Maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari va ularning rahbariyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta'minlaydi;
idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va Vazirlikning buyruqlari bajarilishini muntazam nazorat qiladi;
maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklariga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o'z vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o'tkazilishini tashkil etadi;
maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari bilan o'zaro hamkorlik qiladi;
nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarin qo'llab- quvvatlaydi va bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantiradi;
tuman (shahar) darajasidagi byudjetdan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta'lim tashkilotlari xarajatlarini moliylashtirishni, ularda buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etadi;
maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog'lom ovqatlanishni tashkil etadi;
davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini moddiy-texnik ta'minlashni tashkil etadi;
davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining binolari va inshootlaridan foydalanish ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;
maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari vakolatiga tegishli bo'lgan tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish- xo'jalik masalalari va boshqa masalalar bo'yicha qaror qabul qiladi.