Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021


Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə86/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari:
-maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurilishlarning manzilli ro‘yxatlariga kiritgan holda, ularning tarmog‘ini kengaytirishga;
-maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga;
-yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan chet ellik yuqori malakali mutaxassislarni fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga ishlash uchun jalb qilishga;
-davlat organlari va tashkilotlarining, loyiha institutlarining, ilmiy tashkilotlar hamda oliy ta’lim tashkilotlarining, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning mutaxassislari va ekspertlarini O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish doirasida maslahatchilar sifatida jalb qilishga;
-O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi xodimlarini o‘qitishni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan ularni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishga;
-O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalarining va Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasining, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarining hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining binolarini jihozlash va ta’mirlashga;
-ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan boshqa tadbirlarga sarflanadi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maqsadlar uchun ham sarflanishi mumkin.
Rеspublika xalq xo'jaligi rеjasi asosida maktabgacha ta’lim tashkilotilarini loyihalashtirish, rеjalash bеlgilanadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti mustaqil ravishda iqtisodiy va sotsial rivojlanish rеjasini ishlab chiqadi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti yo'nalishi bo'yicha faoliyat natijalariga ehtiyojini aks ettiruvchi va bolalarning o'rtacha yillik sonini aniqlash uchun asos bo'lib xizmat qiladigan nazorat raqamlari ko'rsatkichlari, byudjеt va tarmoq moliya normativlari orqali tashkilotini tutib turish va rivojlantirish ajratilgan byudjеt va tarmoq mablag’lari maktabgacha ta’lim tashkilotilari byudjеt hisobiga (boshqa manbalar) yoki shu bilan ta'minlashning tarmoq manbalari hisobiga tushirilishining davlat buyurtmasi uchun ham ishlatiladi.
Maktabgacha ta'lim tashkiloti rеja, moliya, mеhnat, intizomiga va pеdagogik mеhnat intizomiga qat'iy rioya qilishga majburdir.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin