KEYS yuzasida tapshiriq: Siz nima deb o’ylaysiz, seminar-trening oldiga qo’yilgan maqsad to’liq amalga oshdimi? Zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog’liq holda qo’llanilayotgan tushunchalarning mohiyati etarlicha aniqlashtirildimi? Siz mazkur tushunchalarni qanday izohlagan bo’lar edingiz? Seminar-treningda qaysi tushuncha mohiyatiga umuman e’tibor qaratilmadi? “Metodika” va “texnologiya” tushunchalarini farqlashga doir I.Jo’raev tomonidan berilgan javobga siz qanday munosabat bildirasiz? D.Abdullaevaning o’z nutqida Aqliy hujum, B-B-B, kaskad, pinbord kabilarni texnologiya deb ishlatishi to’g’rimi? L.Vasiljonovaning “metod” va “texnologiya” tushunchalariga nisbatan aytan fikrini qanday baholaysiz? Grafik organayzerlarni “ta’lim vositasi”mi yoki “metod” sifatida talqin etish maqsadga muvofiqmi?
IV.O’tilgan mavzuni mustahkamlab olish uchun savol-javob o’tqazish.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o'qitish va tarbiyalashning integratsiyalashgan usuli sifatida qanday faoliyatini tashkil etiladi?
Loyihalash faoliyati usuli 20-asr boshlarida kim tomonidan ishlab chiqilgan?
3. Loyihalash usuli- bu.
4. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida loyiha turlari nechta?
5. Loyihalash usuli sifatida pedagogik texnologiya qanday xarakterga ega?
V. Dam olish daqiqasi: Tengdoshlari bilan muloqot qilish ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o’yinlar “Sir” o’yini
Topshiriqlar: tengdoshlari bilan umumiy tilni topish, bolalar o’rtasida yaxshi, iliq munosabatlarni rivojlantirish qobiliyati
Materiallar: sandiqcha yoki xaltacha
O’yin jarayoni: 1. O’yin davomida boshlovchi barcha ishtirokchilarga “yashirin ravishda” chiroyli sandiqchadan “tugma, to’g’nag’ich, munchoq va boshqalarni” tarqatadi, ular esa buni kaftlariga qo’yib, kaftlarini yopadilar.
2. Bolalar guruh bo’ylab yurib, hammadan o’z sirlarini ko’rsatishlari uchun turli usullarni izlaydilar. 3. O’yin “yashirin ravishda” bir-birlariga o’z sirlarini ko’rsatgan 3–4 tadan ko’proq juftlik hosil bo’lgunga qadar davom etadi.
VI. Baholash: Talabalarni mavzu yuzasidan berilgan topshiriqlarni bajarilgan darajasiga qarab baholash.(“5” a’lo, “4” yahshi, “3” qoniqarsiz.)