Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə19/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

Tayyorlov guruhida o‘yin motivatsiyasini yaratish zarurati bo‘lmasada, ammo bu yerda muammoli vaziyatlarni ham qo‘shish mumkin. Muammoli vaziyat - bu pedagog tomonidan muhokama qilinayotgan mavzuga qizitsishni o‘yg‘otishga qaratilgan maxsus vosita. Boshqacha qilib aytganda, muammoli vaziyat - bu bola o‘zi uchun qiyin vazifalarni hal qilishni hoxlaydigan vaziyat, ammo u yetarli ma’lumotga ega emas va u ularni o‘zi izlashi kerak. To‘g‘ri yaratilgan muammoli vaziyatda bola muammoni o‘zi shakllantiradi va o‘zi uning yechimini topadi, bu yechimning to‘g‘riligini hal qiladi va boshqaradi.

2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: pedagogik loyihalash, joyihalashtirishning afzalligi,uning maktabgacha pedagogikadagi o‘rni, pedagogik faoliyatni loyihalashning xususiyatlari, tarbiyachining faoliyat turlarini loyihalashtirishdagi kompetentligi yuzasidan ma’lumotlar berish.
2-asosiy savolning bayoni:
Mа’lumki, zаmоnаviy pеdаgоgik tехnоlоgiyalаr аmаliyotgа jоriy etish mumkin bo‘lgаn mа’lum pеdаgоgik tizimning lоyihаsidir. Pеdаgоgik tizim o‘zаrо bоg‘liq bo‘lgаn vоsitаlаr, usullаr vа jаrаyonlаr yig‘indisi bo‘lib, shахsdаgi muаyyan sifаtlаrni shаkllаntirishgа pеdаgоgik tа’sir etishni mаqsаdgа muvоfiq tаrzdа аmаlgа оshirаdi. Binоbаrin, hаr bir jаmiyatdа shахsni shаkllаntirish mаqsаdi bеlgilаb оlinаdi vа ungа mоs rаvishdа pеdаgоgik tizim mаvjud bo‘lishi kеrаk. Matabgacha ta’lim tizimi oldida ham jamiyat va zamon talablaridan kelib chiqqan holda jarayonlar tashkil etiladi.
Maktabgacha ta’limda pedagogik faoliyatni rejalashtirish va tashkil etish har doim pedagoglarni qiziqtirib kegan masalalardan biridir.Ta’limdagi o‘zgarishlar maktabgacha ta’im tizimi xodimlari oldiga ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish vazifasini qo‘yadi.Pedagoglarning ushbu vazifasi ta’lim jarayonini bola ehtiyojlarini qondirish va qobiliyatlarini rivojlantirish, shaxsini saqlab qoish va takomilashtirish, bolaning mustaqil qaror qabul qilish, o‘z his-tuyg‘ularini va fikrlarini ifoda etish uchun sharoitlar yaratishdan iborat. Pedagog tarbiyalanuvchiar bilan barcha bosqichlarni birgalikda olib borishi, faoliyatlarga tayyorgarlik, natijalarni muhokama qilish, bolalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash,bolada ijobiy his-tuyg‘ularni rivojlantirish.Bu ishlarni pedagogik jarayonlarni tog‘ri rejalashtirmasdan amalga oshirishning imkoni yoq.Darhaqiqat,maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni rejalashtirih va loyihalash murakkab jarayon hisoblanadi.Pedagogik jarayonni rejalashtirish pedagogdan to‘g‘ri tayyorgarlikni bolalarni psixofiziologik rivojlanish qonuniyatlarini, ta’lim dasturlarini va didaktikaning nazariy asoslarini,pedagogikaning ta’lim usullari va texnikasini bilishni talab etadi.
Pedagogik jarayondagi loyiha faoliyati katta rivojlanish salohiyatiga ega. Uning asosiy afzalligi shundaki, u bolalarga o'rganilayotgan ob'ektning turli tomonlari, uning boshqa ob'ektlar va atrof-muhit bilan aloqasi haqida haqiqiy tasavvurlarni beradi.
Ta’limda pedagogik loyihalashtirishning afzalliklari:


  • uning asosida bilim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish rivojlanish usullaridan biridir, tadqiqot ko‘nikmalari, savol berish va ularga javob topish ko‘nikmalari, ma’lumotni topish va undan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish;


  • ta’lim jarayoni sifatini yaxshilaydi;


  • ijodiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat kiladi;


  • pedagog bola bilan hamkorlikda foliyat olib boradi.


  • pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirishga yordam beradi.

Har qanday loyihaning markazida tadqiqot izlanishini talab qiladigan muammo turadi. Loyihaning majburiy shartlaridan biri bu bolalarning mustakilligi, pedagogning ko‘magi bilan, bolalar va kattalar bilan birgalikda ijod qilishi nazarda tutiladi


Loyihaviy tadbirlar tufayli faoliyatning har bir bosqichida bolalarning mustaqillik darajasi o‘sib boradi, bolalarda o‘zini o‘zi tashkil etish va bilim olish faoliyatining kunikmalari ham o‘sib boradi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin