MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA O'YIN VOSITASI YORDAMIDA TASHABBUSKORLIKKA MUSTAQILLIKKA O'RGATISH
O‘yin fakat tashki muxitdagi narsa va xodisalarni bilish vositasi bulibgina kolmay balki, kudratli tarbiya vositasi xamdir. Ijodiy va syujetli o‘yinlarda maktabgacha yoshdagi bolalarni barcha psixologik xususiyatlari shakllanadi. Mana shu nuktai nazardan o‘yin bogchadagi ta’lim-tarbiya ishlarini yulga kuyishda markaziy urinda turadi. O‘yin jarayonida maktabgacha yoshdagi bolaning barcha psixik jarayonlari tarkib topishida imkon buladi. CHunki o‘yin faoliyati bolalarni dikkat va xotirasi, nutki, xayoli, xissiyoti, mexnatga oid malakalari va kobiliyatlarinamoyon buladi. Rolli o‘yin – maktabgacha yoshdagi bolalarning etakchi faoliyatidir. Rolli o‘yin mazkur yosh davridagi bolalarning eng muxim faoliyati bulib, ular bunday o‘yinda guyo katta yoshdagi odamlarning barcha vazifalari va ishlarini amalda bevosita bajaradilar. SHu boisdan o‘yin faoliyati uchun maxsus yaratiladigan sharoitlarda ijtimoiy muxit voealari, oilaviy turmush xodisalari, shaxslar aro munosabatlarini umumlashtirgan xolda aks ettirishga xarakat kiladilar. Bolalar kattalarning turmush tarzi, xis-tyygusi, uzaro muomala va mulokatlarining xususiyatlarini, uziga va uzgalarga, atrof-muxitga munosabatlarini yakkol voelik tarzida ijro etish uchun turli o‘yinchoklardan, shuningdek, ularning vazifasini utovchi narsalardan ham foydalanadilar. Ammo shuni ham alohida ta’kidlash joizki, ijtimoiy va maishiy voqelikning barcha jabxalarini kamrab oladigan rolli o‘yin ularda birdaniga zmas, balki turmush tajribasining ortishi, tasavvur obrazlarining kengayishi natijasida vujudga keladi, moxiyati va mazmuni jixatidan oddiydan murakkabga karab takomillashib boradi. Rolli o‘yin faoliyatini vujudga keltiruvchi eng zarur omillardan biri - bolada uz xatti-xarakatlarini kattalar xatti-xarakati bilan solishtirish, undan nusxa olish, aynan unga uxshatish tuygusining mavjudligidir. Xuddi shu sababli kattalar va ularning xatti-xarakatlari bolaning xam tashki, xam ichki ibrat namunasi buladi va kattalarning xulk-atvori, yurish-turishining xam ob’ekti, xam sub’ekti xisoblanadi. Bolaning ongida uni qurshab turgan voqelik to‘grisidaggi xilma-xil o‘yin faoliyatini takomillashtiradigan sharoitlarni tadqiq qilgan N.M.Aksarinaning ta’kidlashicha, o‘yin o‘z-uzidan vujudga kelmaydi, buning uchun kamida uchta sharoit bo‘lishi lozim: a) taassurotlar tarkib topishi; b) har xil ko‘rinishdagi o‘yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining muhayyoligi; v) bolalarning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kirshiuvi. Bunda kattalarning bolaga bevosita ta’sir ko‘rsatish uslubi hal kiluvchi rolь o‘ynaydi. D.B.Elkonin o‘z tadqiqotida rolli o‘yinning syujeti bilan bir qatorda, uning mazmuni ham mavjud ekanini yozadi, Uning fikrichsa, o‘yinda bola kattalar faoliyatining asosiy jixatani aniqroq aks ettirishi o‘yinning mazmunini tashkil qiladi. Eng sodda psixik jarayondan eng murakkab psixik jarayongacha hammasining eng muhim jihatlarini shakllantirishda o‘yinlar katga rolь o‘ynaydi. Bogcha yosh davrida harakatning usishida o‘yinning ta’siri haqida gap borganda avvalo shuni aytish kerakki, birinchidan, o‘yinni tashkil qilishning