Maktabgacha ta’limda nutq o’stirish mashg’ulotlari orqali bolalarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishning samarali usullari


II-BOB Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda nutq o’stirish mashg’ulotlari orqali bolalarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishning samarali usullari



Yüklə 171,5 Kb.
səhifə6/8
tarix19.05.2023
ölçüsü171,5 Kb.
#117652
1   2   3   4   5   6   7   8
Bolalar nutqini o’stirish ” fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu

II-BOB Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda nutq o’stirish mashg’ulotlari orqali bolalarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishning samarali usullari
2.1 Maktabgacha bo’lgan yoshdagi bolalarda nutq o’stirishni o’rni va axamiyati
Ma’lumki, mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi, ijodiy tafakkurini rivojlantiruvchi usullarni qo‘llab, bolalarga chuqur bilim berish maktabgacha va boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifasidir. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun yangi pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayoniga olib kirildi. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang‘ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog‘lom va rivojlangan shaxs bo‘lib shakllanishini ta’minlab, o‘qishga bulgan ishtiyoqini uyg‘otib, tizimli o‘qitishga tayerlab boradi. 6-7 yoshgacha bo‘lgan maktabgacha ta’lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’limning maqsadi - bolalarni maktabdagi "Science and Education" Scientific Journal April 2021 / Volume 2 Issue 4 www.openscience.uz 425 o‘qishga tayerlash, bolani sog‘lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo‘lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o‘qishga, tizimli ta’limga bo‘lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Shularni hisobga olib,”Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sonli qarori hamda “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”2 tasdiqlandi.
Bu qonun hujjatlarida Maktabgacha ta’lim tizimini yaxlit uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish kabi masalalar o‘z ifodasini topgan. Mamlakatimizni olib borayotgan mazkur siyosati maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan tarbiyachi-pedagoglardan g‘oyat katta ma’suliyat hamda o‘qitishning yangi texnologiyalaridan keng foydalanishni talab etadi. Shularni hisobga olib, maktabgacha ta’lim muassasalarida bola har tomonlama maktab ta’limiga tayyorlash, ular orasida bola nutqini rivojlantirish masalasi eng asosiylaridan hisoblanadi. Ularning so‘z boyligi oshishi ravon gapirishi va o‘z fikrini to‘lik ifoda etib, aytib bera olishga o‘rgatish masalaning dolzarbligini ko‘rsatib beradi. Nutq o‘stirish metodikasi pedagogik fan sifatida maktabgacha ta’limda bolalar nutqini o‘stirishni puxta egallagan mutaxassis tayyorlashda buyurtmachi sifatida, ilmiy izlanishlar asosida yaratilgan - Bolajon tayanch dasturini o‘quv jarayoniga joriy etish, nutq o‘stirish metodikasi bo‘yicha bilim va malakalarni shakllantirishning nazariy va amaliy jihatdan mutanosibligini ta’minlaydi, nutq o‘stirish usullarini ishlab beradi. Uni takomillashtirish, eng qulay usulni qo‘llash orqali bolalarga ona tilini amaliy o‘rgatish, nutqda til birliklaridan foydalanish, o‘zaro nutqiy muloqot munosabatida ona tilida fikrni to‘g‘ri, ifodalay olish, tengdoshlari nutqini tinglab tushunish nutqda til birliklarini ajrata bilish (tovush, so‘z) nutq meyyorlarini ishiga mos holda o‘rganib borish, unga amal qilish kabi faoliyatini shakllantiradi.
Demak, nutq o‘stirish metodikasi fani maktabgacha ta’limda nutq o‘stirish vazifasini amalga oshiradi, bolalarda ifodali, aniq, lo‘nda va obrazli so‘zlashishni shakllantirish orqali ona tilini amaliy o‘rgatadi, bolalarga ta’lim beradi. Nutq o‘stirish metodikasi fani maktabgacha ta’limda bolalarni og‘zaki nutqini o‘stirish, tengdoshlari va kattalar bilan nutqiy muomala malakalarini shakllantirish orqali nutqda so‘zdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish, ya’ni nutq va xulq egasi bo‘lish kabi ma’naviy axloqiy sifatlarni, so‘zlash odobini egallashni shakllantiradi. Nutq o‘stirish metodikasi pedagogik fan sifatida 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-sonli qarori 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4312-sonli qarori "Science and Education" Scientific Journal April 2021 / Volume 2 Issue 4 www.openscience.uz 426 rivojlantiruvchi vazifani bajaradi. Ya’ni usulika bolalar nutqini o‘stirish orqali ularning nutq a’zolarini anatomik-gimnastik mashq qildirish orqali nutqning ravon tushunarli bo‘lishini ta’minlaydi: bolalar tafakkuri, aqliy faoliyatini rivojlantiradi, ularda nutq odobi, ma’naviy barkamollikni shakllantiradi. Chunki yaxshi rivojlangan nutq tushunarli ta’sirchan bo‘ladi, bola o‘z nutqini to‘zatib boradi. Nutqni rivojlantirish nafaqat bolani atrof-olam bilan tanishtirish tomoni, balki umumiy psixik rivojlanish ustuni hisoblanadi.
Bola nutqining rivojlanishi umuman shaxsni va shu bilan birga barcha psixik jarayonlarni shakllantirish bilan bog‘liqdir. «...Tilni egallash jarayoni - bu faqat va shunchaki bilimlar, mahorat hamda ko‘nikmalarni berish jarayoni emas. Bu eng avvalo tarbiyadir. Qalbni tarbiyalash, aqlni tarbiyalash, fikrlar tuzishni shakllantirish, inson ruhiy qiyofasining eng nozik qirralariga chidam bilan ishlov berishdir» (K.D.Ushinskiy). Bola nutqiy rivojlanishining, bir tomondan, tashqi ta’sirlar bilan belgilanishi, ikkinchi tomondan esa uning to‘satdan yuz berishi, “o‘z-o‘zidan harakatga kelishi” bilan tavsiflanishini tushunish nutq ontogenezi haqidagi zamonaviy tasavvurlarga xos holatdir. Nutqni rivojlantirishning ana shu qonuniyatlari va mexanizmlarini tushunib yetish ularni batafsil ko‘rib chiqishni talab qiladi.
Maktabgacha tarbiya muassasasida nutqini rivojlantirish vositalari va usullari. Tilni to‘g‘ri o‘rganish, uning grammatik tuzi- lishiga e’tibor berib so‘zlashish, bolalarda erkin muhokama yuri- tish, savollar berish, boshqalardan eshitgan fikrlari yuzasidan xulo- salar chiqarish, narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishning turli ko‘rinishlarini anglab yetishga olib keladi.
Maktabgacha tarbiya muassasasida sog‘lom, tabiiy muhit yara- tish, ularning to‘g‘ri muomalaga kirishishi, boshqalar bilan gapla- shish ishtiyoqining ortishiga turtki bo‘ladi. Buning uchun bolalar nutqining shaklan va mazmunan mantiqiy birligiga erishish muhim bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir:

  • dastlab bola o‘z lug‘at boyligiga ega bo‘lishi;

  • bolalar nutqining grammatik tuzilishini aniq shakllantirishga e’tibor berish;

  • bolalarda tovush madaniyatini tarbiyalash;

  • dialogik nutq, ya’ni so‘zlashuv nutqini rivojlantirish;

  • hikoya qilib berish;

  • bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish;

  • bolalarni savod o‘rgatishga tayyorlash va boshqalar.

Bu talablar maktabgacha tarbiyaning barcha bosqichlarida amal- ga oshiriladi. Lekin ularning har birida bolalarning yosh xususiyati, shaxsiy tayyorgarlik darajasi, albatta, hisobga olinadi.
Bolalarning tevarak-atrofni kuzatib borishi natijasida talaffuzi ham ijobiy tomonga o‘zgara boshlaydi; tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qila boshlaydilar, jumlalar mazmuni kengaya boradi, grammatik to- mondan gapni to‘g‘ri tuza boshlaydilar, lug‘at boyligi ham ortadi. Bolalarning o‘zlari kichik-kichik hikoyalar tuza boshlaydilar va bu hikoyalarni erkin bayon qila oladilar. Ularda kattalar bilan mulo- qotga kirishish, o‘z fikrini erkin bayon etish kabi xislatlar paydo bo‘la boshlaydi. Shunga ko‘ra bolalar nutqida tovush madaniyatini takomillashtirish, atrofdagi narsalar, predmetlar, hodisalar nomini ifodalovchi so‘z boyligini kengaytirish, faollashtirish, monologik nutqning oddiy shakllariga rioya etish, o‘z fikrini grammatik ji- hatdan to‘g‘ri va aniq ifodalay olish ko‘nikmalarini paydo qilish muhim va zarur hisoblanadi.
Bu talablar bolalarda borliqni, tevarak-atrofni idrok etish, uni tu- shunish, his etish, hikoyalar tuzish, o‘z fikrini bayon qila olish, ifodali o‘qish faoliyati jarayonida tarkib toptiriladi.
Ma’lumki, bog‘lanishli nutqda bolalarning atrofdagilar bilan voqea- hodisalar ta’siri natijasida o‘zaro munosabati, aloqasi ifodalanadi. Bu ifoda bir yoki bir necha jumlalarda o‘z aksini topishi mumkin.
Nutqning shakllanishida bolaning tevarak-atrof bilan munosa­bati, muomala shakli katta rol o‘ynaydi. Maktabgacha katta yosh- dagi bolalarning og‘zaki nutqqa doir, malaka va ko‘nikmalari mav- jud bo‘lganligini hisobga olib, ularda bog‘lanishli nutqni shakl- lantirishda, avvalo, tevarak-atrofni kuzatishda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular, avvalo, ona Vatan haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirishdan boshla- nadi. Bunda « Maktabgacha tarbiya muassasasi uchun dastur»da bolalarda mustaqil O‘zbekiston davlati haqidagi tushunchalarni kengaytirish, uning o‘tmishiga oid yodgorliklar bilan tanishtirish, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Qo‘qon kabi tarixiy shahar- lar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish, «mustaqillik kuni» (1991-yil 1-sentabr), O‘zbekiston ramzlari: gerbi, bayrog‘i, madhiyasi bi­lan tanishtirish, O‘zbekiston Prezidenti, Prezidentlik boshqaruvi haqida ma’lumotlar berish, bolalarning o‘z mahallasi, ko‘chasi, uyi, uning nomlanishi, nomlanish sababi; O‘zbekistonning tabiati, yerosti va yerusti boyliklari, tog‘lari, cho‘l va adirlari, tog‘u soy- lari, o‘rmonu bog‘lari, iqlimi, buyuk siymolari, sarkardalari, ulug‘ mutafakkirlari, an’anaviy bayramlari, sayllari, milliy marosimlari, o‘zbek xalqining amaliy san’ati, kattalar mehnati, bolalarning ota- onalari, aka-opalarining O‘zbekiston xalq xo‘jaligining turli so- halaridagi ishtiroki, ishlab chiqarishning muhim sohalari, aloqa vositasi haqida bilim berish nazarda tutilgan. Ana shularning bar- chasi bolalarning tevarak-atrofdagi hodisalar haqidagi bilimlarni aniqlash, mustahkamlash va kengaytirish asosida bog‘lanishli nutqini rivojlantirishga yordam beradi.

Yüklə 171,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin