Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua


-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə11/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

3-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Maktabgacha ta’limda pedagogik hamkorlikni tashkil etishda tarbiyalanuvchilarning jamiki imkoniyatlarini ochish uchun sharoitlar yaratish. Ota-onalar bilan hamkorlikning samarali usullari haqida ma’lumotlar berish.
3-asosiy savolning bayoni:
O‘quv jarayonida o‘zaro hamkorlikka asoslangan do‘stona muhitni vujudga keltirish shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyatga ega. Maktabgacha ta’limdagi ta’lim jarayoni tarbiyalanuvchining huquqlari va erkinliklarini himoya qilish asosida tashkil qilinishi lozim. Tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchi orasida o‘zaro hamkorlik muhiti yaratilayotganda barcha bolalarning imkoniyatlari va ehtiyojlari hisobga olinishi juda muhimdir. Bu jarayonda o‘zaro tenglik muhiti hukmron bo‘ladi. Tarbiyalanuvchilarning aksariyat muammolarini hal etishga ko‘maklashadigan ta’limiy-tarbiyaviy muhit tashkil etiladi. Ta’lim-tarbiya bog’cha, ota-onalar, mahalla va tarbiyalanuvchilar jamoasi hamkorligida, demokratik va tolerantlik tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Hamkorlikda faoliyat olib borish jarayonda tarbiyalanuvchilar oddiy ta’lim oluvchilar emas, ta’lim-tarbiya jarayonining teng huquqli, sheriklik asosida jipslashgan ishtirokchilari bo‘lishlariga erishiladi. Guruhdagi barcha bolalarga bir xil muomala va munosabat, tarbiyalanuvchi, tarbiyachi va ma’muriyat orasida do‘stona muhit ustuvorligi asosida sifatli ta’lim berish sharoiti vujudga keladi. Kichik tarbiyalanuvchilarga nisbatan do‘stona munosabat o‘zaro adolatli muhit zamirida yaratiladi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, tarbiyachi o‘zi tashkil qilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligi har bir tarbiyalanuvchining alohida shaxs ekanligiga, uning ta’lim-tarbiyasi va oilaviy muhitiga, guruhdagi mavqei va pedagog munosabatiga, ruhiy kechinmalari va kayfiyatiga ko‘p jihatdan bog’liq bo‘lishini unutmasligi maqsadga muvofiqdir. Har bir pedagog o‘z bilimi va mahorati bilan kichik tarbiyalanuvchilar qalbidan chuqur joy ola bilishi, ularning muhabbati, hurmat-ehtiromiga sazovor bo‘lishi, eng yaqin kishilaridan biriga aylanishi, quvonch va tashvishiga sherik bo‘lishi, muammoli vaziyatlarda to‘g’ri yo‘l ko‘rsata olishi zarur. Shunday hamkorlik faoliyati jarayonida ta’lim-tarbiya oldiga qo‘yilgan maqsadga oson erishish mumkin bo‘ladi.
Maktabgacha ta’lim jarayonida tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchilar orasidagi hamda tarbiyalanuvchi va ota-ona o‘rtasida o‘zaro hamkorlik muhitini shakllantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak bo‘ladi:
− o‘quv jarayonida ijodkorlik muhitini vujudga keltirish;
− tarbiyalanuvchilar faoliyatini muayyan tartib asosida tashkil etish;
− bolalar va kattalar orasida o‘zaro do‘stona muhitni vujudga keltirish va hk.lar.
O‘zaro hamkorlik va do‘stona muhitni vujudga keltirish uchun ta’lim-tarbiya jarayonining ochiq xarakter kasb etishi va o‘zaro axborotlar almashinuvi uchun qulay bo‘lishini ta’minlash muhimdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’limiy faoliyatlar jarayonida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun tarbiyalanuvchilarda ongli faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmasini tarkib toptirish, ularni mustaqil, ijodiy fikrlashga o‘rgatish alohida ahamiyatga ega.
Maktabgacha ta’limda tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro faoliyatini hamkorlikda tashkil etishda bolalarning bor imkoniyatlarini ularning o‘zlari uchun maksimal darajada yuzaga chiqara bilishi muhimdir. Ya’ni pedagog tarbiyalanuvchilarning jamiki imkoniyatidan oqilona va samarali foydalana bilishi zarur. Jumladan:
1) tarbiyalanuvchilar o‘zlarining yosh va intellektual imkoniyatlari darajasidagi muammolarni yechishga maksimal darajada jalb etilishi, bu jarayonda ularda muayyan qiziqishlar hosil qila olishi;
2) mantiqiy mulohaza talab qilinadigan topshiriqlarni yechish yo‘llarini to‘g’ri tashkil eta bilishi va natijalarni tekshirishning adolatli tutumini vujudga keltirishi;
3) qo‘lga kiritilgan yutuqlar va natijalar, aksariyat hollarda, og’zaki shaklda ifodalanishini shakllantirish.
Maktabgacha ta’limda tarbiyalanuvchilar faoliyatini, dunyoqarashini har tomonlama o‘zgartirish tamoman yangi ilmiy-pedagogik asoslarga tayanishni taqozo etadi. Maktabgacha ta’limda ta’limiy faoliyatlarni oldidagi maqsad va vazifalar, ularga erishish yo‘lida qo‘l keladigan texnologiyalarni amalga oshirish, nafaqat ta’lim mazmunini o‘zgartirishni talab qilmoqda, balki uning shakllari, metodlarini takomillashtirish, ayni zamonda tarbiyachi faoliyatini tubdan yangilashni taqozo etmoqda.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borish ishlarini tashkil etishdagi hamkorlikning muhim omili va bolalarning o‘zaro munosabati xususiyatini belgilovchi asos tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchi, tarbiyalanuvchi bilan ota-onalar hamda tarbiyachi bilan ota-onalarning sherikligini shakllaridir. Mazkur o‘quv faoliyati har bir sub’ekt munosabatlari, birgalikdagi xatti-harakatlarining alohida turidirki, u o‘zlashtirish ob’ektini, bilish faoliyatining barcha qismlarini qayta qurishni taqozo etadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti va ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:
  • ota-onalarning maktabgacha ta’lim tashkiloti borasidagi fikrlarini hisobga olish;


  • ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;


  • ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish;


  • ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.


Maktabgacha ta’limda qo‘llanilishi tavsiya etilgan hamkorlik texnologiyasini tashkil etish tajribasi horijiy tajribalar asosida tashkil etilmoqda. Hozirgi kunda Amerikada ota-ona va tarbiyachilar o’rtasida o’zaro munosabat o’rnatish ta’lim tizimining muhim aspekti hisoblanadi Bu munaosabat kelajakda bolani darajasi past bo’lgan maktablarda ta’lim olishini hamda o’zlashtirish darajasini tushib ketishini oldini oladi. Ota-onalarning har biri bilan farzandining individual xususiyatlaridan kelib chiqib bola rivojlanishi uchun shaxsiy reja tuzadilar va uni amalda qo’llaydilar.


Amerika olimlari oila va maktabgacha ta’lim tashkilotini o’zaro hamkorligini 6 ta turga bo’lishadi. Bular quyidagilar:
1.Maktabgacha ta’lim tashkiloti ota-onalarga uy muhitida bola uchun yaratilishi zarur bo’lgan sharoit, bola bilan muomala qilish qonun-qoidalari, uni sog’lom ovqatlantirish to’g’risida doimiy ma’lumot berib turadi.
2.MTT mutasaddilari ota-onalarga bolaning rivojlanish ko’rsatkichlari haqida ma’lumot berib boradilar. Tarbiyachilar ma’lum sessiyalar oralig’ida ota-onalar bilan uchrashuvlar tashkil etadi hamda ular bilan elektron pochta va MTT sayti orqali doimiy aloqada bo’lib turadilar.
3.Ota-onalarga bolalar bog’chalarida farzandlari bilan olib b orilayotgan dasturlarning o’quv rejalari bilan tanishishi hamda ularni uyda ham davom ettirishlariga imkoniyat yaratib beriladi. Bunday holatda MTT ota-onani kerakli metodik tavsiyalar va qo’llanmalar bilan ta’minlab turadi.
4.Ota-onalar mashg’ulotdan tashqaridagi ishlarda ham qatnashish huquqiga ega. Jumladan, ular bolajonlarga ertaklar o’qib berishi, to’qish, tikish, rasm chizishni o’rgatishlari shuningdek, mashg’ulotlarni tashkil etishda tarbiyachiga ko’mak berishlari va obodonlashtirish ishlarida birgalikda qatnashishlari mumkin.
5.Ota-onalar MTT ning boshqaruviga aralashish huquqiga ega. Jumladan,ularga jamoa bilan tanishish, budjet hisoblari haqida ma’lumotga ega bo’lish hamda xodimlarning ish faoliyatiga baho berish imkoniga egalar.
6. MTT va ota-onalar ijtimoiy tashkilotlar orqali MTT bilan doimiy aloqa o’rnatadilar.Ushbu ijtimoiy tashkilotlar dasturlarning qay darajada sifatli o’tilishi yuzasidan nazorat ham o’rnatadilar.
Bu kabi hamkorlik shakllari bizning respublikamiz ta’lim tizimida ham joriy etilgan.
Hamkorlik faoliyatining takomili kichik sub’ektlarda o‘zaro ta’sir o‘tkazish harakatini baholashdan o‘z-o‘zini baholash darajasiga ko‘tarilishi sodir bo‘ladi. Ushbu jarayon hamkorlik dinamikasidan dalolat beradigan eng muhim omil vazifasini o‘taydi.
Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta’limga xos bo‘lgan hamkorlik pedagogikasi pedagogik jarayon ishtirokchilari – tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar, tarbiyachi va ota-onalar bolalarning o‘zaro insonparvarlik tamoyiliga asoslangan munosabatlardan iboratdir.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin