Yangi O‘zbekistonda pedagogika fanini innovatsion rivojlantirish istiqbollari: nazariya va amaliyot ____________________________________________________________________ Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan National University of Uzbekistan 218 www.ares.uz o‘zaro aloqa jarayonida o‘zlarini boshqarish kabilar asrlar davomida o‘z mavqei va
qadr-qimmatini yo‘qotmadi.
Hech kimga sir emaski, keyingi yillarda ta’lim va tarbiya jarayonida turli
rivojlangan davlatlarning ta’lim tizimi usullari va vositalardan imkon boricha ko‘proq
qo‘llashga intilmoqdamiz. Ko‘plab rivojlangan davlatlar ta’lim tizimini o‘z ta’lim va
tarbiya jarayonida qo‘llashga harakat qilmoqdamiz. Ammo o‘ylantiradigan masala
shuki bizning ota-bobolarimiz bolani tarbiya qilish, bolani har tomonlama kamol
toptirish uchun yetarlicha manbaa qoldirgan. Biroq biz ulardan yetarlicha
foydalanmayapmiz. Masalan: Imom al-Buxoriy, Hakim-At Termiziy kabi buyuk
muhaddis olimlarimiz necha yillar davomida sahih hadislar yig‘ib kelganlar. Ushbu
hadislarda tarbiya, odob-axloq, o‘zaro do‘stona munosabatlar, qarindosh, ota –onalar
va farzandlarning haq-huquqlari, mehr-oqibat, halollik, poklik, adolat, insof-tavfiqni
targ‘ib qilish bilan bir qatorda razolat, kibr-havo, adovat, hasad, xiyonat, yolg‘onchilik,
fitna-fasod, zulm kabi illatlarga nisbatan nafrat tuyg‘ulari ham o‘z ifodasini topgan.
Bundan ko‘rinib turibdiki, biz yetarlicha oy va ulkan manbaga egamiz. Ulardan esa
ta’lim-tarbiya jarayonida ko‘proq qo‘llasak maqsadga muvofiq bular edi.
Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi. Mukammal
tarbiyani tashkil etish uchun esa mukammal din hisoblangan Islom dinida keltirilgan
ko‘rsatmalarni bajarmog‘imiz lozim. Har tomonlama barkamol, aqlan va ma’naviy
jihatdan sog‘lom bo‘lgan shaxsni tarbiyalash jarayoni quyidagi ketma-ketlik asosida
amalga oshirilsa, samarali natija beradi:
1. MTM larda nafaqat axloqiy tarbiya balki jismoniy, aqliy, gigiyenik, va boshqa
tarbiya jarayonlarda ham hadislardan foydalanish;
2. Maktab ta’limi jarayonida hadishunoslikka oid fanni joriy qilish va
amaliyotda qo‘llash.
Yuqorida keltirilgan ishlar amalga oshirilsa, yosh avlodda Vatanga muhabbat,
ota-onaga hurmat, poklik, halollik kabi xislatlar mukammal rivojlanadi. Yaxshilik va
yomonlikni bir-biridan ajratadi, hayoti faoliyati jarayonida ulardan qo‘llaydi.
Jamiyatimizda sodir bo‘layotgan jinoyatlar bartaraf bo‘ladi. Gunoh va savob amallarni
anglaydi va bir-biridan ajratadi. Islom dini ta’limoti bo‘yicha Haqning jamoliga
erishish yo‘lida o‘zini turli nopokliklardan tiyadi, yaxshi amallarni ko‘proq bajaradi.
Buning natijasida esa yurt rivojlanadi, jamiyat ravnaq topadi.
Yoshlar tarbiyasi juda katta mas’uliyat talab qiladi, bu mas’uliyatni anglagan
holda har bir tarbiyachi, pedagog va ota-onalar o‘z-o‘zini tarbiyalamog‘i, o‘zini yaxshi
xislatlari bilan ziynatlantirmog‘i lozim.