1.1.Fanning maqsadi va vazifalari. Fanning maqsadi: Bakalavrlarni maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyatga o’rgatish metodikasi, tasviriy faoliyati turlari, tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazish metodikasi bilan tanishtirish.
Fanning vazifalari – talabalarni maktabgacha ta’limda tasviriy faoliyatga o’rgatish metodikasi fanining ilmiy-pedagogik asoslarini bilishi;
- maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyati turlari va o’ziga xosligini o’rganish;
- rasm, loy, applikatsiya, qurish-yasash orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy ijodkorligini rivojlantirishni;
- maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini rejalashtirish va tashkil qilish metodikasini;
-mashg’ulotdan tashqari vaqtlarda tasviriy faoliyatni tashkil qilishni;
-maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy qobiliyatni rivojlanganlikni aniqlashni.
1.2. Fanni o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar. Maktabgacha ta’limda tasviriy faoliyatga o’rgatish metodikasi o`quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida
Bakalavr: maktabgacha yoshdagi bolalarga tasviriy faoliyatga o’rgatish metodikasining asoslarini;
- maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyati xaqida tushuncha;
- maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyati nazariyasi va metodlari;
- maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyati turlari va o’ziga xosligi;
-rasm, loy, applikatsiya, qurish-yasash orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy ijodkorligini rivojlantirish;
-maktabgacha yoshdagi bolalar tasviriy faoliyatining turlari, tasviriy faoliyatga o’rgatish metod va usullari to’g’risida bilimga ega bo’lishi;
-maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini rejalashtirish va tashkil qilishni;
- maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy san’at asarlari bilan tanishtirish usullari;
-maktabgacha yoshdagi bolalar bilan tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida ta’lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishni;
-mashg’ulotdan tashqari vaqtlarda tasviriy faoliyatni tashkil qilish;
-maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy qobiliyatni rivojlanganlikni aniqlashni bilishi, ko’nikma hosil bo’lishi;
-tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida bolalarni maktabga tayyorlash;
-maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy qobiliyatni rivojlanganlik darajasini tashxislash usullari;
-maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini o’tkazish va taxlil qilish malakaga ega bo’lishi kerak;