Sharq xalqida bir maqol bor: “Bolaga ish buyur, ketidan o‘zing yugur”. Bu juda to‘g‘ri, hayotiy gap. Bolalarga biron yumush buyurilganda, uni qanday bajarayotganliklaridan ko‘z-quloq bo‘lib turish ker
Sharq xalqida bir maqol bor: “Bolaga ish buyur, ketidan o‘zing yugur”. Bu juda to‘g‘ri, hayotiy gap. Bolalarga biron yumush buyurilganda, uni qanday bajarayotganliklaridan ko‘z-quloq bo‘lib turish kerak, degan ma’noni bildiradi.

Bolalarda xususan, kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida hali mehnat malakalari yo‘q, qo‘l muskullari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Ana shuning uchun bolalar qasddan yoki anqovliklaridan - emas balki eplay olmasliklaridan biron narsani tushirib sindirib yuborishlari mumkin. Ana shunday "falokat" yuz bergan paytda bolani "anqov, ko‘zingga qapacang bo‘lmaydimi" deb urishish yoki koyish yaramaydi. Buning o‘rniga bolaga shu mehnatni qanday qilib bajarishni ko‘rsatib berish lozim. Bog‘cha yoshidagi bolalarni mehnatsevarlik ruxida tarbiyalashda ularni inoq jamoaga uyushtirish katta ahamiyatga egadir. Jamoa bo‘lib mehnat qilishda tarbiyachi hap bir bolaga ma’lum bir mehnatni bajarishni buyuradi. Ana shu tariqa bolalar jips jamoa bo‘lib mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadilar.
Masalan, katta guruh bolalari jamoa bo‘lib navbatchilik qiladilar. Bunda bir bola stolga dasturxon yozib chiqsa, ikkinchisi qoshiq va vilkalarni qo‘yib chiqadi, uchinchi bola esa stulchalarni qo‘yib chiqsa, to‘rtinchi bola stolga nonlarni qo‘yib chiqishi mumkin. Bog‘chada navbatchilikka o‘rgangan bolalar oilada ham yordamlashadigan bo‘ladilar.

Umuman, o‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalariga oilada kuchlari yetadigan mehnat topshiriqlarini berish kerak. Bu ularni mehnatsevarlikka tarbiyalashda va ularda ayrim mehnat malakalari hosil bo‘lishi uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi. Ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etmagan bolani keyinchalik mehnatga jalb qilish juda qiyin bo‘ladi. Bog‘chada bolalar jalb qilinadigan mehnat faoliyatining turi juda xilma-xildir. Masalan, tabiat burchagidagi jonivor yoki o‘simliklarni parvarish qilish, bog‘cha hovlisida ishlash, oshxonada va guruhda navbatchilik qilish, kichkintoylarni kiyintirishga yordam berish va boshqalar.