Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə93/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

6- Seminar mashg‘uloti
Mavzu: Turli yoshdagi bolalar uchun qurish va konstruksiyalash bo’yicha faoliyatlarni loyihalashtirish


Ajratilgan vaqt: 2-soat
Darsning maqsadi: Talabalarga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida turli yoshdagi bolalar uchun qurish va konstruksiyalash bo’yicha faoliyatlarni loyihalashtirish haqidagi bilimlarini kengaytirish.
Ishning bajarilish tartibi:
1. Maktabgacha ta’limda bolalarning yosh xususiyatlari
2. Qurish yasash faoliyatini loyihalashtirish.
3. Qurish yasash faoliyatini orqali matematik bilimlarni shakllantirish
Kerakli jihozlar: ko’rgazma,qo’shimcha adabiyotlar va kompyutor yoki uyali telefon.
Qo’llaniladigan metod: “Baliq skeleti” sxemasi metodi hamda o’yin metodining didaktik o’yin turi.
Seminar mashg’ulotning borishi:
I. Talabalar bilan salomlashib. Kun mavzusi tanlab olinadi.“Yaxshi niyatlar sandig‘i” Bu o‘yinda har bit talaba yaxshi niyatlar yozilgan qog‘zlarni sandiqchaga solidi. O’qituvchi esa eng chiroyli niyat egasini taqdirlaydi.
II. Kun yangiliklari to’g’risida talabalar fikrlari.
III.Mavzu yuzasidan qisqacha ma’lumot: O’zbekiston Respublikasining Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablarida rivojlanish tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan. “Rivojlanish-inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqida biologik jarayonlar hamda atrof muhit tasirida ro‘y beradigan o‘zgarishlar”- deb ta’rif berilgan. Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Muayyan bir yosh davriga xos bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo’ladi. Bolalarning tarbiyasiga to’g’ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o’qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o’sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlcha bo’ladi.
Bolaning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlcha bo’lishi mumkin. Masalan, ko’rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg’ayrat yoki g‘ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, tortinchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo’lib, o’qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur. Bolaning individual – o’ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o’ziga xos xususiyatini o’rganish, metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. “temperamentum” “qismlarning bir-biriga munosabati” ma’nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.
Shuningdek, turli yosh davrlarining o’ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Shuning uchun bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo’linadi:
1. Go’daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo’lgan davr.
2. Bog’chagacha bo’lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha.
3. Maktabgacha bo’lgan yosh davri – 3 yoshdan 7 yoshgacha.
Rivоjlаnish sоhаsidаgi tadqiqotlаr olib borgan olimlar izlanishlari shundаn dаlоlаt bеrаdiki, bоlа hayotining dаstlаbki to‘qqiz yili o‘sish dаvrining muаyyan dаvоmiyligidа o‘tаdi, bu umumiy vа оldindаn аytib bеrish mumkin bo‘lgаn bоsqichdir. Bu bоsqichlаr rivоjlаnishning har bir sоhаsidаgi o‘zgаrishlаr bilаn аjrаlib turаdi: jismоniy, hissiy, ijtimоiy vа kоgnitiv. Bоlаlаr o‘sishining o‘zigа хоsligi to‘g‘risidаgi bilimlаr tаrbiyachilаrgа tа’lim muhitini yarаtishgа vа fаоliyatning muvоfiq turlаrini rеjаlаshtirishgа tаyanch bo‘lib хizmаt qilаdi. Rivоjlаnish хususiyatlаrigа mоs kеlish usullаrini muvаffаqqiyatli qo‘llаsh uchun tаrbiyachilаr mе’yordаgi rivоjlаnishning bоrishi to‘g‘risidа tаsаvvurgа egа bo‘lishlаri kеrаk. Bundа tаrbiyachilаr shuni yoddа tutishlаri lоzimki, bоlаlаr rivоjlаnishning bir хil bоsqichini bоsib o‘tishlаrigа qаrаmаsdаn, ulаrdа bu jаrаyon bir vаqtning o‘zidа kеchmаydi. Bir хil yoshdаgi bоlаlаrdа o‘zigа хоs individuаl fаrqlаr bo‘lishi muqаrrаr. Оntоgеnеzdа 3 dаn 7 yoshgаchа bo‘lgаn dаvr bоg‘chа yoshi dаvri hisоblаnаdi. Mаktаbgаchа yoshdаgi bоlаlаr psiхоlоgiyasidа judа tеz sifаt o‘zgаrishlаri bo‘lishini inоbаtgа оlgаn hоldа 3 dаvrgа:
- kichik mаktаbgаchа dаvri (3-4 yosh);
- o‘rtа mаktаbgаchа dаvri (4-5 yosh)
- kаttа mаktаbgаchа dаvri ( 6-7 yosh) gа аjrаtish mumkin
Konstruktorlash va konstruktiv-modellashtirish markazi faoliyati, rivojlantiruvchi muhitning muhim qismidir. Konstruktorlash — maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodkorlik, fikrlash va mayda motorikani rivojlantirish uchun foydali faoliyat hisoblanadi.
Matematika va matematik tushunchalar — bolalarning kundalik hayotida ishlatiladi, masalan, ular uyg‘onganida, uxlaganda, stolga qo‘yadigan likopchalar sonini hisoblashda va hokazo. Kichik yoshdagi bolalarda hisoblash ko‘nikmalari ularning maktabdagi va hayotdagi keyingi muvaffaqiyatlari uchun muhim asosdir. Matematik kompetensiyalardan foydalanish maktabgacha pedagogning ko‘magi bilan amaliy interaktiv mashg‘ulotlar orqali matematikadan bilimlarni birgalikda shakllantirishni talab qiladi. Konstruktorlash va matematika markazi bolalarga binolar qurish, bo‘yi, vazni haqida ma’lumot olish, shakllarni taniy boshlash, birgalikda harakat qilishni o‘rganish, ko‘zlar va qo‘llar yo‘nalishlarini muvofiqlashtirishni takomillashtirish va o‘yindan keyin maydonni tozalash ko‘nikmalarini o‘rganish imkoniyatini beradi. Qurilish bilan shug‘ullangan holda, bolalar matematik ko‘nikmalarni rivojlantirishlari, ijtimoiy ko‘nikmalar hamda muammolarni hal qilish tajribalariga ega bo‘lishlari mumkin. Ushbu markazda ijodkorlikni namoyish etish va qilinayotgan ishlarga diqqatni jamlashni o‘rganish mumkin.
Topshiriq:
Qurilish, konstruktorlash markazi, matematika

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin