Мактабгача таълимни бошqаришниниг илмий асослари O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə32/36
tarix05.09.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#141531
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
UMK chala

Madaniyatlilik-bola tarbiyasi va ijtimoiylashuvi jarayoni shu jamiyat va millatning ma’naviy va moddiy madaniyati asosida qurilishi lozim.
Maqom-bemorni ko’rilayotgandagi holati tavsifi.
Men” konsepsiyasi-insonning o’zi haqidagi tasavvurlari tizimi.
Mikrosotsium-o’z tarkibiga oila, qo’shnichilik, tengdoshlar guruhlari, turli ijtimoiy, davlat, diniy, xususiy va tarbiyaviy tashkilotlari mavjud, muayyan hududda faoliyat yurituvchi jamiyat.
Nazoratsizlik-bolalarni, ularning xulq-atvorini, bo’sh vaqtlarini qanday o’tkazishlarini nazorat qilmaslik, ularning tarbiyasi haqida qayg’urmaslik.
Oila-insonlar kundalik hayotining asosiy qismi- jinsiy munosabatlar, bolani dunyoga keltirish, bolalarning ilk ijtimoiylashuvi kabi holatlar sodir bo’ladigan ijtimoiy institut.
Ontogenez-hayvon yoki o’simlik olamining yaralishidan boshlab hayotining oxirigacha indevidual rivojlanishi. Ontogenez organizmning tashqi muhitning aniq bir sharoitlarda rivojlanishi hisoblanadi. Ontogenezda har organizm birin-ketin rivojlanish bosqichlaridan o’tadi. Inson ontogenezi ikki bosqichdan iborat-prenatal va postnatal.
Pedagogik tashhiz-o’quvchi va o’quvchilar jamoasi shaxsiyatini ta’lim-tarbiya jarayoniga indeaidual va differensial yondoshuvni ta’minlash uchun o’rganish.
Pedagogik texnologiya-ta’lim-tarbiyaning pedagogik samaradorligini oshiruvchi omillar tahlili orqali optimallashuvi jarayonidir. Pedagogik texnologiya bolalarni natijaviy qilib tarbiyalash, ta’lim berish va rivojlantirishga yordam beradi. Pedagogik texnologiyalarning asosiy belgilari natijalilik, algoritm mavjudligi, iqtisod, loyihalashtirish, butunlik va boshqarish hisoblanadi. Bu pedagogik texnologiyalar ish samaradorligini oshirishi, har qanday sharoitlarda qo’llaniladi, bir-biri bilan bog’liq aniq ifodalangan bosqichlarga egaligidan dalolat beradi.
Pedagogik qarovsizlik-shaxs rivojlanishiga barcha omillar majmuasining dezintegratsiya ta’siri oqibati. Ular avvalambor to’laqonli individual-psixologik rivojlanishni ta’minlovchi yetakchi faoliyat turlarini qoniqarsiz o’zlashtirishda namoyon bo’ladi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin