Maktabgacha ta’lim tashkiloti nazoratchi – metodistining vazifalari, huquqlari va unga qo’yiladigan talablar. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari ishiga bevosita rahbarlik qilish Maktabgacha ta'lim bo'limi maktabgacha ta’lim nazoratchi-metodistga yuklatiladi.
Nazoratchi-metodist - bu ma’lum sohaga tegishli qonun- qoidalarning bajarilishini nazorat qiluvchi shaxsdir. Maktabgacha ta'lim tashkiloti nazoratchi-metodistining ishi murakkab va ko'p qirralidir.
Nazoratchi-metodist o'z ishida Davlatimizning Maktabgacha ta'lim sohasi bo'yicha chiqarilgan qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, shuningdek, instruktiv, dasturiy, metodik hujjatlariga amal qiladi. Maktabgacha ta'lim bo'limi nazoratchi-metodisti (tuman, shahar): turli tildagi, idora-tashkilot tomonidan tashkil etilishidan qat'i nazar «Ilk qadam» Davlat Dasturi tinglovchilarini bajarilishini kuzatadi, tekshiradi;
Qonun doirasida yo'l-yo'riq, buyruq, tavsiya, ko'rsatmalar beradi;
Qonunga xilof ishlarni to'xtatadi va Maktabgacha ta'lim bo'limiga xabar beradi;
Maktabgacha ta'lim tashkiloti ishlarni yaxshilash bo'yicha taklif, mulohazalar beradi;
Maktabgacha ta'lim bo'limida mudira, metodist va tarbiyachilar uchun ilmiy-uslubiy kengashlar chaqiradi;
Maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlarini Attestatsiyadan o'tkazadi;
Xodimlarni rag'batlantirish va jazolash, ishdan bo'shatish masalalariga rahbarlik qiladi;
Shahar, tuman nazoratchi-metodisti - Xalq deputatlari ijroiya qo'mitalari oldiga Maktabgacha ta'lim bo'limi va Maktabgacha ta'lim tashkiloti ishini yanada takomillashtirish bo'yicha masalalarni qo'yadi.
Nazoratchi-metodistga (Respublika, viloyat, shahar, tuman nazoratchi-metodisti lavozimiga) qo'yiladigan asosiy talablar:
eng ilg'or, yuksak pedagogik tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo'lgan, maktabgacha ta'lim tizimi ishini, tamoyillarini puxta egallagan, oliy maxsus ma'lumotga, ish stajiga ega bo'lgan;
har tomonlama tayyorgarlik ko'rgan, o'z ishini ustasi, dunyoqarashi keng, ta'lim to'g'risidagi Davlat siyosatini puxta egallagan, nazoratchi-metodist-mutaxasslslik malakalariga ega bo'lgan;
xolis, vijdonli, davlat nuqtayi nazari, qiziqishlari asosida ish yurituvchi, javobgarlikni his etuvchi, aniq, xushyor, tartibli, talabchan, o'z so'zida tura oladigan, kamchilikka murosasiz bo'lgan;
maktabgacha ta'lim ravnaqi uchun eng samarali, foydali, kerakli, asosiy vazifalarni o'z vaqtida aniqlay olishi, qisqa muddatda bajara olish xususiyatiga ega bo'lgan;
maktabgacha ta'lim tashkiloti ishini har tomonlama chuqur tahlil qila olishi, ishdagi kamchiliklar o'z vaqtida bartaraf etish choralarini tezda aniqlab olishi, bajarishi;
Maktabgacha ta'lim bo'limi va Maktabgacha ta'lim tashkilotiga doimiy amaliy yordam berish;
yangilikka intilish, tashviqot qilish, pedagoglarning ilg'or ish tajribalari amaliyotga yangi texnologiya asosida kiritish;
g'oyaviy, siyosiy, pedagoglik bilimi ustida tinmay ishlash.
Nazoratchi-metodist 3 yilda 1 marta malaka oshirish kurslarida o'z malakasini oshiradi.