Bola bilan muomala qilish orqali kattalar ularni sekin-asta buyumlar olamiga olib kiradilar.
Mana shu yo‘l bilan bola buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyatning o‘ziga xos tomonlarini egallab boradi. Bu vaqtda munosabatning o‘zi narsa va buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyatga aylanib qoladi.
Bolaning narsa va buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyatini tashkil etish bolaga dastlabki yoshidan boshlab oilada va maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiya va ta’lim berishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bunday faoliyatlarda bolalar tarbiyachi rahbarligida narsa va buyumlarning xususiyatlari to‘g‘risidagi dastlabki bilimlarni, ular bilan bo‘ladigan harakatlar, tahlil, sintez, umumlashtirish, abstraksiyalash kabi eng oddiy jarayonlarni egallab oladilar