o‘zidayoq mazkur yoshdagi bolaning harakatini ustirish va takomillashtirish uchun eng qulay shart-sharoit yaratadi. Ikkinchidan, o‘yinning bola harakatiga ta’sir etishini sababi va xususiyati shuki, harakatning murakkab kunikmalarini sub’ekt aynan o‘yin paytida emas, balki bevosita mashg‘ulot orqali o‘zlashtiradi. Uchinchidan, o‘yinning keyinchalik takomillashuvi barcha jarayonlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. SHu boisdan o‘yin faoliyati xatti-harakatni amalga oshirish vositasidan bolaning faolligani ta’minlovchi mustaqil maqsadga aylanadi. Bolalar laboratoriya sharoitiga nisbatan o‘yinlarda ko‘proq so‘zlarni eslab qolish va esga tushirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa ixtiyoriy xotira xususiyatini chuqurroq, ochishga yordam beradi, Tajribada yigilgan ma’lumotlarni taxlil qilish quyidagicha xulosa chiqarish imkonini beradi a) o‘yinda bola tomonidan ma’lum rol tanlash va uni ijro etish jarayoni bir talay axborotlarni eslab qolishni talab qiladi; b)shu boisdan personajning nutq boyligini egallash, xatti-harakatini takrorlashdan iborat ongli maqsad bolada oldinroq paydo bo‘ladi va oson amalga oshadi. O‘yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, balki bolaning xulq-atvoriga ham ijobiy ta’sir qo‘rsatadi. Bogcha yoshidagi bolalarda uz xulqini boshqarish ko‘nikmalarini tarkib toptirishga bog‘liq psixologik muammoni o‘rgangan Z.V.Manuylekoning fikricha, biror maqsadga yo‘naltirilgan mashg‘ulotga nisbatan o‘yinda xulq ko‘knikmalarini oldinroq va osonroq egallash mumkin, Ayniqsa, bu omil bogcha yoshi davrining xususiyati sifatida o‘zining yorqin ifodasini topadi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘z xo‘lqini uzi boshqarish ko‘nikmasi o‘yin faoliyatida ham, boshqa sharoitlarda ham qariyb baravarlashadi. Ba’zida ular ayrim vaziyatlarda, masalan, musobaqa paytida o‘yindagiga qaraganda yuqoriroq ko‘rsatkichga ham erishishlari mumkin. YUqoridagi mulohazalar asosida umuman aytganda, o‘yin va o‘yin faoliyati bolada o‘z xulqini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bolaning aqliy o‘sishi haqida fikr yuritilganda, shuni ham aytib o‘tish kerakki, narsalarni yangi nom bilan atashda yoki yangacha nomlash holatidan kelib chiqib, sub’ekt o‘yin paytida faol harakat qilishga urinadi. CHunki u moddiy narsalarga asoslangan harakat rejasidan tasavvur qilinayotgan, fikr yuritilayotgan jismlar mohiyatini aks ettiruvchi harakat rejasiga o‘tadi. Bola jismlarning moddiy shaklidan birdaniga hayoliy ko‘rinishiga utishida unga tayanch nuqtasi bulinji kerak, vaholanki shunday tayanch nuqtasi vazifasini o‘tovchi narsalarning aksariyatidan o‘yinda bevosita, ob’ekt sifatida foydalaniladi. O‘yin faollyatida mazkur jismlar qandaydir alomatlarni aks ettiruvchi sifatida emas, balki ana shu tayanch narsalar to‘grisida fikrlash uchun xizmat qiladi, shuningdek, tayanch nuqtasi harakatning yaqqol narsa bilan bogliq jihatini aks ettiradi. YUqorida aytilganidek, narsa bilan o‘yin harakatlarining takomiillashuvi harakat shakli xususiyati, bosqichi kabilarni qisqartirmsh va umumlashtirish hisobiga amalga oshiriladi. O‘yin harakatlarining qisqarishi va umumlashuvi ularning aqliy ko‘rinishidagi mantaqan izchil, yig‘iq shaklga o‘tishning asosini tashkil qiladi.
Yuqorida keltirilgan qaror va farmonlarni joriy qilinishdan maqsad, kelajak avlodni yetuk shaxs bo'lib yetishishi uchun unung sog'lom bo'lishiga zamin yaratishdir. Sog'lom avlod - sog'lom yurt demakdir, sog'lom avlodni tarbiyalash vazifasi esa birinchi navbatda maktabgacha tarbiya muassasalari zimmasidadir.
Maktabgacha tarbiyani insonparvarlashtirish uni yangilash jarayonining asosi hisoblanadi. Olimlar, amaliyotchi mutaxassislarning tobora ko'proq qismi maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash tizimi shaxsga majmuali, insoniy ta'sir o'tkazishi, har bir bolaning muntazam va imkon qadar to'la jismoniy rivojlanish huquqi amalga oshirilishini ta'minlashi kerak, degan xulosaga kelmoqdalar. Bolalarni o'rab turgan muhit o'zgarib bormoqda. Oddiy, sodda o'yinlar o'rniga kompyuter o'yinlari kirib keldi. Bolani aqliy, estetik rivojlantirish ustuvorlik kasb etmoqda. Ularni ahamiyatini inkor etmagan holda aytish kerakki, harakatli o'yinlar, sayrlar, tengdoshlari bilan muloqot qilishga bolaning vaqti tobora kamayib ketyapti. O'yin bilan bola faoliyatining boshqa turlari, o'yinlarning har xil turlari orasidagi muvozanatning buzilishi (harakatli va o'tirib o'ynaydigan, alohida va birgalikdagi) maktabgacha yoshdagi bolalar salomatligida ham, harakat qobiliyatlarining rivojlanish darajasida ham o'z salbiy aksini topadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlantirish muammolarini hal etishning yangi yo'llarini izlash, birinchidan, ko'rsatilgan ziddiyatlarni hal etish zarurati bilan, ikkinchidan, o'sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy tayyorgarligi rivoji jarayonini takomillashtirish qonuniyatlarini, metodologik va usuliy sharoitlarini o'rganish zarurati bilan bog'liq.
Ilk go'daklikning jiddiy xususiyati bolaning salomatligi, jismoniy rivojlanish holatining o'zaro aloqasi va bir-biriga bog'liqligidir.
Shunga ko'ra, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismonan sog'lomlashtirish, bolaning harakat sohasini rivojlantirish, chaqqon, kuchli, jasur bo'lishdek hayotiy
ehtiyojlar asosida harakatga bo'lgan qiziqishini kuchaytirishning samarali vositalarini izlab topish va asoslab berish dolzarb masala hisoblanadi. Mazkur muammoning yechimi, bizningcha, yaxlit tarbiya jarayonini, bolaning har tomonlama mutanosib, jumladan, jismoniy va shaxsiy rivojini ta'minlovchi ijtimoiy-pedagogik sharoitlar birligini yaratishdadir desak mubalag'a bo'lmaydi. Bunda bolalarning harakat faoliyatini tashkil etishning o'yin shakllari eng qimmatli sanaladi. Biroq harakatli o'yinlar asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy sifatlari va psixik jarayonlarini maqsadli rivojlantirish masalasi xususida ayrim ishlarda to'xtalib o'tilgan bo'lsa ham, batafsil so'z yuritilmagan. Shuning uchun bu mavzu yuzasidan ish olib borishdan maqsad jismoniy tarbiya vositasi sifatida harakatli o'yinlardan foydalanish asosida maktabgacha tarbiya muassasalari sharoitida bolalarning harakat faoliyatini rivojlantirish texnologiyasining nazariy asoslari va usuliy yo'llarini aniqlashdan iboratdir. Maqsadga erishish jarayonida maktabgacha tarbiya muassasalari sharoitida bolalarning harakat faoliyatini rivojlantirish uchun olib borilayotgan jismoniy tarbiya va ommaviy sog'lomlashtirish tadbirlari tashkillashtirib tadqiqot olib borish yuqorida keltirilgan muommoni yechishiga zamin yaratadi.
Maktabgacha tarbiya muassasalari sharoitida bolalarning harakat faoliyatini rivojlantirish texnologiyasini yaratishning nazariy asoslari mazmuni, shakli, vositalari hamda usuliyatini yangilash ishning predmeti hisobida amalga oshiriladi. Shu predmetni qo'lash jarayonida quyidagi farazni ilgari surish maqsadga muvofiqdir, jumladan maktabgacha tarbiya muassasalari sharoitida bolalar harakat faoliyatini rivojlantirish jarayonini nazariy asoslash haqidagi taxminlarga asoslanadi. Shuningdek, bolalar jismoniy tarbiyasidagi bu yo'nalishni amalga oshirish an'anaviy vositalar, xususan, harakatli o'yinlardan ham bolalar harakat faoliyatini rivojlantirish maqsadida foydalanish ta'sirini jiddiy yaxshilashga yordam berishi mumkin.
Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishning yosh xususiyatlari belgilab berildi, ularni maktabgacha ta'lim muassasasi sharoitida rivojlantirish nazariy hamda tajriba yo'li bilan asoslab beriladi, buning uchun quyidagilar aniqlandi:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasida harakatli o'yinlarni qo'llash asosida jismoniy sifatlar jarayonlarni rivojlantirishning yosh xususiyatlari;
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy jismoniy sifatlari orasidagi o'zaro bog'liqligiga doir qonuniyatlar;
3. Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy sifatlari va rivojiga ta'sir o'tkazish tamoyili bo'yicha vosita hamda uslublari.
Ishni amaliy va nazariy ahamiyati shundan iboratki, tadqiqotlar jarayonida qo'lga kiritilgan ilmiy ma'lumotlar maktabgacha tarbiya muassasalari sharoitida o'quv jarayonini takomillashtirish muammolariga ta'lluqli jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining qonuniyatlarini oydinlashtiradi. Maktabgacha tarbiya muassasalari sharoitida bolalarning harakat faoliyatini rivojlantirish texnologiyasi ishlab chiqiladi va nazariy jihatdan asoslandi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash xususiyatlari asosan bolaga tug'ilganidayoq, uning qoniga alohida rivojlanishning irsiy dasturlari tomonidan joylashtirilgan jismoniy imkoniyatlarning tegishli yig'indisi ato etilgan bo'ladi. Organlar, organizm tuzilmalarining biologik yetilishi davomida shaxsiy imkoniyatlar rivojlanib, insonning har-xil jismoniy xususiyatlarini belgilaydi. E.A Pimonova, L.V Karmanova va boshqalar bergan ma'lumotlarga ko'ra, so'nggi 20 yil mobaynida bolalarning jismoniy rivojlanishida qayd etilgan umumiy ijobiy yo'nalishlari (gavdaning barcha o'lchamlari kattalashuvi) ularning harakat tayyorgarligida sezilarsiz o'sish kuzatiladi, bir qator ko'rsatkichlar esa (tezkorlik, tezlik-kuch imkoniyatlari) ancha pasayadi. Shunga qaramay, mutaxassislar jismoniy sifatlarni tarbiyalash aynan maktabgacha davrda boshlanishi kerak, deb hisoblaydilar.
Bolalar va o'smirlar harakat faolligi sifat jihatlarini rivojlantirishning fiziologik omillari mushaklar hamda vegetativ organlar faoliyatining boshqarilishini takomillashtirishda namoyon bo'ladi. Qisqa muddatli, tezkorlik va kuch harakatlarida asab-mushak tizimi faoliyati boshqaruvini yaxshilashga ko'proq ahamiyat beriladi. Birmuncha uzoq muddatli faoliyatda harakat funktsiyalarini takomillashtirish bilan birga vegetativ funktsiyalarni muvofiqlashtirish ham jiddiy ahamiyat kasb etadi. Biroq bolalar va o'smirlar organizmining kuch, tezlik va chidamlilik ko'rsatkichlari yaxshilanishini belgilaydigan funktsiyalarining fiziologik boshqarilishini yaxshilashda eng muhim o'rinni asab tizimi, ayniqsa, mushak zo'riqishlarida organizmning funktsiyalari yaxshilanishini ta'minlovchi aloqalarning shakllanishi egallaydi. Shunday qilib, bolalik davrida kuch, tezlik va chidamlilikning o'zaro bog'liqligiga oid turli-tuman shakllarni belgilovchi fiziologik mexanizmlar ham xilma-xildir. Shartli-reflektor omillar muhim ahamiyatga ega. Mashg'ulotlar davomida biror yo'nalishdagi kuch, tezlik yoki chidamlilikni rivojlantiruvchi harakatlar uchun markaziy asab tizimida mushaklar hamda vegetativ organlar ishini dasturlashtirishning ma'lum shakllari yuzaga keladi. Harakatli o'yinlar harakat qobiliyatlari kompleks rivojlantirish vazifasining amalga oshirilishini maksimal darajada ta'minlaydi, chunki ularning mazmuni harakat dasturlarini shakllantirish va almashtirishga yo'naltirilgan. Ma'lumki, insonning rivojlanish jarayonida egallab
boradigan harakat tajribasi turli darajadagi harakat dasturlarining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida o'z ifodasini topadi. Harakat malakalari qanchalik xilma-xil bo'lsa, yangi harakatlarni o'zlashtirish imkoniyatlari shuncha ko'p bo'lishi tabiiy. Harakatli o'yinlar murakkab tizimlar bo'lgan tana va uning qismlari holatlari, harakatlar va harakat faoliyatlarining tez-tez almashinib turishi bilan tavsiflanadi.
Tadqiqot olib borish jarayonida quyidagi vazifalar bo'yicha ish olib bordik;
1.Maktabgacha tarbiya muassasalari sharoitida bolalarning harakat faoliyatini rivojlantirishning yoshga bog'liq xususiyatlarini o'rganish, hamda bolalar jismoniy tayyorgarligi ko'rsatkichlarining o'zaro bog'liqligidagi o'ziga hos xususiyatlarni aniqlash.
2.Maktabgacha tarbiya muassasalari sharoitida bolalarning harakat faoliyatini rivojlantirishni, tajribalar orqali asoslash va bolalarning harakat faoliyatini rivojlantirish texnologiyasini aniqlash va nazariy asoslash.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi ustidagi tajribalarni rejalashtirish 1-jadvalda taqdim etilgan sxema asosida amalga oshirildi. Besh hafta davomida maktabgacha yoshdagi bolalar shu maqsadda maxsus tabaqalashtirilgan harakatli o'yinlarni izchillik bilan bajardilar, ular beshta jismoniy sifatdan bittasining psixik jarayonlar ko'rsatkichlarining bittasi yoki bir nechtasi bilan kuchliroq rivojlantirilishiga qarab uyg'unlashtirilgan edi. Masalan, kuch va diqqat, kuch va tasavvur. Kuch imkoniyatlaridan tashqari psixik jarayonlar bilan uyg'unlikda, yosh va jinsni hisobga olgan holda tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik va egiluvchanlikning takomillashishidagi o'sishlar ham o'rganildi. Besh hafta mobaynida bolalar besh xil psixik sifatning birini kuchliroq rivojlantirishga qaratilgan harakatli o'yinlarni kamida 12 marta bajardilar.
1-jadval
Harakatli o'yinlara jismoniy sifatlarni kuchliroq rivojlantirishiga ko'ra ekspert baholari (5 balldan) Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar (3-4 yosh)
Jismoniy sifatlar
O'yinlar nomi Kuch Tеzkorlil a o 03 U = 03 CJ > 'm w 1 03 -a 2 U
1 Chiziqqacha sakra 2 3
2 Kim uzoqqa otadi 5
3 Do'ngliklar ustidan yur 2 3
4 Koptokni ot 3 2
5 Tayoqcha ustidan sakrab o't 3 2
6 Koptokni sherigiga uzat 2 1 2
7 Pastga sakrab tush 3 2
8 Tomorqada tovuqlar 1 2 2
9 Oq quyon o'tiribdi 2 3
10 Uzoqroq ot 3 2
11 Arqon ustidan ot 3 2
12 Merganlik 2,5 2,5
13 Chumchuqlar 2 1 2
14 Koptokni ol 2,5 2,5
15 Yo'lka bo'ylab bir oyoqlab 2 1 1 1
16 Xalqadan halqaga 2,5 2,5
Statistik ishlov bеrish natijasida 3-6 yoshli bolalar tomonidan nazorat mashqlarining bajarilish ko'rsatkichlarini testlash nazariyasi talablariga muvofiq, ularning jismoniy tayyorgarligini baholash uchun qizlar va o'g'il bolalardan iborat to'rtta yosh guruhlarining har biri uchun 14 ta test tanlab olindi. Har bir yosh - jins guruhida testlar mazmuni alohida xususiyatlarga ega edi. Masalan, 3 yoshli qizchalarning chidamliligini tavsiflash uchun quyidagi testlardan foydalan ildi: 60 va 120 m ga yugurish; 4 yoshlilar uchun 70 va 120 m ga yugurish; 5 yoshlilar uchun 90 va 120 m ga yugurish; 6 yoshlilar uchun birinchi to'xtashgacha va 120 m ga yugurish. Demak, barcha yosh guruhlari uchun faqat bitta test takrorlangan - 120 m ga yugurish. U yoki bu testlarning qo'llanilishi to'g'risida quyida batafsil ma'lumot beriladi. Urganch shahridagi 25-son ta'lim muassasasida o'tkazilgan pedagogik tajriba materiallari keltirilgan. Tajriba va nazorat guruhi tengdosh bolalardan iborat edi, tajribada 61 ta o'quv darsi, 244 xil harakatli o'yin qo'llannildi. Pedagogik tajribani rejalashtirish quyidagicha amalga oshirildi. Tajribani boshlashdan avval hamma bolalar jismoniy sifatlari va psixik jarayonlari rivojlanish darajasining dastlabki holatini aniqlash maqsadida nazorat sinovidan o'tkazildi. Keyin 25 o'quv kuni davomida tajriba guruhi bolalari 2-jadvalda keltirilgan sxema bo'yicha beshta jismoniy sifatdan birini ko'proq rivojlantirish bo'yicha tabaqalashtirilgan harakatli o'yinlarni bajardilar. 25 kunlik tajriba davri tugaganidan keyin bolalar yana nazorat mashqlarini amalga oshirishga o'tdilar, bundan maqsad dastlabki ko'rsatkichlarga nisbatan pedagogik tajribaning natijalariga baho berish. Navbatdagi jismoniy sifat xuddi shu uslubda keyingi 25 kun mobaynida tadqiq etildi. Shu tariqa jami 5 xil jismoniy sifatni tekshirish 75 o'quv kuni davomida amalga oshirildi.
Dostları ilə paylaş: |