1.3. Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi. «Maktabgacha ta’limda tasviriy faoliyatga o’rgatish metodikasi» fani 5-6semestrda o`qitiladi. Mazkur fan «Maktabgacha pedagogika», “Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi», «Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi», «Maktabgacha ta’limda nutq va o’zga tilga o’rgatish metodikasi» va boshqa fanlar bilan bog’liqlikda o’tiladi.
1.4. Fanning hajmi va mazmuni.
№
Mashg’ulot turi
Ajratilgan soat
Semestr
1
Nazariy (ma’ruza)
60
V -VI
2
Amaliy
60
V -VI
3
Seminar
32
V -VI
4
Kurs ishi
-
-
5
Mustaqil ta’lim
108
V -VI
Jami
260
2.1. Mustaqil ta’lim topshiriqlari bo`yicha tavsiyalar.
2.5.Mustaqil ta’lim bo‘yicha tavsiyalar: Talabalarning mustaqil ish bajarishda amalga oshiradigan vazifalari quyidagilardan iborat:
-yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
-kerakli ma’lumotlarni izlab topish qulay usullari va vositalarini aniqlash;
-axborot manbalari va manzillaridan samarali foydalanish;
-an’anaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash;
-Internet tarmog‘idan maqsadli foydalanish;
-berilgan topshiriqning ratsional yechimini belgilash;
-ma’lumotlar bazasini tahlil etish;
-topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondashish;
-ishlab chiqish yoki g‘oyani asoslash va mutaxassislar jamoasida himoya qilish.
Mustaqil ish talabalarning, nazariy bilimlarini yanada boyitish , darsdan tashqari holatda mustaqil bilim ko‘nikmalari egallashlari uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Mustaqil ishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad talabalarni yangicha fikrlash va mushohada qilishga o‘rgatish , nazariy va amaliy bilimlarni mukamallashtirish uchun to‘liq imkoniyatlar yaratishga qaratilgan o‘qituvchi dars jarayonida talabalarning har biriga fanga doir zamonaviy mavzularni ijodiy mustaqil ishlashlari uchun topshiriladi. Talabalar o‘zlariga biriktirilgan mavzularni referat, leksiya shaklida tayyorlab, seminar-amaliy darslarida ma’ruza qilib, keng doirada muhokama qilishadi.
2. 2.Mustaqil ta’lim mavzulari.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda tasviriy faoliyatga o’rgatish metodikasining ahamiyati.
Tasviriy faoliyat bolalarga estetik tarbiya berishning asosiy vositasi.
Tasviriy faoliyatning boshqa faoliyatlar bilan o‘zaro bog‘liqligi.
Bolalarning tasviriy faoliyatlarining rivojlantirish vazifalari.
Bolalarning mustaqil tasviriy faoliyatlari burchagining jihozlari va materiallari.
Tasviriy san’atda badiiy idrok.
Idrok etishni boshqarish metodikasi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida tasviriy faoliyatga o‘rgatish metod va usullari.
Ko‘rgazmali metod va o‘rgatish usullari.
Namunadan foydalanish.
Rasmlardan foydalanish.
Tarbiyachi tomonidan ishlash usulini ko‘rsatib berish.
Bolalar ishlarini taxlil qilish.
Og‘zaki metod va o‘rgatish usullari.
Badiiy adabiyotning obrazlaridan foydalanish.
Mashg‘ulot davomida tarbiyachining ko‘rsatmalari va tushunchalari.
Maktabgacha ta`lim muassasasida rasm solishga o’rgatish.
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni tasviriy faoliyatga o‘rgatishda rasm turlari.
Maktabgacha ta’lim muassasasida alohida predmetlarning rasmini chizishga o‘rgatishning vazifalari.
Maktabgacha ta’lim muassasasida mazmunli rasm solishga o‘rgatishning vazifalari.
Maktabgacha ta’lim muassasasida dekorativ rasm solishga o‘rgatishning vazifalari.
Maktabgacha ta`lim muassasasining turli yosh guruhlarida bolalarni tasviriy san`at asarlari bilan tanishtirish.
Maktabgacha ta`lim muassasasida loydan buyum yasashga o’rgatish.