Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə84/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

V. Dam olish daqiqasi: Kognitiv o‘yinlar .Kognitiv o‘yinlar qiziquvchanlikni, yangi bilimlar olishga intilishni, bilish faoliyatlarini amalga oshirish mahoratini rivojlantirishga, shuningdek, atrof olam haqidagi tasavvurlarni shakllantirishga qaratilgan.
“Kapalak qurtlarini to‘plang” o‘yini
O‘yinning maqsadi: bolalarga umumlashtiruvchi so‘zlar bo‘yicha predmetlar guruhlarini tanlashni o‘rgatish, sinchkovlikni rivojlantirish.
Jihoz: (har bir guruh uchun) kapalak qurti andazalari va dumaloq shakldagi ko‘rgazmali (idish-tovoqlar, kiyimlar, sabzavotlar, mevalar tasviri bor) rasmlar tayyorlang (har bir rasmning yon tomonlaridan bog‘ich uchun techik ochiladi). Barcha rasmlarni stolning o‘rtasiga joylashtiriladi. O‘yin jarayoni: o‘yin qatnashchilari guruhlarga bo‘linadi va har biriga alohida topshiriq beriladi. Misol uchun: 1-guruh faqat kiyimlar bilan kapalak qurtlarini to‘playdi;
2-guruh faqat idish-tovoqlar bilan kapalak qurtlarini to‘playdi;
3-guruh faqat sabzavotlar bilan kapalak qurtlarini to‘playdi;
4-guruh faqat sabzavotlar bilan kapalak qurtlarini to‘playdi. Bolalar kerakli rasmlarni tanlab olishi, keyin ularni bog‘ich bilan birlashtirishi kerak. Boshqaruvchi har bir guruh bajargan ishlarning yakunini chiqaradi. Topshiriqni xatosiz bajargan guruh ishtirokchilari rag‘batlantiruvchi nishonga ega bo‘ladilar.
VI. Baholash: Talabalarni mavzu yuzasidan berilgan topshiriqlarni bajarilgan darajasiga qarab baholash.(“5” a’lo, “4” yahshi, “3” qoniqarsiz.)
4- Seminar mashg‘uloti
Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar faoliyatini rivojlantirishni loyihalashtirish xususiyatlari


Ajratilgan vaqt: 2-soat
Darsning maqsadi: Talabalarga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar faoliyatini rivojlantirishni loyihalashtirish xususiyatlari haqida ma’lumotlarini kengaytirish va mustahkamash,
Ishning bajarilish tartibi:
    1. Loyihaviy faoliyat texnologiyasining pedagogikadagi o‘rni.


    2. Pedagogik faoliyatni loyihalashning afzallilari.


    3. Tarbiyachining faoliyat turlarini loyihalashtirishdagi kompetentligi.





Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin