Loyihaviy usulda ta’lim faoliyatining tarkibi:
Kirish qsismi: o‘yin holatini yaratish: muammoli vaziyat, maqsadni belgilash, uning yechimini topish uchun bolalarning faolligini rag‘batlantiruvchi har qanday harakatlar. Bolalar faoliyatini tashkil qilish uchun har qanday mashq bo‘lishi mumkin. Ta’limiy faoliyatlarni loyihalashning g‘oyasi hatto “ertalabki davra”ni o‘tkazish jarayonida ham paydo bulishi mumkin.
Asosiy kism: muammoli vaziyatning yechimlarini loyitsalash. Uni amalga oshirish. Bolalarga dasturning turli bulimlari mazmuniga asoslangan muammoni xal qilish uchun zarur bulgan yangi bilimlar beriladi yoki bolalar o’zlari izlanishlar, kashfiyotlar orqali bilimga ega buladilar, natijada teatr tomoshasi, qandaydir qo‘l ishi, maket, kitobcha, kollaj, guruh albomi, devor gazetalari, do‘stga sovg‘alar, ko‘rgazmalar va boshqa maxsulotlar tayyorlanadi.
Ish faoliyatini tahlil tsilish. Umumlashtirish, yakunlash.
Shunday qilib, uchta qismning har birini tahlil kilamiz.
Kirish qismi. Bolalarning faoliyatida kayfiyat orqali ijobiy hissiyotlarni yaratishni nazarda tutadi. Bolaning o‘zi jarayonga qiziqishi kerak va buning uchun motivatsiya yaratilishi kerak. Motivatsiya bexosdan, o‘yin orqali bolani muayyan harakatlarga undashi kerak. Bularning barchasi pedagogning savodxonligi va malakasiga bog‘lik, chunki to‘g‘ri yaratilgan motivatsiya ta’lim jarayonining muvaffaqiyatining kalitidir.
Turli yosh bostsichlarida uyin motivatsiyasini yaratish buyicha ishlarning xususiyatlari:
Kichik yosh guruh: bolalarga ba’zi o‘yin tahramonlarida biron-bir narsa yuz bergani haqida xabar beriladi, ularga kerakli yordamni kursatishga rozi bo‘ladimi yoki yo‘qmi degan savol tug‘iladi va bolalarga vaziyatdan chiqish variantlari taklif etiladi.
Urta guruh: ertak tahramonini kiritish mumkin, chunki bu yoshda bolalar rollarni uzlashtirib olishgan yoki bolalar rol o‘ynashga harakat qilishadi. Buning uchun pedagog bolalarga o‘ynashni taklif qiladi. Keyin, rol o‘ynayotgan bolalar bilan birgalikda birinchi navbatda o‘yin vazifasi, keyin esa ta’limiy vazifa biz buni qilishni o‘rganib olamiz deyiladi.
Katta guruh: asosiysi qahramonlar emas, balki syujetlar, syujet qo‘shimchalari qahramonning o‘zi yo‘q, lekin xati bor. Syujetlar davomiyligi bo‘yicha xar xil bo‘lishi mumkin. Ta’lim faoliyati jarayonida o‘rnatilgan kichik atributlar, o‘zgaruvchan rollardan foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |