Nazorat qilish (tekshiruv)ning usul va uslublari Nazoratning asosiy usul va uslublariga quyidagilarni kiritish mumkin:
— bolalarning tashkilotdagi mashgulotlarini, kun tartibining turli jarayonlarini kuzatish va tahlil qilish;
- pedagogik va moliyaviy-xo’jalik ishlariga oid hujjatlarni o’rganish va tahlil qilish;
— bolalar ishlarini tahlil qilish;
- mudira, tarbiyachilar, ota-onalar va bolalar bilan (ularning bilimi, ongi, nutqining rivojlanishini aniqlash maqsadida) suhbatlashish;
- «Pedagogik kengash», «Ishlab chiqarish majlislari»da, ota-onalar kengashlarida ishtirok etish;
— jamoat tashkilotlari vakillari bilan suhbatlashish.
Tekshiruv jarayonida qanday usul va uslublarni qo’llash —nazorat qilish turiga, muayyan guruhda tarbiyaviy jarayonning qay jihati yoki tashkilot moliyaviy-xo’jalik ishlarining qaysi tomonlari tekshirilishi, nazoratchi-uslubchining kasbiy mahorati va amaliy tajribasiga borliqdir.
Tekshiruv jarayonida turli usullarning qo’llanishi maktabgacha ta’lim tashkiloti ishini har tomonlama o’rganishda g’oyat ahamiyatlidir.
Kuzatish usuli bu - pedagogik jarayondagi yutuq va kamchiliklarni, ishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish va ta’lim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek kuzatish uslubi - tashkilotdagi pedagogik jarayonga, uslubiy va moliyaviy-xo’jalik faoliyatining holatiga to’g’ri baho berish va zarur xulosalar chiqarishga imkoniyat yaratadi.
Yalpi tekshirish usuli orqali tashkilotning kun davomidagi faoliyatining barcha jihatlari: tashkiliy-ma’muriy, moliyaviy-xo’jalik ta’lim-tarbiya ishlarining mazmuni, yo’nalishlari, samarasi va natijalari kuzatiladi.
Muayyan mavzu bo’yicha nazorat qilishda esa kuzatish usuli tanlab olingan mavzu va uning harakteriga bog’liq bo’ladi. Agar ta’lim - tarbiya ishlari kuzatilayotgan bo’lsa, tekshiruvchi mashg’ulotlarni izchil tahlil qiladi, ularni tashkil etish mazmuni, tuzilishi va uslubiyatiga alohida ahamiyat beradi.
O’yin jarayonini kuzatayotganda kuzatuvchi asosiy e’tiborni o’yin turiga, o’tkazish uchun yaratilgan shart-sharoit, bolalarning o’zaro munosabatlari va tarbiyachining bu jarayonni qay darajada boshqarayotganiga qaratadi.
Ba’zan pedagogik ishlarni kuzatayotgan nazoratchi uning mazmun-mohiyati haqida aniq, yaqqol tasavvur hosil qilmasligi mumkin. Bunday hollarda, odatda, qo’shimcha yoki takroriy tekshiruv o’tkaziladi.
Tashkiliy-pedagogik faoliyatni kuzatishda;
— mudiraning bu ishni to’g’ri tashkil etgani, uning tashkiliy-ma’muriy, tarbiyaviy va moliyaviy-xo’jalik ishlarini samarali olib borayotgani, jamoa a’zolari, tarbiyachi va boshqa xodimlar bilan munosabati, shuningdek ota-onalar bilan o’zaro munosabatlarini qanday yo’lga qo’yganiga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.
Bundan tashqari, kuzatishd tashkilotd kun tartibi qoidalariga qay darajada rioya etilayotgani, bolalarning bilim darajasi, ularning axloq-odobi, tarbiyachining bilimi, malakasi, tajribasi hamda ta’lim-tarbiya usul va uslublarini qay darajada egallagani singari masalalar ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
Kengash tarkibiga homiylik qiluvchi tashkilotlarning xodimlari, ota-onalar, o’rta maktab, maktabgacha ta’lim, tibbiy yordam, mahalla qo’mitasi vakillari kiritiladi.
Maktabgacha ta’lim mudirasi tegishli tuman Maktabgacha ta’lim bo’limi tomonidan tayinlanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati asosan davlat byudjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Xalq ta’limi vazirligi, viloyat boshqarmalari, shahar va tuman bo’limlari - maktab, maktabgacha ta’lim va maktabdan tashqari, maktab-internatlar, akademik litsey va kollejlarga rahbarlik qiluvchi yuqori organlar hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat boshqarmalari, shahar va tuman bo’limlari quyidagi yo’nalishlar bo’yicha faoliyat yuritadi:
— maktabgacha ta’lim;
— umumiy o’rta ta’lim;
— maktabdan tashqari ishlar;
— malaka oshirish.
Maktabgacha ta’limi vazirligi tizimidagi tashkilot va tashkilotlarga umumiy rahbarlik vazir tomonidan amalga oshiriladi. Har bir yo’nalish bo’yicha rahbarlik vazir o’rinbosarlari, boshqarma va bo’lim boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim vazirligining maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi zimmasiga mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qilish va uni nazorat etish vazifasi yuklatilgan.