Mehnat ijtimoiy taraqqiyotning manbayi,barcha moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirishning asosiy shart-sharoitlaridir,ushbu bilan birga inson xayotiy faolyatining asosiy shakllaridir, kishi xayotining mazmuni va xar bir jamiyat azosining vazifasi, shaxs taraqqiyotining asosidir. Mehnat qadimdan jamiyatning axloqiy prinsipi xisoblanib kelingan.Mehnat–faqat shaxsiy moddiy faravonlik manbaigina emas, balki xalqqa xizmat qilish, vatanimiz gullab yashnashi va uning qudratini oshirishning asosi xamdir. Madaniyatli kishi mehnatsevar bo`lib yetishadi. Mehnatni sevmaydigan va qadrlamaydigan odamdan madaniyatli kishi chiqmaydi. Insonning ongliligi, tarbiyalalanganligi avvalo mehnatga bo`lgan munosabatida ko`rinadi. Mehnat insonni ulug`laydi go`zallikga chorlaydi.Mehnatsiz turmush mazmunsiz o`tadi.
Mehnat qilmaydigan inson hayoti zerikarlidir.U ma’naviy qashshoq, jismoniy zaif bo`ladi. Uzoq umur ko`rish siri ham mehnatdadir. Mehnat qilmasang, xatto buyuk istedod xam so`nadi, mehnat har qanday qobilyatni rivojlantiradi.Terlab-pishib qilingan mehnat erta hosil beradi, mehnatdan qobilyat, qobilyatdan iste’dod, undan esa daxolik paydo bo`ladi. Xammasining zamirida sidqi dildan qilingan mehnat yotadi.Mehnat baxt timsoli ekanligi xammaga ayon.Inson yaralgandan buyon mehnat faolyati bilan shug`ullanib kelgan.Mehnat har qanday moddiy va manaviy boyliklarning asosiy manbai. Inson hayotida mehnatning ahamiyati hamma vaqt barcha xalqlarning eng asl farzandlari–mutafakkirlari, olimu-fozillarning diqqat markazida bo`lgan. Mehnat jarayonida insoniy xislatlarning faol namayon bo`lishi uchun eng qulay sharoitlar yaratadi va har bir kishida ma’naviy qoniqish hosil qiladi.