubiy ishlarni muvofiqlashtirish, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar bilan birgalikda ta’lim sifatini oshirish, bolalar va yoshlar tarbiyasi bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqish.