Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua


-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə10/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Maktabgacha ta’limda pedagogik texnologiyalar va loyihalashtirishda tarbiyachilarni pedagogik hamkorlikni tashkil etish bilan tanishtirish. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etish va ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash usullari haqida ma’lumotlar berish.
2-asosiy savolning bayoni:
Maktabgacha ta’limdagi pedagogik hamkorlik ham bilimlarni jamoa bo‘lib o‘zlashtirishni nazarda tutadi va uning asosiy maqsadi – ishtirokchilarning his-tuyg’uga asoslangan mustaqil, obrazli tafakkurini shakllantirish, bilimlarni o‘zlashtirishda bevosita ishtirokini ta’minlashdir. Bu serqirra usuldan didaktik-ijodiy masalalarni yechish, ta’limdagi muammolarini hal etish yo‘li sifatida foydalaniladi. Bu texnologiya tarbiyalanuvchi ta’lim beruvch va ota-onalar bilan hamkorlikni ta’minlanishi natijasida ta’limiy faoliyatlarda ijod qilish va mashg’ulotlarida o‘zlashtirilishi mo‘ljallangan o‘quv materialiga ijodiy yondashish imkoniyatini kengaytiradi.
Pedagogik hamkorlik jarayonida jamoa bo‘lib ishlash maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarida mavzu doirasida yangi, mushtarak g’oyalar tug’ilishiga zamin hozirlaydi. Tabiiyki, bu texnologiya ta’lim jarayonida samaradorligi sinalgan ilg’or metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Mashg’ulotlarda topshiriqlar ustida ishlash jarayonida ulardan vaqti va o‘rnida foydalanilsa, bolaning izlanuvchanlik qobiliyati muntazam rivojlanib borayotganini payqash mumkin. Hamkorlikda ishlaganda qo‘yilgan masalaning yechimiga yo‘naltirilgan savol va topshiriqlardan foydalanish tarbiyalanuvchilarni yangi farazlar, his-tuyg’uga asoslangan xulosalar chiqarishga undaydi va bunga ma’lum miqdorda erishiladi. Tarbiyalanuvchilar asta-sekinlik bilan o‘z ijodiy qobiliyatlarini namoyon etishga odatlanib boradilar.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni mashg’ulotlar jarayoniga pedagogik hamkorlik g’oyasining tatbiq etilishi, an’anaviy pedagogik tafakkurdagi bir tomonlama qotib qolishga barham beradi. Bu nazariyani milliy tarbiyashunoslikning har bosqichi amaliyotiga joriy etish bugun alohida dolzarblik kasb etmoqda. Maktabgacha ta’lim jarayoni tarbiyalanuvchisida pedagogik hamkorlik asosida faoliyat ko‘rsatish ko‘nikma, malakalarini shakllantirish va rivojlantirishni uning ilk davridayoq tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Chunki ta’limning mazkur bosqichida bolada ijodiy faoliyatning ilk ko‘rinishlari shakllanadi va o‘zining rivojlanish bosqichiga kiradi. Bolada ijodkorlik imkoniyatlarini yuzaga chiqarish va o‘z-o‘zini namoyon qilish ko‘nikmalari tarkib topadi. Tarbiyachi bilan do‘stona muloqotga kirishish, guruhdoshlari bilan hamkorlik, hamjihatlik hamda ta’limiy faoliyatlar jarayonida ota-onalarning ishtirokini kengaytirish natijasida tarbiyalanuvchilarda ushbu ko‘nikmalarini ta’limning dastlabki bosqichidanoq shakllantirish nihoyatda zarurligini amaliy tajribalar yaqqol ko‘rsatmoqda.
Hamkorlikda faoliyat olib borishning asosiy g’oyasi o‘quv topshiriqlarini nafaqat birgalikda bajarish, balki birgalikda o‘qish-o‘rganish hamdir. Hamkorlik jarayonid har bir bolani kundalik qizg’in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga yo‘naltirish, uning shaxsida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, har bir tarbiyalanuvchida shaxsiy qadr-qimmat tuyg’usini vujudga keltirish, o‘z kuchi va qobiliyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashni, tahsil olishda mas’uliyat hissini shakllantirishni ko‘zda tutadi.
Maktabgacha ta’limni hamkorlik texnologiyasi asosida tashkil etish har bir tarbiyalanuvchining bilimlarni o‘zlashtirishdagi muvaffaqiyati ma’lum bir guruh muvaffaqiyatiga olib kelishini anglagan holda mustaqil va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o‘quv topshiriqlarini to‘liq hamda sifatli bajarishga, o‘quv materialini puxta o‘zlashtirishga, o‘rtoqlariga sherik bo‘lib, o‘zaro yordam uyushtirilishiga zamin tayyorlaydi.
Hamkorlikda faoliyat olib borishda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga topshiriqni birgalikda bajarish uchun ko‘rsatma berilishining o‘zi etarli emas. Kichik tarbiyalanuvchilar tom ma’nodagi hamkorlikda ishlashlari, har bir bola qo‘lga kiritgan muvafaqqiyatidan quvonishi, bir- biriga sidqidildan yordam berish hissini tuyishi uchun qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga keltirilishi zarur. Mazkur texnologiyada maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining bilimlarni o‘zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir bolaning jamoadagi kundalik yutug’i avval qo‘lga kiritilgan bilimlari bilan taqqoslanadi. Shunda har bir bola o‘zining hamkorlikdagi faoliyati davomida erishgan natijasi o‘z jamoasiga foyda keltirishini anglagan holda mas’uliyatni his qilib, ko‘proq izlanishga, bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga intiladi. Albatta, buning uchun tarbiyalanuvchilar jamoasi bilimi, dunyoqarashi va saviyasi jihatidan bir-biriga yaqin a’zolardan iborat bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin