Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə111/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

Kerakli jihozlar: ko’rgazma, qo’shimcha adabiyotlar va kompyutor yoki uyali telefon.
Qo’llaniladigan metod: “FSMU usuli hamda o’yin metodining didaktik o’yin turi.
Seminar mashg’ulotning borishi:
I. Talabalar bilan salomlashib. “ Predmetnig vazifasini top” talabalara aytilgan buyumlarni nima maqsadlarda ishlatilishi bo‘yicha variantlar topadilar.Eng ko‘p variant topgan talaba g‘olib sanaladi.
II. Kun yangiliklari to’g’risida talabalar fikrlari.
III.Mavzu yuzasidan qisqacha ma’lumot: Maktabgacha ta’limda qo‘llanib kelinayotgan texnologiyalardan biri “Muammoli ta’lim” texnologiyasidir. Muammoli ta’limga o’qitish jarayonidagi barcha kamchiliklarni bartaraf etadigan universal vosita deb qarash to’g’ri emas. Tarbiyalanuvchilar egallashlari lozim bo’lgan bilimlar, ayrim hollarda kamroq kuch va vaqt sarflangani holda, an’anaviy metodlar orqali ham maksimal darajada hal etilishi mumkin. Bunda hamma narsani o’zlashtiriladigan materialning tabiati, tarbiyachi-o’qituvchining bilimdonligi va mahorati hal qiladi. Pedagogning rahbarlik roli muammoli ta’limda ham muhim ahamiyat kasb etadi. U o’quv materialiga tarbiyalanuvchilarning umumiy va individual taraqqiyoti, egallagan bilim, ko’nikma, malaka va ma’naviy sifatlari darajasi, qo’yilgan muammoning umumiy maqsadiga qanchalik mosligidan kelib chiqib ish tutadi.
Muammoli ta’limda tarbiyalanuvchi oldiga bilim berishga yo’naltiradigan masalalar ham, uning ma’naviyatini shakllantirish yo’lidagi muammoli savol yoki topshirqlar ham muhim o’rin egallaydi. Ular muammoli vaziyat hosil qilishning asosiy sharti sanaladi. Bilim berish yoki ma’naviyatni sog’lomlashtirishga qaratilgan muammoli savol yoki topshiriqlar tarbiyalanuvchi uchun ma’lum qiyinchilik tug’diradigan darajada bo’lishi, avval egallagan bilimlariga mos kelishi, shu bilan birga, uning imkoniyatlari doirasidan chetga chiqmasligi lozim. Ya’ni muammoli vaziyatlar bolalarning hayotiy tajribasi va nazariy bilimini hisobga olgan holda yaratilishi kerak bo’ladi.
Muammoning qo’yilishi va uni yechish jarayoni uzilmas bir zanjirdir. Muammo ko’tarilishi bilanoq uning yechimi ustida o’ylanadi va bu, o’z navbatida, yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Shu tariqa, uzluksiz tarzda yangi bilimlarni o’zlashtirish amalga oshadi. Ta’lim amaliyotida pedagogning har qanday auditoriyaga olib kiradigan ma’lumotlari tarbiyalanuvchilar tayyor bilim sifatida qabul qiladigan yoki o’zlari mehnat qilib o’zlashtiradigan shaklda bo’ladi. Ta’limning dastlabki bosqichlarida, ya’ni maktabgacha ta’limda birinchisi ko’proq qo’llanilishi tabiiy. Lekin o’qitish kechimida bilimlarni mehnat qilib o’zlashtirish shakli o’rni bilan qo’llanilishi va uni tashkil etishda quyidagi me’yorlarga amal qilinishi maqsadga muvofiqdir:
a) tarbiyalanuvchilar mustaqil ravishda o’zlashtirishlari lozim bo’lgan bilimlar ularning imkoniyatlariga mos murakkablikda bo’lishi;
b) berilajak materialning yechimi dasturda belgilangan vaqt oralig’ida amalga oshirilishi;
v) ijodiy yo’l bilan o’zlashtirilgan bilimlar mustahkamligi va darajasi reproduktiv yo’l bilan olinadigan bilimlardan baland bo’lishi.
Muammoli ta’lim muammoni hal etish jarayonini butun jamoaning faol aqliy ishiga aylantiradi. Bu har bir bola shaxsining individual xususiyatlarini maksimal darajada inobatga olinishini taqozo etadi. Faqat shundagina tarbiyalanuvchilar jamoasining barcha a’zosi butun ta’limiy jarayonda tom ma’nodagi ijod kishisiga, fikr odamiga aylana boradi.
Muammoli ta’limda tarbiyalanuvchilar qiyinchiliklarga duch kelishlari, tabiiy. Muammoli vaziyatda qiyinchilik o’zlashtirilishi lozim bo’lgan noma’lum narsaning yangiligi va umumlashtirilishi zarurligi hamda shaxs intellektual imkoniyatlari darajasi bilan xarakterlanadi. Tarbiyalanuvchining intellektual imkoniyati qancha kichik bo’lsa, biror masalani hal qilishda muammoli vaziyatning murakkabligi shuncha katta bo’ladi.
Pedagog mashg’ulot loyihasini tuzishga muammoni qo’yish bilan birga butun jarayon davomida uning muammolilik darajasini uzluksiz tarzda saqlab tura olsagina, biror mavzuni muammoli tarzda o’rganish mumkin bo’ladi. Shundagina tarbiyalanuvchining bilim olishdagi faolligi va mustaqilligi to’liq ta’minlanadi. Aslida, muammoli ta’lim kechimi uchun masalaning yechimi maqsad emas, balki o’quv materialini ongli ravishda o’zlashtirish va tarbiyalanuvchi qobiliyatlarini o’stirish yo’lidagi vositadir.
Muammoli ta’limda tarbiyachi tarbiyalanuvchilar bilan individual ishlaydi. Bu undan kasbiy mahoratni, kompetentlilikni talab qiladi. Gap shundaki, u yoki bu o’quv topshirig’i bir bola uchun qiyin, ikkinchisi uchun oson. Ta’lim jarayonini to’g’ri tashkil qilish uchun har bir tarbiyalanuvchi o’zining kuchi darajasidagi masalani hal qilish bilan shug’ullanishiga erishish lozim bo’ladi. Shundagina har bir tarbiyalanuvchining bilim olishga bo’lgan qiziqishini saqlab qolish mumkin. Buning uchun tarbiyachining oldida hamisha qiyin didaktik masala ko’ndalang turadi. U mashg’ulot mavzusida nafaqat o’quv-biluv muammosini yechishi, balki qanday yo’llar bilan bu mavzu mazkur bolalarning har biri tomonidan o’zlashtirilishi mumkinligini oldindan ko’ra olishi taqozo etiladi.
Muammoli ta’limda tarbiyachining asosiy vazifalaridan biri tarbiyalanuvchilarda intellektual zo’riqishga ehtiyoj va qiziqish uyg’otishdir. Buning uchun avval qiyinchiliklar chamalanadi. Bolalarga hamma muammoli masalalar ham qiziq bo’lavermaydi. Tarbiyalanuvchini masalaning shunchaki yechimi emas, balki undan intellektual zo’riqish, zehn, onglilik talab qiladigan masalani hal etish jarayoni qiziqtiradi. Qiyinchiliklarni chamalaganda, tarbiyachi tarbiyalanuvchilarning intellektual imkoniyatlarini ham hisobga olishi shart. Ayrim bolalar uchun masala qancha qiyin bo’lsa shuncha qiziqarli bo’ladi. Shuning uchun masalaning ob’ektiv qiyinligidan tashqari, yechuvchining sub’ektiv imkoniyatlari ham hisobga olinishi zarur. Gap faqat tarbiyalanuvchilarning har xil tayyorgarlik darajasi haqida emas, balki, ular aqliy faoliyatining individual xususiyatlari haqida ketyapti. Sekin-sekin tarbiyalanuvchining mustaqil ravishda muammoning yechimiga erishishi muammoli ta’limning maqsadlaridan biridir. Bu tarbiyalanuvchining shunday ishlarni bajarishga bo’lgan ehtiyoji darajasi bilan asoslanadi.
Topshiriq:
Fan va tabiat markazi
Toshning xususiyatlari”

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin