2-mavzu: Maktabgacha ta’limni tashkilotlarida loyihalashtirish faoiyatining texnologiyalari
Asosiy savollar:
1.Loyihalashtirish texnologiyasi hamkorlikni ta’minlashning noyob vositasi
2.Bolalarni pedagoglar va ota-onalar bilan hamkorlikda ijod qilishi.
3. Shxsga yo‘naltirilgan ta’limda pedagogik faoliyatga yondoshish.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: pedagogik texnologiya; ta’lim texnologiyasi; loyihalashtirish; texnologik jarayon, texnologik yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, ta’limda hamkorlik.
1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Maktabgacha ta’limni o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish bo’lajak tarbiyachilarni kelajakdagi ishlariga zamon talablari darajasida tayyorlashni maqsad qilib qo’ygan fan ekanligi haqida talabalarga tushuncha berish. Ta’lim jarayonidagi o‘zaro hamkorlikni tashkil etish talablari bilan tanishtirish.
1-asosiy savolning bayoni:
Pedagogika ilmida ta’limning bir qator texnologiyalari mavjud bo‘lib, maktabgacha ta’limda ulardan hamkorlik, erkin tarbiya, modulli va didaktik o‘yinlar texnologiyalari yetakchilik qiladi. Pedagogika kursidan ma’lumki, texnologiya so‘zi yunoncha “texne” – mahorat, san’at; “logos” – ta’limot ma’nolarini bildiradi. Bu so‘z dastlab sanoatda yoki qishloq xo‘jaligida tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanadigan usul va metodlar yig’indisini anglatgan. Ta’lim jarayoniga nisbatan qo‘llanilganda, ya’ni “pedagogik texnologiya” deyilganda o‘qish va o‘qitishning o‘zaro uzviyligini, bosqichlararo aloqadorlikni, ta’lim-tarbiya jarayonida belgilangan maqsadga erishish uchun bajariladigan barcha ishlarni muvofiqlashtirish, rejalashtirilgan barcha ishlarni talab darajasida bajarishni nazarda tutadi.
Pedagogik texnologiya o‘z mohiyatiga ko‘ra sub’ektiv xususiyatga ega. Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar texnologiyalar:
- pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishi;
- tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirishi;
- tarbiyalanuvchilar tomonidan o‘quv predmetlari bo‘yicha puxta bilimlarning egallanishini ta’minlashi;
- ta’im oluvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishi;
- ta’lim oluvchilarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi;
- pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustivorligiga erishishni kafolatlashi zarur.
Pedagogik texnologiyalardan majburan foydalanish mumkin emas. Aksincha, tajribali pedagoglar tomonidan asoslangan yoki ular tomonidan qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalardan maqsadga muvofiq foydalanish bilan birga, ularni ijodiy rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim oluvchilarning o‘quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba to‘plangan
Shulardan biri Hamkorlikda o’qitish texnologiyasidan foydalangan holda ta’lim faoliyatlarni loyihalashtirish haqida fikr yuritamiz.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’limiy faoliyatlarni to‘g’ri tashkil etish amaliyotida yetakchilik qiluvchi ta’lim texnologiyalaridan asosiysi tarbiyachi va tarbiyalanuvchining birgalikdagi faoliyatiga tayangan hamkorlik texnologiyasidir. Ta’limni tashkil etishda pedagog bilan ta’lim oluvchi orasidagi munosabatni tashkil etish muammosi barcha davrlarda ham o‘ta dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelgan. Mazkur munosabatlarni hamkorlik darajasiga ko‘tarishning nazariy asoslari dunyo miqyosida tadqiq etilgan. Bu ta’lim beruvchi uchun ham, ta’lim oluvchi uchun ham o‘z faoliyatini mustaqil tarzda tashkil etishga oid nazariy yondashuvni nazarda tutadi.
Ta’lim jarayonidagi o‘zaro hamkorlik ilmiy yo‘nalish sifatida o‘tgan asrning 60–70-yillarida shakllangan. Pedagogik hamkorlik masalasi hamisha dunyo pedagog-olimlarini qiziqtirib kelgan. Jumladan, rus olimi V. M. Myasishevning qarashlarida shaxs – o‘zaro hamkorlik va boshqalar bilan munosabat asnosida o‘zligini namoyon etishi ta’kidlanadi. O‘tgan asrning 80–90-yillarida
B. F. Lomov: “Insonning individual xususiyatlari jamoa bilan hamkorlikdagi faoliyati asnosida namoyon bo‘ladi”, deya ta’kidlagan edi.
A. V. Petrovskiy esa shaxslararo munosabatlar jamoadagi faoliyatdan kelib chiqishini o‘rgangan holda, ta’lim jarayonida o‘qituvchining o‘quvchilar bilan hamkorligini tashkil etish faqat ularning muloqot, muomalaga nisbatan ehtiyojini qondirish vositasi emas, balki o‘quv materialini o‘zlashtirishning ham muhim sharti ekanligini alohida qayd etib o‘tgan.
Ta’lim jarayonini tashkil etishda ta’limiy-tarbiyaviy jarayondagi sub’ektlar hamkorligi yoki tarbiyalanuvchilarning o‘zaro hamkorligi masalasi o‘tmish pedagogika ilmida chuqur o‘rganilmagan. Hozirgi kunga kelib bu masala dunyo miqyosidagi olimlar e’tiborida.
O‘tgan asr oxirlarida boshlangan hamkorlikka asoslangan ta’lim jarayonida o‘qitish metod va usullari, o‘quv topshiriqlari variantlari ishlab chiqilgan, tajriba-sinovdan o‘tkazilgan hamda bu borada jahon pedagogikasi amaliyotida foydalanishga arzigulik yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Ta’limiy ishlarni hamkorlikda tashkil etishda quyidagi asosiy holatlar mujassamlashgan:
ta’limiy muammoning tarbiyalanuvchilar muhokamasiga dastlabki ko‘rinishda qo‘yilishi;
shakllantirilgan muammo yechimining qulay variantlarini tanlay olish imkoniyatiga ega bo‘linishi;
tarbiyalanuvchilarning ta’limiy muammo tahlili va buning uchun zarur bilimlar haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
ta’limiy muammoni yechish imkoniyatlarining aniqlanishi va chegaralanishi;
tarbiyalanuvchi ongida uning shaxsiy dunyoqarashi va ilmiy-amaliy tushunchasi doirasida muammoni qayta shakllantirishga erisha olinishi;
hamkorlikdagi faoliyatning asosiy bosqichlaridan o‘tilishi;
qo‘yilgan muammo yechimi talablariga asoslangan holda yondashuvlar yoki tayyor javoblarning bayon qilinishi kabilar.
Ta’lim jarayoniga kirib kelgan bu yangicha yondashuvning ahamiyati shundaki, unda shaxslararo munosabatlar o‘zaro hamkorlik jarayonida yangi sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi. Mazkur yondashuvlarda ta’lim jarayonidagi tarbiyachining yakka hokimligiga chek qo‘yiladi.Tarbiyalanuvchi ta’lim jarayonida o‘qitilishi kerak bo‘lgan, o‘zi o‘rganib qolgan ob’ektlik maqomidan chiqib sub’ekt darajasiga ko‘tariladi. Ya’ni u berilgan bilimlarni tinglovchi bo‘lib o‘zlashtirishdan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zi izlanib, o‘ylanib, mehnat qilib o‘zlashtiradigan sub’ekt darajasiga erishadi.
Mazkur holatga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’limiy faoliyatlarni tashkil etish misolida qaraladigan bo‘lsa, tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchilarning bir maqsad yo‘lida o‘zaro birgalikdagi, sheriklikdagi harakati nazarda tutiladi. Hamkorlikda o’qitish har bir o’quvchini kundalik qizg’in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o’rgatish, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, har bir tarb
Dostları ilə paylaş: |