Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə2/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

K i r i sh
Respublikamizda oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, uni xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish, ayniqsa maktabgacha ta’lim muassasalarini tubdan takomillashtirish, uni har tomonlama etuk va malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash davlat ta’lim siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi.

Bugungi kunda ta’lim-fan va ishlab chiqarish amaliyoti o’rtasida o’zaro aloqa, integratsiyani ta’minlash, ilm-fan va madaniyatning eng so’nggi yutuqlari, xorijiy davlatlarning bu boradagi ilg’or tajribalari asosida oliy ta’lim tizimi mazmunini qayta ishlab chiqish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish orqali bo’lajak o’qituvchi-tarbiyachilarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning samarali shakl, vosita va uslublarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish dolzarb vazifalardan biridir.


Talabalarning nazariy-pedagogik bilim, amaliy ko’nikma va malakalarini rivojlantirishda o’quv adabiyotlarining yangi avlodi, darslik va o’quv qo’llanma, o’quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish, ayniqsa o’quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqishda xorijiy o’quv adabiyotlar, ularning tajribalardan foydalanish o’ta muhim ahamiyatga ega.
Mazkur “Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish” fanida tayyorlangan o’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Republikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirlikning 2017 yil 1 mart 107-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim o’quv rejalari fanlarining yangi o’quv majmualarini tayyorlash bo’yicha uslubiy ko’rsatma” asosida yaratildi. Majmua maktabgacha pedagogikaning umumiy metodologik asoslari, didaktika – ta’lim nazariyasi, tarbiya nazariyasi, pedagogik faoliyat, pedagogik faoliyatlarni loyihalashtirish, pedagogik innovatsion texnologiyalarga doir ko’plab materiallarni o’z ichiga oladi. Majmua mazmuni, nazariy mavzularini yoritishda Maktabgacha ta’lim sohasining songi yutuqlaridan va ilmiy-pedagogik adabiyotlaridan samarali foydalanilgan.
O’quv-uslubiy majmua zamonaviy pedagogik texnologiya talablari asosida ishlab chiqilgan bo’lib, unda Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan bo’lib o’tadigan nazariy va seminar mashg’ulotlarining o’quv maqsadlari, talabalarning bilimlarni o’zlashtirish darajasini joriy tekshirish uchun nazorat savollari va mustaqil ish topshiriqlari o’z aksini topgan.
Majmuadan universitet maktabgacha ta’lim yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan talabalar va mazkur fan bilan qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin