Loyihaviy faoliyat texnologiyasining pedagogikadagi o‘rni nimada nomoyon bo’ladi?
Pedagogik faoliyatni loyihalashning afzalligi nimalarda nomoyon bo‘ladi?
Siz “kompetentsiya” va “kompetentlilik” tushunchalarini qanday angladingiz? Uni o’z so’zlaringiz bilan tushuntirib berishga harakat qiling.
Nima deb o’ylaysiz, “kompetentlilik” bilan “ma’naviy barkamollik” tushunchalari o’rtasida farq bormi? Bo’lsa, u, sizningcha, nimalarda ko’rinadi?
Shaxs kompetentliligiga xos bo’lgan “bilim, ko’nikma, malaka va tajribaga egalik hamda shaxslik sifatlar”ga alohida to’xtaling: ilm nima-yu bilim nima? “Ko’nikma” va “malaka” singari tushunchalarni izohlang. “Shaxslik sifatlar” deganda nimalarni tushunasiz?
Kompetentlilikning tarmoqlariga diqqat qiling. Ularning qaysi biri sizda qay darajada shakllanganligi haqida o’ylab ko’ring, o’zingizga o’zingiz baho bering.
Umumiy kompetentlilik bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari kompetentliligiga xos bo’lgan tafovutni aniqlang.
Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari kasbiy kompetentliligi qamrab olgan tushunchalarni ajratib daftaringizga yozib oling. Ularni izohlab bering.