Pedagogik faoliyat bu- jamiyatning ta’lim-tarbiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida umuminsoniy sifatlar va milliy fazilatlarni shakllantirishni ilmiy asoslagan reja- dasturga muvofiq amalga oshirish,ya’niy yosh avlodni har tomonlama hayotga tayyorlaydigan ijtimoiy zarur faoliyat turidir.Pedagogik faoliyat pedagog tomonidan kasbiy maqsadlarga muvofiq tashkil etiladigan tizimli harakatlarning muayyan shakli hamdir.
Pedagogik jarayon bu- o‘qituvchi yoki tarbiyachi,o‘quvchi yoki tarbiyalanuvchi orasidagi bilim berish va bilim olish, o‘rgatish-o‘rganish, tarbiyalash maqsadida kechadigan munosabatlar tizimi.
Pedagogik tamoyil bu- tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi munosabat orqali beriladigan bilim turi, hajmi va mazmuni, shuningdek, o‘quv qurollari va tarbiyalanuvchilarningruhiy xususiyatlari o‘rtasidagi zaruriy bog‘liqliklardan kelib chiqqan qonuniyatlarga amal qiliashdir.
Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun jamiyat oldida, davlat oldida javob beradigan, ta’lim-tarbiya berishda maxsus tayyorlangan pedagoglar mehnati faoliyatidir. Pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan, bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo’lmagan tarbiyachi ta’lim-tarbiya samaradorligi va inson kamolotini ta’minlovchi fikrga ega bo’lmaydi. Pedagogik jarayonning vazifasi bilim berish, tarbiyalash, rivojlantirish bo’lib, pedagoglarning faoliyat me’zonini begilab beradi. Pedagoglarning faoliyati pedagogik jarayonning harakat vositasidir. Pedagogik jarayonning obyektlari bo’lmish tarbiyalanuvchi insonga ta’lim beruvchilar va ta’lim oluvchilar guruhiga hamda alohida tarbiyalanuvchiga, pedagogik jarayonning subyektlari ─ ota-onalar, pedagoglar, tarbiyachilar, pedagogik jamoa mas’uldirlar va ular jamiyat talablari asosida ta’lim va tarbiya berish faoliyatini bajaradilar. Tarbiyachining pedagogik faoliyatida ijobiy natijalarga erishishi, o‘z kasbi sirlarini, ya’ni egallagan bilimlarini o’zining hayotiy va amaliy faoliyatida nechog’lik qo’llay bilishi bilan belgilanadi.
Pedagogik faoliyatning maqsadi asrlar davomida yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning umuminsoniy g’oyasi sifatida xizmat qilib kelayotgan tarbiyaviy ishni amalga oshirish bilan bog’liq.Pedagogik faoliyatning asosiy turlari sifatida ta’limiy-tarbiyaviy ish aks etadi.Tarbiyaviy ish – bu tarbiyaning tizimliligi, to’laligi, uzviyligi va uzluksizligidir. Tarbiyaviy ish tarbiyalanuvchilarning muaiyan faoliyatini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi shakldir. Tarbiyaviy ishning asosiy xususiyati – zaruriylik, foydalilik va tatbiq etish imkoniyatidan iborat.
Tarbiyaviy ishlar asosida ikkita: faol va majmuaviy yondashuvlar yotadi. Yondashuvlarning birinchisi, faoliyatning bilish, mehnat, ijtimoiy, badiiy, sport va erkin muloqot kabi turli ko’rinishlarini tashkil etishni talab etadi. Ikkinchi majmuaviy yondashuv esa, faoliyatning barcha ko’rinishlarining yagona jarayonga ta’siri bilan tabiiy birlashib ketishida namoyon bo’ladi. Tarbiyaviy ishlar, ayni paytda, o’ziga axloqiy, estetik, hissiy va aqliy (intellektual) ta’sirlarni qamrab oladi.