Мактабгача таълимни бошqаришниниг илмий асослари O‘zbekiston respublikasi


XIX — XX asr ma’rifatparvar shoirlariniig ijtimoiy pedagogik qarashlari



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə21/36
tarix05.09.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#141531
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36
UMK chala

XIX — XX asr ma’rifatparvar shoirlariniig ijtimoiy pedagogik qarashlari.
Eng avvalo, ma’rifatparvarpedagoglarning ijtimoiy-pedagogik qarashlarining amaliyaqamiyati birinchi o‘ringa kengommani ma’rifatli kilish vata’lim masalalarini qo‘shibolib borganliklaridadir. Ularta’limning asosiy vazifasini axloqiy mukammallashuvda vamehnatga o‘rgatishda, deb bilganlar.Dehqon oilasidan chiqqan pedagog, ma’rifatparvar shoirSaidahmad Siddiqiyning (1864-1927) qarashlari o‘zining uzoqni ko‘ra olishi va yuksak zakovati bilan ajralib turgan. Olim Xalvon qishlog‘i hovlisida dehqon va xunarmandlar uchun ilk maktabni ochgan. 1914 yilda esa kitob, darslik va o‘quv qo‘llanmalari bilan savdo qiluvchi do‘kon ochgan. Keyinchalik Siddiqiy yana bir nechta qishloq maktablari tashkil etib, ularda o‘zbek, tojik, rus bolalariga ta’lim-tarbiya bergan.Tabiatshunoslik va geografiya darslari esa tabiat qo‘ynida o‘tkazilgan. Ma’rifatparvar va demokratik g‘oyalar XIX asrning oxiri —XX asr boshlarida yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi. O‘rta asr g‘oyalari:zoqidlik, dogmatizm, sxolastikaga qarshi chiqib, o‘zbek ma’rifatparvarlari yangi ta’lim maqsadlari, ideallari va tamoyillarini har tomonlama tarbiyalashga asoslangan (akushy,axloqiy, jismoniy, mehnat) dunyoviy, o‘g‘il bolalar va qizlaruchun bir xil, insoniylik, demokratiya, vatanparvarlik ruhidagi tarbiyani ilgari surdilar va asoslab berdilar. O‘zbekistondagi demokratik pedagogik g‘oyaning taraqqiyparvar yo‘nalishining yirik vakillaridan biri Abdulla Avloniydir (1878 — 1934). U Sharq tillari va adabiyotini yoshligida chuqur o‘rganib, mumtoz o‘zbek adabiyoti ta’sirida she’rlar yozgan. Uzoq vaqt mobaynida Toshkent maktablarining biri bolalarga ta’lim bergan. Avloniyning o‘zbek pedagogikasiga qushgan hissasi shuki, u "ilk marotaba tarbiya oldiga ijtimoiy vazifalarni qo‘ya olgan. Bu shoir va pedagogning katta jasorati uz asarlarida shaxs rivojlanishida tarbiyaning hal qiluvchi rolini e’tirof etilishi bo‘ldi. Uning fikricha, tarbiya ijtimoiy maqsadlarni ko‘zlashi kerak. Avloniy “yangi kishi” tushunchasini shaxsiy emas, balki ijtimoiy manfaatlardan kelib chiquvchi jamoat arbobi sifatida ta’riflaydi. Avloniyning fikricha, tarbiyaning muvaffaqiyati oila, ota-onalar va pedagoglarning shaxsiy namunaviy roli bilan belgilanadi. Avloniy eng muhim ijtimoiy xususiyat, deb mustaqillik, tashabbuskorlik va amaliy tajribani e’tirof etgan. O‘zbek ma’rifatparvarlarining vakili bo’lgan Avloniy “to‘g‘ri” g‘oyalarni kengaytirib va “noto‘g‘ri” g‘oyalarni bartaraf qilibgina yovuzlikni yo‘qotish mumkinligiga ishongan. Shuning uchun tarbiya mavzusi ma’rifat nashri bo‘lmish“Shuhrat” gazetasida keng yoritilgan. Mustamlakachilik sharoitlarida Turkistonda matbuotcheklangan o‘quvchilariga ega edi. Bu holatda dramaturgiya ma’rifiy g‘oyalarni tatbiq qilishning eng samarali vositasi bo‘lgan. Teatr Abdulla Avloniy uchun odamlarni tarbiyalash, birlashtirish vositasi bo‘lib xizmat qilgan. U 1913 yilda Toshkentda “Turon” nomli teatr truppasini tashkil etdi.Truppaning maqsad-vazifalari Toshkentdagi “Turon” dramatiksan’at jamiyatining “Nizomi”da “...sahnaga nisbatan muhabbat va jiddiy munosabat tug‘dirish, xalq uchun spektakllar tashkil qilish”, deb belgilangan edi. Bu maqsadga erishish uchun jamiyat kechalar, konsertlar,spektakllar va boshqa ommaviy chikdshlar, klub va musiqa kurslari, kutubxona va kdroatxona tashkil kilishga, boshlangich maktablar ochishga, ta’limni o‘rta va oliy o‘quv yurtlarida davom ettirish uchun stipendiyalar ta’sis etish huquqiga ega bo‘lgan. Shuningdek, u mavjud hayriya va ta’lim muassasalariga moddiy yordam ko‘rsatishi mumkin edi. Avloniy ma’rifiy g‘oyalarini nafaqat o‘z ijodida ilgarisurgan. U tomonidan 1908 yilda kambag‘allar uchun maktab ochilganva u erda ona tilini o‘qitishning yangi usullari qo‘llanilgan. Pedagogik faoliyat bilan sermaqsul shug‘ullanishni kanda qilmay, u darslik va qo‘llanmalar yoza boshlagan. Amaliy bilimlarni eng kerakli va foydali deb hisoblaganligi uchun Avloniy ta’lim-tarbiya tizimini kundalik hayotga yaqinlashtirishga harakat qilgan bo‘lib, bu olimning “Birinchi muallim’’, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq”darsliklarida uz aksini topgan. Avloniydan so‘ng ma’rifat va dunyoviy bilimlarning faoltarg‘ibotchisi Miskin edi. Miskinning ta’limiy va ma’rifiy qarashlari ijtimoiy-siyosiy mohiyatga ega bo‘lib, u o‘zbekilg‘or pedagogik g‘oyalarining rivojiga katta hissa qo‘shgan. Miskin ta’lim jarayonini yosh avlodni xalqqa xizmat qilishuchun tarbiyalash kerak, deb tushungan va o‘z qarashlarini rivojlantirgan. Miskin va boshqa o‘zbek ma’rifatparvarlarining intilishlari tarbiyaning ijtimoiy jihatinioshirishga, ijtimoiy tarbiyani kengaytirishga, insonning turli ijtimoiy munosabatlarga kirishi, boshqa davlatlar va xalkugar hayotini o‘rganishga qaratilgan edi.Biroq bu ijtimoiy xususiyatlar bilan birga o‘zbekma’rifatparvarlari XIX asr ikkinchi yarmida o‘z qarashlariningtizimli emasligi bilan, mustamlaka tuzumga qarshi kurashgatayyor bulgan mustahkam dasturlarining yo‘qligi bilan ajralibturardilar. Dunyoqdrashlarining cheklanganligi va turli qaramaqarshiliklarga uchraganligiga qaramay, ular O‘zbekistondaijtimoiy pedagogikaga oid ilg‘or g‘oyalarning rivojiga katta hissa qo‘shdilar. XX asr boshidagi o‘zbek pedagogik g‘oyasini uch asosiyyo‘nalishga ajratish mumkin:
— ko‘proq hukmronlik qiluvchi o‘rta asr feodal klerikal yo‘nalishi;
— paydo bo‘layotgan milliy burjua yo‘nalishi (jadidchilik).Uning vakillari bu davrda feodal klerikal maktabga qarshichiqib, o‘zlarining “usuli jadid” maktablarining pedagogiktalablarini ilgari surganlar;
— demokratik taraqqiyparvar yo‘nalish.Demokratikpedagogika o‘rta asr maktablarini vatarbiyasini tanqid qilgan,inkor etgan va unga qarshi yangi, ilg‘or g‘oyalarni ilgari surgan.
XX asr boshida O‘zbekistonda demokratik pedagogikaning engyirik vakili Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889 — 1929) edi.Hamza XX asr boshida o‘zbek xalqi madaniy hayoti va ma’rifiyharakatining eng yirik namoyandasi bo‘lgan. Uning nomi bilanO‘zbekiston tarixining butun bir davri bog‘liq. U o‘z asarlaridao‘zbek xalqi pedagogik g‘oyasi rivojining eng yaxshi yutukugarinijamlab hamda chet el ijtimoiy-ma’rifiy g‘oyalariga tayanib,ta’lim-tarbiyaning eng global muammolarini ko‘tara olgan. Qo‘qonda milliy maktabning yaratilishi, keyinroq esa Farg‘ona, Marg‘ilon va Toshkentda shunday maktablarning yaratilishi bu ajoyib pedagog va jamoat arbobining jasoratli qadami bo‘ldi. Bu maktablarda ta’lim-tarbiya ishlarining yo‘lga qo‘yilishi shaxsning har tomonlama rivojlanishi va ijtimoiy faollashuvi uchun sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan edi.Hamzaning pedagogik faoliyatining ijtimoiy tavsifi tarbiyaning barcha turlari (estetik, akushy, jismoniy, axloqiy,mehnat), muomala va atrofdagilar bilan o‘zaro munosabat malakalarini rivojlantirish jarayonida, tarbiyalanuvchilarning turli hayotiy, madaniy va aqliy darajalarini oshirishlari uchun imkoniyatlar yaratishga asoslanadi. 1911 yilda Hamza o‘zining yangi usul maktabini ochdi vaUnda o‘quv jarayonini tashkil etishni tubdan isloh qildi.Biroq uning pedagogik faoliyatidagi eng asosiy hodisa 1914yilda etimlar va kam ta’minlangan bolalar uchun “Dorulojizin” nomli maktabning ochilishi bo‘ldi. Unda bolalar bepulta’lim olganlar hamda kitob, daftar, qalam va boshqa o‘quvqurollari bilan ta’minlanganlar. Biroq Hamzaning maktablarni islohqilish va demokratiyalashtirish uchun qilgan harakatlari musulmon ruhoniylari va chor hukumatining keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Buning oqibatida “Dorul ojizin”yopildi va Hamza chor politsiyasi nazoratiga olindi. Hamza ta’limning mohiyatini ozodlikka erishishi uchunasosiy qurolamda faol ijodiy shaxsni tarbiyalashdagi vosita, deb hisobladi. Uning qarashlari ilg‘or uzbek pedagogik g‘oyasiningrivojlanishida katga qadam edi. Insonni reallikdan ajratuvchiva uni shukronalik ruhida tarbiyalovchi hukmron sxolastiktarbiyadan farush o‘laroq, Hamza Hakimzoda ta’lim moqiyatiga yangi qarashlarni kiritdi. Ta’lim jarayonini yosh avlodni xalqqaxizmat qilish ruhida tarbiyalash, deb tushundi. SHoir tarbiyaningasosiy vazifasi — yoshlarni jamoat faoliyatiga tayorlash, debbilgan. Hamza yoshlar o‘z Vatani va xalqi oldidagi ma’suliyatlarini tushunishi kerakligini ko‘p marta ta’kidladi.Hamza tarbiyaga eng kuchli ta’sir qiluvchi omillarga muhitva oilani kiritgan. Gudakning kelajagi, undagi hislarning, dunyo qarashning rivoji va boshqa ijtimoiy psixologik vazifalar uni o‘rab turgan atrof-muhit va turmush tarzi gabog‘liqdir. Oilaning bola tarbiyasidagi o‘rni bolani jamiyatdao‘zaro muloqotga kirishuvchan kdlib tarbiyalashdan iboratdir. Hamza tarbiyada onaning ahamiyatini alohida ta’kidlaydi,chunki u bolalar bilan psixologik, ruhiy va biologik jihatdaneng ko‘p bog‘langan shaxsdir. U bolalarni e’tiborsiz yoki notugri tarbiyalaydigan ota-onalarni qoralaydi. Hamza ta’lim-tarbiyada tub o‘zgarishlarni amalga oshirishuchun bir qator yangi darsliklarni uzbek tilida yaratdi: uzbekalifbosini urganish uchun “Engil adabiyot”, o‘qish uchun “O‘qdsh kitobi”, adabiyotdan “Kdroat kitobi”. Hamzaning kitoblarita’lim oluvchilar tomonidan katga qizikdsh bilan o‘qilgan vatez o‘elashtirilgan. Hamzaning barcha kitoblari o‘zbek bolasiningerkin o‘qishi uchun qulay hisoblangan.
1917-1940 yillardagi ijtimoiy-pedagogik faoliyatning asosiy yo’nalishlari. Hamza faoliyati ikki davr — inqilobgacha va inkdlobdan keyingi davrlar to‘qnashuvida davom etgan. 1917 yilgi oktyabr inqilobi natijasida bolsheviklarning yangi hokimiyati tomonidan xayriya faoliyatiga chek qo‘yilgan va uning moddiy (shaxsiy mulk) va ma’naviy (din) manbalari yo‘q qilingan. Ijtimoiy muammolarni echishni esa davlat o‘z zimmasiga olgan. Bu vaqtda barcha joylarda, jumladan, O‘zbekistondaijtimoiy tarbiya bo‘limlari tuzila boshlanadi. Voyaga etmaganlarni ijtimoiy huquqiy himoyasi bo‘yicha muassasalar tashkil etiladi. XX asrning 20-yillarda maktabga moddiy yordam beruvchi “komsod” (yordam qo‘mitasi) nomli tashkilotlar faoliyatyuritgan. Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarni moddiyta’minlovchi “kambag‘allik fondlari” ham mavjud bo‘lgan. Bufondlar kambag‘al oilalarni eng kam miqdordagi oziq-ovqatmaxsulotlari bilan ta’minlaganlar.V. F. Lubensov tomonidan boshqariladigan Karl Libxknetnomli mehnat maktabining tuzilishi respublika hayotia muhim voqea bo‘lgan. Maktabining faoliyati ijtimoiy pedagogik tamoyillarga asoslangan edi. Ushbu ta’lim muassasasi Toshkent shahri yaqinidagi 600 ta etim bolalar tarbiya topgan ilk maktablardan edi. Turkiston ASR hukumati 1918 yilda maktabga Nikolskoe qishlog‘i yonidagi yangi binoni beradi. 1919—1920yillar qishi juda og‘ir keladi. Bolalar isitilmagan xonalarda yashashar edi, na chiroq, na kerosin bor edi. Qiyinchiliklarga qaramay maktab pedagogik jamoasi ijod bilan mashg‘ul bo‘lishni davom ettirardi. Maktab bayramlarida yosh iqgidorli bolalarturli tamoshalarda ishtirok etishardi. O‘quvchilar aksariyat vaqtlarini toza qavoda, sport bilan shug‘ullanish yoki turli rasmlar chizish bilan o‘tkazishardi. O‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, maktab pedagoglari ta’lim tarbiyani qattiqqullik va kuchli intizom tamoyillari asosida olib borar edilar. Maktabning o‘quv va mexdat faoliyati yorqinijtimoiy yo‘nalishga ega bo‘lgan. Masalan, “Nihol” to‘garagieng kambag‘al aholiga 6000 dona nihol hadya etdi, 30 ta dehqongaqishloqxo‘jaligi ko‘rgazmasida ishtirok etishga ko‘maklashadi.“Tozalik” to‘garagi qishloqdagi ovqatlanish, suvdan foydalanish, maishiy va sanitar-gigienik sharoitlarni nazorat qilardi. O‘qituvchilar o‘zlari turli fanlardan o‘quv qo‘llanmalari tuzar edilar. Jismoniy mehnat, o‘quv va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar bilan o‘rin almashtirib o‘tkazilardi. Bahor, yoz va kuzda mashg‘ulotlar dala va bog‘larda o‘tkazilar edi.Ular bug‘doy, paxta, guruch, jo‘xori, sabzavotlar etishtirish bilan birga ipakchilik, asalarichilik bilan ham shug‘ullanishardi. Bunday turli xil mashg‘ulotlar o‘quvchilarda aftotexnik va zootexnik ko‘nikmalar shakllanishiga olib kelgan. Bolalar mustaqilligi va mas’uliyatligini rivojlantirishning yana bir metodi o‘z-o‘zini boshqarish tizimi bo‘lib, u jamoada muomala qilish ko‘nikmalarini shakllanishiga ko‘mak bergan. Maktab jamoasi barcha moddiy qiyinchiliklarni bartaraf etgan va 1921 yilda bu muassasa tajriba maktabiga aylantirilgan. Qisqa vaqg mobaynida iqidorli va qiziquvchan pedagoglar jamoasining tashabbusi bilan ushbu maktabga o‘qituvchi kadrlar malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi,shahar va qishloq maktablari uchun metodik qo‘llanmalar,dasturlar chiqaruvchi respublika ilmiy-metodika markazi maqomi berilgan.Maktab jamoasi ilk marta “Qishloq o‘qituvchisining kutubxonasi” nomli metodik darsliklar yaratgan. Shuningdek, 1925 yilda V. Lubensovning “Boshlang‘ich maktabda dars berish metodlari” (o‘zbek tilida) nomli kitobi, 1928 yilda V. F.Lubensov va N. P. Arxangel skiy taxriri ostida "Bilim” nomlio‘zbek maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ilkxrestomatiya chop etilgan. Bu maktab tajribasi nihoyatda qiziqarli bo‘lib, ba’zijihatlarini zamonaviy ijtimoiy vaziyatda qo’llash maqsadida o‘rganishni talab qiladi.
1920 - 1930 yillarda ijtimoiy pedagogik tarbiyaning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar bulgan:
— savodsizlikni bartaraf etish (ayniqsa, ayollarda);
— mehnat tarbiyasi va ta’limni yo‘lga qo‘yish;
— maktab-internatlarni yaratish;
— ta’limni ishlab chiqarish bilan birlashtirish.
XX asrning 30-yillarida bolalarning maktabdan tashqarifaoliyati rivojlana boshlagan. Bunda bolalarning texnik vaqishloqxo‘jalik stansiyalari, klublari,kutubxona va teatrlarifaoliyat yuritgan. Maktab to‘garaklari yoshlarning ijodini rivojlantirish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini marokusho‘gkazishlari uchun vosita sifatida tashkil qilinar edi. Aynanshu davrda pedagogik faoliyatini boshlagan uzbek shoiri G‘.G‘ulomni (1903 — 1966) tilga olmay iloj yo‘q.1918 yilda G‘. G‘ulom ilk uzbek maktab-internatlariningochshshshida faol ishtirok etgan va 1943 yilgacha bu maktablarda dars bergan. Uning faoliyati bir qator ijtimoiy pedagogikvazifalardan savodsizlikka qarshi kurash, kattalar uchunkechki kurslarni tashkil qilish, ta’lim berishning ilg‘or usullaridan foydalanish, o‘quvchilarning mustaqil badiiyfaoliyatiga raqbarlik qilish, o‘quvchilarda kasbga va mehnatgaqiziqish uyg‘otishdan iborat edi. G‘.G‘ulom oilaviy tarbiyagakatta e’tibor bergan va bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiyrivojlanishi ko‘p jihatdan ota-onaning shaxsiy namunasigabog‘liq ekanligini dalillar bilan asoslab bera olgan.
Urush yillari (1941 — 1945)da aholiga ijtimoiy pedagogik yordam ko‘rsatish chora-tadbirlari. 1941 — 1945 yillar urushoqibatida yuzaga kelgan ijtimoiy muammolar bolalarningahvolini og‘irlashtirdi. Davlat va jamoatchilikning urushning “begunoh” qurbonlari — bolalarga munosabati o‘zgardi. Davlat bu muammolarni ko‘chirib keltirilgan bolalar uchun maktabinternatlar yaratish va bolalar uylari sonini ko‘paytirishorqali hal qilishga harakat qildi. Bu harakat, ayniqsa, harbiy urush o‘choqlaridan ko‘plab bolalar muassasalari ko‘chiribkeltirilgan O‘zbekistonda yaqqol namoyon bo‘ldi. Ko‘chirib keltirilgan bolalar va kattalarni qabul qilish respublika hayotining urush yillaridagi asosiy faoliyatiga aylandi. 1941 yilda Toshkentda Zuev va Pastki qrim bolalar uyining tarbiyalanuvchilari joylashtirildi. Poptumanidagi eng zo’r maktab bolalar uyiga aylantirildi. Biroq kerakli jihozlar: krovat, ko‘rpa-to‘shak, yostiq, kiyim-kechak yo‘q edi. Bularning barchasini mahalliy aholi olib kelib berganedi. Shuningdek, Toshkentda 1-,2-,3-,15-,18-sonli bolalar uylari, 14- va 15-sonli maktab-bolalar uylari, Belorussiya bolalar uyi, Go‘daklar uyi ham faoliyat yuritardi. Arxivlarda Toshkentdagi Go‘daklar uyining 1941 — 1942 yillardagi qaydnoma kitoblari saqlanib qolgan. Unda kengash nomiga tushgan “bolalikka olish” haqidagi arizalar uchraydi. Go‘daklar uyida bunday arizalar 1941 yil yanvar-sentyabr oylarida 11ta, noyabr oyida 32 ta, dekabrda 79 ta, 1942 yilyanvar oyida esa 86 taga etgan. O‘sha yillarda Toshkent shahrida voyaga etmaganlarni qabul qilish va ularni bolalar uyiga joylashtirish markazi tashkil qilingan edi.1942 yilda bunday markazlar Toshkent, Farg‘ona, Urganch, Namangan. Andijon, To‘rtko‘l shaharlarida ham tuziladi. Toshkent viloyatining Kalinin tumanidagi 2-sonli bolalaruyi Odessa va Lugansk shahrining ikkita bolalar uyitarbiyalanuvchilarini qabul qildi. Moskva, Odessa va Voronejdan ko‘chirib keltirilgan 4 ta harbiy-musiqa maktabiham bolalar uyiga joylashtirilgan edi. 1942 yil Yangi yo‘l tumanida yangi bolalar uyi tashkil qilindi. Shuningdek, Rishton, Vobkent, Qarshi tumanlarida ham bolalar uylari faoliyat yuritardi.
O‘zbekistonga, jumladan, Samarqandga Evropa davlatlaridan 21-sonli Polsha bolalar uyi va ispan yoshlari ko‘chirib keltirildi.“Front kundaligi” asari muallifi, mashqur ruminpublitsista va yozuvchisi Xarlamb Zinke ham urush yillarida O‘zbekistonga 18 yoshida evakuatsiya qilingan edi. U Samarqandsakolxozchi Abdurasul Jo‘raev oilasida yashagan. 1944 yil noyabr oyidan Toshkentda ko‘chirish markazi faoliyat yuritgan va unda bolalar uyi rahbarlarining eng yaxshilari navbatchilik qilishgan. Bolalarni ko‘chirish jarayoniham havfsiz emas edi, chunki bolalar haftalab yo‘lda bo‘lishar,ular orasida dizenteriya va teri kasalliklari keng tarqalaredi. Shuning uchun bolalar ikki hafta mobaynida vrachlar nazorati ostida bo‘lishar va faqat shundan keyingina turli bolalar uylariga jo‘natilar edilar. Bu yillarda ko‘chirib keltirilgan bolalarni tarbiyaga olish keng tarqaldi. Masalan, birinchilardan bo‘lib leningradlik qizaloq—Faina Usmon Yusupov va uning xotini Yya Stepanenko tomonidan tarbiyaga olingan. Barchaga toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov va uning xotini Bahri ayaning jasorati ma’lum. Ular turli millatdagi bolani o‘z oilalariga qabul qilishgan. Toshkentdagi 110-sonli maktabga ko‘chirib keltirilgan turtta bolani qabul qilishdi va ularga alohida xona ajratishdi. Evakuatsiya qilingan bolalarni o‘qitish bo‘yicha ham choralar ko‘rila boshlangan.1944 -1945 yillarda kur va kar bolalar uchun maxsus sinflar tashkil qilindi. 1942 yil avgustda “Pravda” gazetasidaA. Tolstoyning O‘zbekistondagi taassurotlari haqidagi maqolasi (“Samootverjennost”) e’lon qilinadi. Urush davrida bolalar uylari tarmog‘i va ulardagi tarbiyalanuvchilar soni muttasil oshib borgan.1945 yil oxiriga kelib respublikada 267 ta bolalar uyi mavjud bulib, ularda30792 nafar bola tarbiyalangan. Urush davrida davlat va jamoat tuzilmalarining asosiy harakatlari bolalarning maktabda o‘qishlarini ta’minlashga qaratilgan edi. Xalq ta’limi xodimlari nafaqat o‘quv jarayonini boshqarganlar, balki frontdagilar, ularning oilalari hamda ko‘chirib keltirilgan bolalarga kerakli yordamlarni ham berganlar. 1942 yildan boshlab shahar va qishloq maktablari frontchilarning oilalari va farzandlariga yordam ko‘rsatish maqsadida ularga issiq ovqat, darsliklar, dafgarlar, kiyim-kechak etkazib berishgan. Maktablarning o‘quvchilarik asal bo‘lgan sinfdoshlariga va ularning oila a’zolari —onalari va buvilariga uy ro‘zg‘or ishlarida yordam berishgan, oziq-ovqat va yoqilg‘i olib kelishgan, yosh go‘daklarga qarabturish gan. Toshkentning 50-sonli maktabining tashabbusi 1943 yildan boshlab maktabda 150 kishilik bolalar dam olish maskani maktabdan tashqari muassasalar, shuningdek, to‘garak, ma’ruza, tematik kechalar keng tarqalgan. Badiiy ijod uylari va saroylarida badiiy, mehnat, vatanparvarlik, estetik vajismoniy tarbiya amalga oshirilgan. Maktabdan tashqari bolalar muassasalariga jiddiy qiyinchiliklarni engishga to‘g‘ri keldi. Chunki ularning aksariyati o‘z binolarini ko‘chirib keltirilgan tashkilot va korxonalarga yotoqxona qilib bergan bo‘lib, qolganlari esa yopilgan edi. (Agar urushgacha maktabdan tashqari muassasalarda ko‘proq bolalarning badiiy tarbiyasiga bog‘liq to‘garaklar ochilgan bo‘lsa,urush yillarida esa avia modelchilar, yosh tabiatshunoslar, texniklar, fiziklar va ximiklar to‘garaklari soni ko‘paydi. Bunday to‘garaklarda ishlash bolalarning va o‘smirlarning texnik qobiliyatlarini oshirdi va ularda turli mehnat sohalari bo‘yicha ko‘nikmalar paydo qildi. O‘zbekiston bolalarini badiiy tarbiyalash markaziy uyi 1942 yilda bolalar rasmlari ko’rgazmasini tashkil qilishda tashabbus ko‘rsatdi. Rasmlarda urush dahshatlari bilan to‘qnash kelgan bolalarning taassurotlari joy olgan edi. Ko‘rgazmada ishtiroketgan 400 ta eng yaxshi raem katta muvaffaqiyat bilan Moskvada, keyinchalik esa Amerika rassomlarining iltimosiga kura, Nyu Yorkda (1943 y.) ham namoyish qilingan. Urush yakunlanganidan so‘ng ko‘pgina ko‘chirib keltirilgan bolalar va oilalar o‘z yurtlariga qaytishgan. Bu davrda bolalaruylari tarbiyalanuvchilari sonining kamayishi kuzatilgan,ammo ko‘pchilik bolalar va oilalar o‘z xohishlari bilan O‘zbekistonda qolganlar.1956 yilda O‘zbekiston hukumati jamoatchilikning kengyordami bilan oltita internat-maktabni ochdi: ikkitasi Toshkentda, qolganlari Y Angiyo‘l, Farg‘ona, Qo‘qon va Xivada edi. 1962 yilda maktab-internatlar soni 119 taga,tarbiyalanuvchilar soni esa 38000 taga etdi. Maktab-internatlaryangi turdagi o‘quv-tarbiya muassasalari bo‘lib, ularda bolalarning o‘qishi va rivojlanishi uchun juda yaxshi sharoitlaryaratilgan edi. Bunday muassasalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari axloqiy, estetik va jismoniy tarbiya, mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish, hayot va amaliy faoliyat bilanaloqa o‘rnatishdan iborat bo‘lgan. Keyinroq respublikada yangi maxsus maktab-internatlar: Glier nomidagi musiqa maktabi, san’at maktabi va sport maktabi ochildi. Bundan tashqari, aqliyva jismoniy nogiron bolalar uchun ham maktab-internatlar tashkil qilindi. XX asrning 60-yillarida boshqa turdagi tarbiya muassasalari bo‘lmish kuni uzaytirilgan maktab, yasli vabolalar bog‘chalarining rivojlanishi kuzatildi. Biroq bu muassasalarning faoliyat yuritishiga qaramay, davlatning buhakda “gapirmaslik” siyosati tufayli ularning ilg‘or tajribasi matbuot va pedagogik nashrlarda yoritilmagan. Oqibatda respublikaning ijtimoiy pedagogika fani bugungi kunda nihoyatda qashshoq nazariy va amaliy bazaga suyanishga majburdir. XX asrning 70-yillari oxirida yoshlarning, ayniqsa o‘smirlarning axloqida keskinliklar kuzatila boshlandi. XXasrning 80-yillarida alkogolizm, narkomaniya va taksokomaniyaga qarshi kurash va profilaktika muammolari haqida masala ko‘ndalang qo‘yildi. Bunday muammolarning paydo bo‘lishi va tarqalishi maktabning oila bilan munosabatida bir qator muammolarni keltirib chiqardi. O‘quvchilarning ijtimoiy va kasbiy ko‘nikmalarini hosilqilish shakllaridan biri o‘quv-ishlab chiqarish korxonalarining tashkil qilinishi bo‘lib, unda mutaxasislarga bo‘lgan ehgiyojni xisobga olingan holda bolalar turli kasblarga o‘qitilganlar. Misol tariqasida Toshkentdagi 210-TTZ ishlab chiqarish korxonasini keltirish mumkin. Davlat idoralarining va maktablarning bolalarni ijtimoiy-pedagogik faoliyati bilan bir vaqtda maktabgacha ijtimoiy tarbiya muassasalari ham shakllangan va rivojlangan.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin