Мактабгача таълимни бошqаришниниг илмий асослари O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə34/36
tarix05.09.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#141531
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
UMK chala

ijtimoiy iqtisodiy yordam-muhtoj bolalarning ruhiy, axloqiy va emotsional holatini tiklash bo’yicha muassasa, markazlarda yordam ko’rsatish.
ijtimoiy normalar-insonlar xatti-harakatlarini, ularning ijtimoiy hayotini muyyan madaniyat, jamiyat qadriyatlariga muvofiq tartibga soluvchi xulq-atvor me’yorlari.
ijtimoiy patronaj-shaxs huquqlari, voyaga yetmaganlarning mol-mulklarini himoya qilishning maxsus turi. Texnologiya sifatida ijtimoiy vasiylik vasiylikka muhtoj odamlarni aniqlaydi, vasiylarni tanlaydi, ularning o’zaro munosabatlarini tartibga soladi. Patronaj uyda profilaktik, sog’lomlashtirish, sanitar chora-tadbirlani o’tkazishni ko’zda tutadi.
ijtimoiy pedagog- ijtimoiy pedagogika mutaxassisligi bo’yicha o’rta yoki oliy professional ma’lumotga ega bo’lgan mutaxassis, ijtimoiy pedagogik faoliyatni professional tartibda yurita oladigan mutaxassis.
ijtimoiy pedagogika-shaxs ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o’rganishga, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadidagi samarali metodlar va ijtimoiy pedagogik faoliyat texnologiyalarini joriy qilishga qaratilgan pedagogika sohasi.
ijtimoiy pedagogik bashorat-bolani yuzaga kelgan muammo bilan bog’liq ravishda biror bir ijtimoiy pedagogik faoliyatga jalb qilish orqali bu muammoni xal qilishni bashorat qilish. ijtimoiy pedagogik bashorat ijtimoiy pedagogik jarayonning mantig’i va mohiyati, uning qonuniyatlarini bilishga tayanadi.
ijtimoiy pedagogik markaz- ijtimoiy psixologik markazlar, xududiy guruh va birlashmalar, tarbiya muassasalari tarmog’i.
ijtimoiy pedagogikaning professional maqomi-sub’ektning huquq, majburiyatri va vakolatlarini aniqlab beruvchi shaxslararo munosabatlar tizimidagi o’rni. Ijtimoiypedagog maqomi u egallab turgan holatning in’ikosi hisoblanadi: ma’muriy ijtimoiypedagog, jamoaviy ijtimoiypedagog, oilaviy ijtimoiypedagog, ta’lim muassasasining ijtimoiypedagogi. Biroq professional maqom obro’-e’tiborini aniqlab bermaydi. Ular professional-shaxsiy munosabatlar jarayonida shakllanadi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin