Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi
1.4.Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar rivojlanishini o`ziga xos xususiyatlari. Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarga ta`lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlodni istiqlol mafkurasi asosida sog’lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va maktab ta`limiga tayyorlashdan iboratdir.
Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarga ta`lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma`naviy jihatdan rivojlantirishdan, ularning tug’ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam ta`lim olishga (maktabga) tayyorlashdan iboratdir.
Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni rivojlanish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qo`yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishi ushbu “Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan davlat talablari’’ orqali nazorat qilinadi.
Davlat talablariga maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarga beriladigan ta`lim-tarbiya mazmunining asosiy yo`nalishlari hamda ularning maktabga tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar belgilab berilgan bo`lib, u davlat hujjati sifatida e`tirof etiladi.
Davlat talaba ko`rsatkichlarini belgilashda davlat va jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi, maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning jismoniy sog’lomligi, qobiliyati, ehtiyoji va imkoniyatlari, ya`ni bola shaxsining ustivorligidan kelib chiqilgan.
Ta`lim-tarbiya mazmunining asosiy yo`nalishlarida bolalarni jismoniy rivojlantirishga katta ahamiyat berilgan.
Bolalarni jismoniy rivojlanishi.
Bolalarni maktabga tayyorlashni belgilovchi muhim ko`rsatkichlardan biri ularning jismoniy jihatdan rivojlanganlik darajasidir. Bolalar o`z yoshlariga mos bo`lgan harakatli, shu jumladan milliy o`yinlar nomlarini, qoidalarini bilishi va ularda faol ishtirok eta olishi, yugurish va sakrash, yoshiga mos holda belgilangan me`yorlarni bajarishi, chaqqon harakat qilish, chiniqtirish mashqlarini bajarish kabilarga o`rgatish maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanishini ta`minlovchi ta`lim-tarbiya mazmunining asosini tashkil etadi.
Bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar.
Jismoniy rivojlanganlik darajasi:
-mustaqil holda jismoniy mashqlar bajara olish;
-buyruqqa (start) asoslanib yugurish;
-xoda ustida o`tirib oldinga siljish;
-narvon yordamida tepaga chiqish va pastga tushish;
-5 soniya davomida arqonga osilib turish;
-arg’imchoq uchish;
-cheklangan sath va chiziq bo`ylab yurish;
-qiya qo`yilgan taxta ustidan yurib o`tish;
-bir oyoqda “qaldirg’och” bo`lib turish;
-oyoq uchlari bilan buyumlarni qisib ko`tarish, pastga tushirish va bir joydan boshqa joyga ko`chirish;
-joyda turib 15-20 marta sakrash;
-70 sm uzunlikka sakrash;
-30 sm balandlikdagi to`siqdan sakrab o`tish;
-to`xtamasdan 2-3 daqiqa davomida yugurish;
-100 m masofani to`xtamasdan yugurib o`tish;
-10 m masofani emaklab o`tish;
-safda to`g’ri turish va safni buzmasdan yurish;
-saflanish va qayta saflana olish;
-musiqa ohangiga mos holda harakat qilish;
-koptokni irg’itish va ilib olish;
-ilon izi shaklida yurish;
-to`p-to`p bo`lib, aylana bo`ylab yurish;
-chiniqtirish mashqlarini bajarish;
-xalq o`yinlari –“Kim chaqqon”, “Oq terakmi-ko`k terak”, “Avvalakam”, “Chittigul” kabi harakatli o`yinlarda ishtirok eta olishdan iboratdir.
1991 yilda “O`zbekiston maktabgacha tarbiya kontseptsiyasi” qabul qilindi.
Maktabgacha ta`limning tarkibi va mazmunini qayta kontseptsiyasi yangicha fikrlash, o`zbek xalqining milliy an`analari, qadriyatlari, xalq ijodiyotining o`ziga xosligi, tilda o`z aksini topuvchi tafakkur xususiyatlari, xalq pedagogikasining ulkan tajribasi, milliy o`z-o`zini anglash masalasi alohida o`rin egallaydi.
“Maktabgacha tarbiya kontseptsiyasida” jismoniy tarbiya, gigiyena va salomatlikka alohida e`tibor berilgan.
Mehnat va ijodiy faoliyatga qodir, ijtimoiy vazifalarni to`laqonli bajaruvchi ham jismonan, ham ma`nan kishinigina sog’lom deyish mumkin.
Tarbiyachi maktabgacha yoshidagi bolalar jamoasida bo`lib, ta`lim va tarbiya dasturini egallaydi, xilma-xil o`yin, o`quv va mehnat faoliyatini amalga oshiradi. “Salomatlik” tushunchasining tarkibiy qismi bo`lgan jismoniy va ruhiy beshikastlik bolaning o`sish va rivojlanishining me`yorida ketishini nazarda tutadi.
Bolalarning gigiyenik va jismoniy sog’lomliklari ko`p jihatdan sog’liqni saqlash va xalq ta`limi tizimlarining hamkorlikdagi ishlariga bog’liq bo`ladi.
Bolalar jismoniy rivojlanishining o`ziga xos xususiyatlari.
Bolalarni rivojlanish yosh xususiyatlarini o`rganishga yosh davrlariga katta e`tibor karatish lozim. Bolalarni yosh davrlariga bo`lishda bir qancha olimlar ilmiy-tadqiqotlar olib borganlar. L.S. Vagotskiy, L.I. Bojovich, D.B. El’konin, A.A. Lyublinskaya, A.V. Petrovskiy o`zbek psixolog olimlaridan M. Vohidov, E. G’oziev, S.A. Axundjanova, M.Sh. Rasulova, R.I. Sunnatova va boshqalar yosh davrlarini turli yosh bosqichlariga yaratish bo`yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borganlar. Shularga asoslangan holda yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
-go`daklik davri–tug’ilgandan 1 yosh gacha;
-ilk bolalik davri – 1 yosh dan 3 yosh gacha;
-maktabgacha davr – 3 yosh dan 7 yosh gacha;
-kichik maktab yoshi davri – 7 yosh dan 11 yosh gacha;
-o`rta maktab yoshidagi bolalar –11 yoshdan 14 yoshgacha;
-katta maktab yoshidagi bolalar – 15 yoshdan 18 yoshgacha.
Bolani ruhiy va jismoniy rivojlanishida go`daklikdan – maktabgacha bo`lgan davri eng muhim davr bo`lib hisoblanadi.
Bola hayotining dastlabki 7 yili barcha organ va tizimlarning intensiv rivojlanishi bilan har akterlanadi. Bola naslga xos biologik xususiyatlar, jumladan, asosiy asab jarayonlarining tipologik xususiyatlari (kuch, muvozanatlilik va harakatchanlik) bilan ham tug’iladi.
Biroq xususiyatlar farq jismoniy va ruhiy rivojlanishlarning asosini tashkil etadi, bola hayotining birinchi oylaridagi belgilovchi omil esa tashqi muhit va bola tarbiyasi hisoblanadi.
Shuning uchun bola hayotining ilk kunlaridan boshlab shunday shart-sharoit yaratish kerakki, bolaning tetik, ijobiy emotsional holati, jismoniy va ruhiy to`laqonli rivojlanishi ta`minlansin.
Bola hayotining birinchi yilida uning markaziy asab tizimi xususiyatlari morfologik tuzilishining tugallanmagani va bosh miya po`stlog’ining funktsional rivojlanishidan iborat bo`ladi.
Bu jarayonlarning nihoyasiga etishi keyingi yillarda tashqi va ichki qo`zg’atuvchilarning ta`sirida kechadi.
Tug’ma shartsiz reflekslar bazasida (mudofaa, himoya, ovqatlanish, chamalash) oliy nerv tizimi faoliyatining rivojlanishiga erishiladi. Bola hayotining birinchi haftalaridayoq uni ko`rish va eshitish kabi shartli refleks qo`zg’atuvchilari shuningdek, (N.N. Kasatkina tadqiqotlari ko`rsatganidek) juda xilma-xil tashqi qo`zg’atuvchilarni paydo qilish mumkin.
Yoshi ulg’aya boshlashi bilan shartli reflekslar paydo bo`lishi tezroq kechadi. Agar biror-bir tashqi qo`zg’atuvchilar uzoq muddat, muayyan izchillikda qo`llanilsa, buning natijasida dinamik stereotip javob reaktsiyalarning yaxlit tizimi vujudga keladi.
Bola tarbiyasi to`g’ri olib borilganda, ko`plab turli stereotiplar hosil qilish mumkin, bu tashqi atrof-muhitni idrok qilishni osonlashtiradi va nerv hujayralarining ish qobiliyatini oshiradi. Masalan, kun tartibi, o`z vaqtida uxlashga yotqizish, uyqudan so`ng ertalabki gigiyenik gimnastikani majburiy tarzda bajarish uchun stereotip hosil qilish mumkin. Biroq, bola asab tizimining ayrim stereotiplar (odatlar)ni o`zgartirish maqsadida sharoit, yoshning o`zgarishiga qarab, bolalarda muhitni ongli idrok qilish qobiliyatini rivojlantirgan holda ehtiyotlik bilan mashq qildirish lozim. Chunonchi bola hayotining ikkinchi yilidagi harakat rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda bolalar odatdagi yurishni o`zlashtirgach, jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga murakkablashtirilgan yurish (yo`lkadan, xodadan) ni kiritish lozim. Bola aytilgan vazifani engil bajaradi, yangi harakatga qiziqish bilan qaraydi, natijada harakat ko`nikmalari faqat mashqlarni bajarish paytidagina emas, balki kundalik turmushda ham takomillashadi.
Markaziy asab tizimining rivojlanish darajasi va differentsiyasiga (ulg’ayishiga) qarab harakat ko`nikmalari paydo bo`ladi. Bu funktsiyalarning vujudga kelishi va mustahkamlanishi ham tashqi, ham ichki omillar bilan belgilanadi. I.M. Sechenov yangi tug’ilgan bola skelet mushaklari sohasida uncha ko`p bo`lmagan instensiv harakatlar miqdorini egallashni ta`kidlagan edi.
Ixtiyoriy deb atalmish barcha harakatlar bola hayoti davrida, tashqi ta`sirotlar ta`sirida shakllanadi.
Harakat analizatori va boshqa analizator o`rtasida vujudga keladigan aloqaning muayyan izchilligini M.Yu. Kistyakovskaya aniqlagan. Bola hayotining ikkinchi oyida kinestetik va vestibulyar analizatorlar o`rtasida aloqa o`rnatiladi, bu bolaning qorin bilan chalqancha yotganda, tik turgandagi kabi turli holatlarda boshni ko`tarish va tutib turish harakatlarida namoyon bo`ladi.
Bu yoshda lablar, og’iz bo`shlig’idagi shilliq parda va qo`l terisidagi retsentorlarga ega bo`lgan kinestetik analizator bilan ham aloqa yuzaga kelishi mumkin. Bolalar barmoqlarini so`raydilar, qo`llarini yuzlari uzra ko`taradilar 4 oyning oxiri 5 oylardan boshlab, bolalar qo`llarini ko`rinadigan buyumlarga uzatadilar. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarda harakat analizatorlari tez rivojlanadi. Buni N.I.Krasnogorskiy aniqlangan. Shartli reflekslar bu yoshda tez hosil bo`ladi, biroq darrov mustahkamlanmaydi va shuning uchun boladagi ko`nikmalar dastlab beqaror bo`ladi. Bosh miya po`stlog’idagi qo`zg’alish jarayoni tormozlanish jarayonidan ustun bo`ladi. Muayyan harakat ko`nikmalarini hosil qilish, shartli reflekslarni mustahkamlash mashqlar asosida olib boriladi.
Bola o`z hayotining ikkinchi yilida murakkab ko`rinishni egallaydi, yura boshlaydi, shu yosh ning oxirida esa yuguradigan bo`ladi. 2-3 yosh dan boshlab tirmashish va uloqtirish kabi harakatlarni bajara boshlaydi. Shu yosh da sakrashga harakat qiladi, shu yosh ning oxirida sakraydigan bo`ladi.
Bola 3 yoshga etganda barcha asosiy harakatlarni egallaydi, u bu harakatlarni o`zini erkin faoliyatida qo`llay boshlaydi.
4-7 yosh davomida shartli aloqalar mustahkamlanadi va ta`lim jarayonida takomillashadi.
Muskullarga beriladigan yuklamalarning oshishi bilan harakat sifatlarining rivojlanishi va jismoniy tayyorgarlik darajasining oshishi juda intensiv kechadi.
Turli harakat faolligi darajasiga ega bo`lgan bolalar jismoniy tayyorgarligining yosh dinamikasi.
Ilk va maktabgacha yoshdagi jismoniy rivojlanish, bo`y, gavda massasi, bosh aylanasi, ko`krak qafasi kabi asosiy ko`rsatkichlarning tinimsiz o`zgarib turishi bilan harakterlanadi.
Bola hayotining birinchi yilida uning bo`yi taxminan 25 sm.ga o`sadi. Bola 5 yoshga etganda uning bo`yi avvalgidan ikki baravar o`sadi. Hayotining birinchi yilida bola gavdasining og’irligi uch barovar oshadi, bir yildan so`ng esa uning og’irligi deyarli bir xilda, yiliga 2-2,5 kg.ga orta boradi, 6-7 yosh da esa uning og’irligi bir yoshga to`lgandagidan ikki barovar ortadi.
Ko`krak qafasi ham notekis rivojlanadi, bu bola hayotining birinchi yilida ayniqsa tezroq kechib, u 12-15 sm.ga kengayadi. Maktabgacha bo`lgan butun davr ichida ko`krak qafasi aylanasi taxminan yana shunchaga kengayadi.
Ko`krak qafasi aylanasining kattaligi bolaning chiniqqanligiga, uning jismoniy rivojlanganligi va tayyorlanganligiga (mushaklar, nafas olish funktsiyasi, yurak-tomir tizimining rivojlanganligi) bog’liq.
Bosh aylanasining ilk yoshdagi o`zgarishi asosan bosh miya massasining o`zgarishi bilan belgilanadi (biroq bosh suyagidagi rahitga oid o`zgarishlar bo`lishi mumkinligini ham unutmaslik lozim).
Bolalardagi suyak tizimi kattalarnikiga qaraganda tog’ay to`qimaga boy bo`ladi. Shuning uchun ham bola suyagi yumshoq, qayshqoq, uncha mustahkam bo`lmaydi, tashqi noqulay omillar ta`sirida tez qiyshayadi va noto`g’ri shaklga kirib qoladi.
2-3 yoshdan boshlab suyak to`qimasi plastinkali tuzilishga ega bo`la boshlaydi. Skeletning suyakka aylanishi butun bolalik davri davomida kechadi.
Umurtqaning bo`yin, ko`krak va bel qismidagi fiziologik egiklarining shakllanishi maktabgacha davr mobaynida davom etadi (bola boshini tuta boshlaganda, chalqancha yotganda, o`tirganda, yurganda).
Skeletning yumshoq massasi uning shaklini o`zgartiradigan quyidagi ta`sirlarga beriladi: o`tirgan, turgan, yotganda gavdaning noto`g’ri holati, yumshoq nobop to`shak, bola bo`yi va gavdasi proportsiyasiga nomuvofiq mebel’. Noto`g’ri holat tezda odat bo`lib qoladi, qadi qomat buziladi, bu qon aylanish, nafas olish funktsiyasiga salbiy ta`sir etadi, suyaklar noto`g’ri o`sa boshlaydi.
Tovon ravoqlarining shakllanishi bola hayotining birinchi yilida boshlanadi, yura boshlashi bilan bu jarayon tezlashib, maktabgacha tarbiya yosh ida davom etadi. Shuning uchun mos keladigan poyabzal (poshnali) tanlashga e`tibor berish lozim.
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarda bukuvchi muskullar etarlicha rivojlanmagan va juda zaif bo`ladi, shuning uchun bolalar ko`pincha boshini eggan, elkalari yig’ilgan, bukchaygan, ko`kragi ichkariga botgan kabi noto`g’ri holatlarda o`tiradilar.
Bola besh yoshga etganda mushaklar, oyoq mushaklarini massasi oshadi, mushaklarning ish qobiliyati ham ortadi.
Mushaklarning statik holatini mushak tonusi deyiladi.
Mushak tonusi markaziy nerv sistemasidan keladigan impul’slar hisobiga ta`minlanadi.
Bola hayotining dastlabki oyida oyoqlarning bukuluvchi mushaklari tonusi yozuvchi mushaklarinikidan ustun bo`ladi. Qo`l mushaklarining tonusi odatda 2,5-3 oylik mushaklari tonusi esa, 3-4 oylik bo`lganda baravarlashadi.
Ilk yoshdagi bolalarda tinch holatdagi mushak tonusi massaj va gimnastika ta`sirida kamayadi. Bolaning yoshi osha borishi bilan orqa va qorin mushaklari tonusi tarangligining ortishi kuzatiladi.
Akseleratsiya – terminini 1935 yilda nemis vrachi R.Kox taklif qilgan, u lotinchada tezlashuv degan ma`noni anglatadi.
Akseleratsiya tushunchasiga bolalar va o`smirlarda o`sish va rivojlanishning tezlashuvi, balog’atga etish davrining birmuncha erta boshlanishi, sensor mexanizmlar ko`rish, hid bilish, ta`m bilish, somatik (mushak) tizimlarining oldingi avlodlarga nisbatan tezroq rivojlanishi kiradi.
O`tgan asrda yuz bergan o`sish va rivojlanish akseleratsiyasi (jadallashish) maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda ham ko`rindi. Bu yoshdagi bolalar o`zlarining o`tmishdagi tengqurlaridan anatomik va funktsional jihatdan kattadir. Agar 50 yil oldin 3 yosh dan 7 yosh gacha bolalar 22,7 sm.ga o`sgan bo`lsa, 10 yil oldingi shu yoshdagi bolalar 27,1 sm.ga o`sdilar.
Sut tishlarining doimiy tishlarga aylanishi ham ertaroq kechmoqda, chunonchi bir necha o`n yilliklar avval doimiy tishlarning chiqishi 6 yosh u 2 oy – 6 yosh u 4 oyga to`g’ri kelsa, hozirgi vaqtda 5 yoshdagi bolalarning 40 foiz 1-4 tadan doimiy tishga egadir. Shuningdek bolaning yurak pul’si chastotasi zarbi ham o`zgargan.
Biroq akseleratsiyaga qaramasdan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning funktsional – ham aqliy, ham jismoniy imkoniyatlari mo`ljaldagidan yuqoridir.
Bola hayotining birinchi yilida uning yurak tomir tizimi katta morfologik va funktsional o`zgarishlarga uchraydi. Yurak massasi 3-4 yoshli bolalarda 70,8 g.gacha bo`lsa, 6-7 yoshlilarda 92,3 g.gacha etadi, buning natijasida yurakni qisqarish kuchi va ish qobiliyati kuchayadi.
Arteriya qon tomirlaridagi bosim ham birinchi yilda simob ustunining 80-85/ 55-60 mm.ni tashkil etsa, 3-7 yosh da 80-110/50-70 mm atrofida bo`ladi.
Yurakning ish qobiliyati ortadi, jismoniy yuklamaga moslashish qobiliyati ham oshadi.
Nafas olish miqdori yosh o`tishi bilan kamayadi, bola hayotining birinchi yili oxirida u minutiga 30-35, uchinchi yili oxirida 25-30, 4-7 yosh da esa 26-22 ga teng bo`ladi. Yosh o`tishi bilan nafas olish chuqurligi va o`pkadagi havo almashinishi 2-25 martaga kislorod bilan oziqlanish 2 martaga ko`payadi.
Bolalarning ish qobiliyatini o`sishi ham ta`minlanadi. To`xtovsiz ishlash qobiliyati 10 daqiqadan 25-30 daqiqagacha etadi.
3 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan davr ichida hayotning uchinchi, beshinchi va ettinchi yili farqlanadi, bu paytda faqat miqdoriy o`sishgina emas, barki funktsiyalarning tubdan qayta qurilishi yuz beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishi.
Maktabgacha ta`lim yoshida bola organizmi mustahkamlanishda davom etadi, skelet va muskullar to`la rivojlanadi hamda baquvvat bo`la boshlaydi, lekin bola ancha sekin o`sadi. Maktabgacha yosh davri oxiriga kelib sut tishlar tushib, doimiy tishlar chiqa boshlaydi. Bola tobora katta odamlar turmushiga yaqin bo`la boradi va uning ta`siriga uchraydi. Bu yoshda bola hali tajribasizligi va ko`pincha etarlicha nazorat qilinmasligi tufayli salga shikastlanib qoladi. Bola albatta to`g’ri rejimga rioya qilishi, ko`p ishlarni o`zi qilishga o`rgana borishi va mehnatga o`rgatilishi shart.
Bola intellektual rivojlanishi darajasiga ko`ra, shu davr oxiriga kelib maktabga kirishga tayyor bo`lishi kerak. 3-7 yashar bolalar ko`p rasm solishni, narsalar yopishtirishni, ayrim harflarni, so`zlarni va xatto qisqa jumlalarni yozishni va o`qishni yaxshi ko`radilar.
Bolalar yuqumli kasalliklari ularda ancha ko`p uchraydi, biroq, yengilroq kechadi va kamdan-kam hollarda asorat beradi.
Limfa to`qimasining zo`r berib o`sishi, burun bo`shlig’i ortiqlarining shakllanishi tugashi shu yoshdagi bolalarda angina, tonzillit, adenoidlar, gaymorit va boshqa kasalliklar paydo bo`lishiga olib keladi, bu kasalliklarning ko`pchiligi o`tkir respirator virusli infektsiyalarning asorati yoki kattiq sovqotish oqibati hisoblanadi.
Maktabgacha ta`lim yoshi (3 yoshdan 7 yoshgacha) bolaning rivojlanishidagi eng muhim bosqich, chunki bu davrda bosh miya, organizm organlari va sistemalari ham sifat, ham funktsional jihatdan takomillashadi.
4 va 5 yashar bolalar go`dak bolalarga qaraganda birmuncha sekin o`sadilar va bu o`sish yiliga o`rta hisobda 4-6 santimetrga teng bo`ladi. Hayotining 6-7-yillarida bo`y o`sishi 8-10 santimetrgacha tezlashadi. Bu bo`y cho`zilishining birinchi davridir. Maktabgacha tarbiya yoshining ikkinchi yarmida bo`y o`sishi endokrin sistemada funktsional o`zgarishlar bo`lishiga (jumladan, gipofiz funktsiyasining zo`rayishiga) bog’liq bo`ladi.
Hayotining 4-yilida tana vaznining ortishi sekinlashadi va yiliga o`rta hisobda 1,2 dan 1,5 kg ni, hayotining 5-yili 2 kg gacha, 6-yilda -2,5 kg ni tashkil etadi. Hayotining 6-7-yiliga borib bir yashar bolaning tana vazniga qaraganda ikki hissa ortadi.
Bolalar bo`yining o`sishi va vaznining ortishi bilan bir vaqtda ko`krak qafasi aylanasida ham o`zgarishlar sodir bo`ladi, hayotining 4-yilida u 0,5-1 sm, 5-6 yoshda 2-2,5 sm ga ortadi. Ko`krak qafasi aylanasi kattaligi bolaning miqtiligiga, uning jismoniy rivojiga bog’liq bo`ladi.
Bola o`sar ekan, gavda proportsiyasi ham o`zgaradi. Masalan, hayotining 7-yilida oyoqlarining uzunliga yangi turilgan bolalarnikiga qaraganda uch hissadan, qo`llari - 21/2 xissadan ko`proq ortadi, tana esa 2 xissa uzayadi. Bu yoshda asosan bola organizmining suyaklar to`qimasi strukturasi shakllanishi tugaydi.
Umurtka pog’onasining bo`yin, ko`krak va bel bo`limlarida fiziologik kiyshaymalar paydo bo`lishi hayotining 1-yilidan boshlanadi va 6-7 yoshgacha davom etadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning skeleti ma`lum darajada tog’ay to`qimalaridan iborat bo`ladi, shu sababli uning shakli noqulay ta`sirotlar (tananing noqulay vaziyatda bo`lishi, uzoq vaqt tik turish, o`tirish, o`rinning, mebelning noqulay bo`lishi) oqibatida osongina o`zgaradi. Ana shu xususiyatlar hisobga olinmasa va bola to`g’ri jismoniy tarbiya qilinmasa, uning qomatida o`zgarishlar paydo bo`ladi (bu qon aylanishi funktsiyasiga, nafasga yomoq ta`sir qiladi), suyaklar noto`g’ri o`sadi.
Hayotining 1-yilidan boshlab va maktabgacha tarbiya yoshidagi davr mobaynida oyoq, kafti gumbazi shakllanadi, uning to`g’ri shakllanishi uchun esa tegishli mashqlar qilish, faqat poshnali poyabzal kiyish kerak. Maktabgacha tarbiya yoshida bo`g’imlarning bog’lam apparati ancha harakatchan bo`lib qoladi, bunga muskullar, bog’lamlar va paylarning kattalarnikiga qaraganda elastik bo`lishi sabab bo`ladi.
Maktabgacha ta`lim yoshidagi kichik bolalarda yozuvchi muskullar etarli rivojlanmagan va ancha nimjon bo`ladi, shu sababli bola ko`pincha noqulay vaziyatda turadi - boshini tushiradi, elkalarini qisadi, bukchayadi, ko`kragini ichiga tortadi, 5 yoshga borib muskulatura, xususan oyoqlar muskulaturasi ancha rivojlanadi. Muskullar baquvvat bo`lib qoladi, ularning mehnat qobiliyati ortadi.
Maktabgacha ta`lim yoshida bronx-o`pka apparati sifat jihatidan tez o`sadi va takomillashadi. Nafas tezligi minutiga 26-22 tagacha kamayadi, nafas olish, chuqurroq nafas chiqarish esa davomliroq bo`lib qoladi. Shu yoshdagi bolalarda qon aylanishi organlarida anchagina anatomik va funktsional o`zgarishlar paydo bo`ladi: yurak massasi ortadi, shu tufayli yurak qisqarishlari kuchi va yurak chidamliligi oshadi. YUrak qisqarishlari soni minutiga 85 dan 95 atrofida. Arterial bosim yosh katta bo`lishi bilan deyarli o`zgarmaydi: 3-4 yoshda 95/59 mm simob ustunida, 5-6 yoshda 95/58 mm simob ustunida, 7 yoshda 97/58 mm simsb ustunida bo`ladi.
Maktabgacha ta`lim yoshida markaziy asab tizimi morfologik va funktsional jihatdan rivojlanishda davom etadi. Ikkinchi signal tizimi tez takomillashadi, uning yordamida so`zga shartli reflekslar paydo bo`ladi.
Shartli reflekslar tez paydo bo`ladi, biroq birdan mustaxkamlanmaydi va malakalar bolada dastlab barkaror bo`lmaydi, osonlik bilan yo`qoladi. Bosh miya po`stlog’ida qo`zg’olish va tormozlanish jarayonlari osonlik bilan tarqaladi, shu sababli bolalarning diqqati bekaror bo`lib turadi, javob reaktsiyalari emotsional tabiatga ega bo`ladi va ular tez charchab qoladilar. Shu sababli, ma`lum harakat malakalari paydo bo`lishi uchun ta`sirotlarni tez-tez takrorlab turish kerak. Bolalarda harakatlarning rivojlanishiga ma`lum tartibda jismoniy mashqlar bilan shu g’ullanish yordam beradi. Bu yoshda yugurish, yurish, sakrash, narsa uloqtirish takomillashadi.
3-6 yoshli bolalarjismoniyrivojlanish dinamikasining o`ziga xos xususiyatlari taxlili shu ni ko`rsatdiki, maktabgacha yoshdagi davrida go`yoki sog’lomlikning va to`laqonli jismoniy rivojlanishning poydevori qo`yiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda tana hali etarlicha turg’un emas, harakat imkoniyatlari ham cheklangan. Ularning asab tizimi tez rivojlanadi, skeleta o`sib, mushak tizimi mustahkamlanadi, harakatlar takomillashadi. Diqqat ancha barqarorlashib, bolalar eng sodda mexnat ko`nikmalarini egallay boradilar. Gavdaning umumiy statik beqarorligi hamda dinamik imkoniyatlari cheklanganligi 3-4 yoshli bolalarga xos bo`lib, bu yoshdagi bolalarda gavdaning yuqori qismi, elka satxi mushaklari va bukuvchi mushaklar nisbatan yaxshi rivojlangan, 3-4 yoshli bolalarda harakatlar etarlicha muvofiq, bo`lmagani holda harakat faolligi yuqori darajada bo`lib, bu harakatlarda yirik mushak guruhlari ishtirok etadi. Mazkur davrda uzoq, muddat bir xil vaziyat saqlab turilsa yoki bir turli harakatlar bajarilaversa, tez toliqish kuzatiladi.
7 yoshgacha o`pka to`qimasining tuzilishi hali to`la rivojlanmagan holda bo`ladi; burun yo`llari, traxeya va bronxlar nisbatan tor, shu sababli o`pkaga havoning kelishi bir oz qiyinrok, qovurg’alar birmuncha qiyarok, diafragma yuqoriroq, joylashgan, shu ning uchun nafas olish harakatlari amplitudasi katta emas. Bola kattalarga nisbatan yuzaki va ancha tez-tez nafas oladi: 3-4 yoshli bolaning nafas olish sur’ati - bir daqiqada 30 marta, 5-6 yoshda - 25 marta, kattalarda 16-18 marta.
Bolalarning yuzaki nafas olishi o`pkada havo aylanishining nisbatan yomon bo`lishi, havoning o`pkada bir oz turib qolishiga olib keladi, o`sayottan organizm esa to`qimalarning kislorod bilan yetarlicha ta`minlanishini talab qiladi. Aynan shu ning uchun ham ochiq, havoda o`tkaziladigan jismoniy mashqlar juda muhim bo`lib, ular havo almashinishini faollashtiradi. 3-4 yoshli bolalarda o`pkaning tiriklik sig’imi (UTS) 400-500 ml.ni, 5-6 yoshda esa 800-900 ml.ni tashkil etadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning yurak qon tomir tizimi faoliyati o`sayotgan organizmning talablariga yaxshi moslashgan, to`qimalarning qon bilan ta`minlanishiga bo`lgan kuchli ehtiyojni osonlik bilan qondiradi, chunki bolaning tomirlari kattalarnikiga nisbatan kengroq bo`lib, ulardan qon erkinroq oqib o`tadi. Bola organizmidagi qon miqdori kattalarnikiga nisbatan ko`proq, uning tomirlar bo`ylab o`tadigan yo`li qisqaroq masalan, agar katta odamning tomir urishi bir daqiqada 70-74 zarbaga teng bo`lsa, maktabgacha yoshdagi bolada o`rtacha 90-100 zarbani tashkil etadi. Yurak asab boshqariluvi takomillashgan emas, shu ning uchun uning qo`zg’alishi tez, qisqarishlar ritmi osongina buzilishi mumkin, jismoniy yuklama ostida yurak mushagi ancha tez toliqib qoladi. Lekin faoliyat o`zgarishi bilan bolaning yuragi tez tinchlanib, o`z kuchini tiklab oladi. Shu ning uchun ham bolalar bilan shu g’ullanganda jismoniy mashqlarning xilma-xilligiga e`tibor berish: harakatli o`yinlarni birmuncha tinch sur`atli o`yinlar bilan navbatlash va bolaga tez-tez qisqa muddatli dam olish tanaffuslari berib turish lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda 3 yoshgacha bo`lgan bolalarga nisbatan asab tizimi yaxshiroq rivojlangan bo`ladi. Bu davrda bosh miyada asab hujayralarining etilishi jarayoni nihoyasiga etadi, bosh miya tashqi ko`rinishi va og’irligiga ko`ra katta odam miyasiga yaqinlashib qoladi, biroq, asab tizimi hali ancha kuchsiz bo`ladi. Shu ning uchun maktabgacha yoshdagi bolalarning o`ta ta`sirchanligini hisobga olish, ularga nihoyatda extiyotkorlik bilan muomala qilish, uzoq muddatli, og’ir yuklamalar bermaslik, haddan ortiq toliqtirmaslik kerak, chunki bu yoshda ta`sirlanish jarayonlari tormozlanish jarayonlaridan ustun bo`ladi.
Bolalarda etti yoshgacha, garchi ularda qon bilan ta`minlanish kattalarnikidan yaxshiroq bo`lsa-da, suyaklarning shakllanish jarayonlari tugallanmaydi. Skeletda tog’aysimon to`qimalar ko`p bo`lib, shu tufayli uning keyingi rivoji ro`y beradi, ayni vaqtda suyaklarning yumshokligi ham shu bilan izohlanadi. Mushak to`qimasining o`sishi asosan mushak tolalarining yo`g’onlashishi hisobiga yuz beradi. Ammo suyak-mushak apparatining nisbatan kuchsizligi va tez toliqishi sababli maktabgacha yoshdagi bolalar uzoq, muddatli mushak zo`riqishlariga bardosh berolmaydilar.
Kichik maktab yoshidagi bolalar yurish paytida hali aniq, harakatlana olmaydilar, ular ritmik tarzda yugurolmaydilar, tez-tez muvozanatni yuqotib yiqiladilar. Ularning ko`pchiligi pol yoki yerdan yaxshi itarila olmaydilar, oyoq kaftiga to`la tayanib yuguradilar. Ular o`z tanalarini hatto arzimas balandlikka ham ko`tara olmaydilar, shu ning uchun balanddikka to`siqlar osha hamda bir oyoqlab sakrashlarni bajarishga qiynaladilar. Bu davrda maktab yoshidagi bolalar qiziqish bilan koptok o`ynaydilar, lekin hali ularning harakatlari o`zaro muvofiqlashmagan, ko`z bilan mo`ljal olish rivojlanmagan, ularning koptokni ilib olishlari qiyin. Bolalar har turli harakatlardan tez toliqadilar, chalg’iydilar.
4,5-5 yoshlarga kelib bolalarning harakatlari ancha muvofiqlashib qoladi, ular sakrash, to`siklar osha sakrab o`tish, to`pni ilish ko`nikmalarini o`zlashtiradilar. 5-6 yoshlilarda engillik paydo bo`lib, yugurish ritmi barqarorlashadi, yon tomonga tebranishlar kamayadi, ular balandlikka, uzunlikka, to`siklar osha sakraydilar, koptokni nishonga urishni o`zlashtiradilar, ko`z bilan mo`ljal olish kuchayadi.
Katta maktabgacha yoshidagi bolalarning kichiklarga qaraganda gavdasi baquvvat, mushaklari mutanosib rivojlangan. Yurish va yugurish chog’idagi asosiy harakatlari asta-sekin avtomatik darajasiga etadi, harakatlar muvofiqligi kuchayadi, qo`l mehnatiga qobiliyat sezilarli darajada ortadi. Turg’unlik ortgani uchun oddiy muvozanat mashqlarini, chaqqonlik bilan yugurishni amalga oshirish osonlashadi. Bolalar chidamliroq bo`la boradilar, biroq, ular dastlabki holatlarini tez-tez o`zgartirib, rang-barang harakatlarni bajarishlari lozim. Bu yoshda ularning faoliyati asta-sekin mazmun bilan boyib, ongliroq bo`la boradi. Jismoniy tarbiya va sport soxasi ko`pgina olimlarining fikricha, o`sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy tarbiyalashdan maqsad shaxsning jismoniy va ma`naviy madaniyati asoslarini shakllantirish, salomatlik zahiralarini sog’lom turmush tarzida faol hamda uzok, muddat davomida amalga oshirilayotgan qadriyatlar tizimi sifatida yuksaltirishdan iboratdir. Ularning mulohazalaridan kelib chiqib, maktabgacha yoshdagi bolalarga nisbatan tadbiq, etilsa, jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan tarkib topadi:
-bolalarda salomatlik, jismoniy tarbiya va sport qadriyatlarini o`zlashtirishda ongli extiyojni shakllantirish;
-boladagi jismoniy sifatlar, harakat ko`nikma va malakalari rivojining zarur hamda etarli darajasini ta`minlovchi jismoniy imkoniyatlarning tabiiylikka muvofiq va individual – mos rivojlantirilishi;
-maktabgacha yoshdagi bolalarga umumiy jismoniy ma`lumotlarni berish, bunda ularning jismoniy tarbiyasiga oid aqliy, texnologik, axloqiy, etik va estetik qadriyatlarni o`zlashtirishiga erishish;
-bilimlarning mustakil mashg’ulotlar o`tkazishning boshlang’ich ko`nikmalari darajasida dolzarblashu vi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi tizimi, tuzilishining innovatsion qo`shimchalariga xos asosiy muammolar quyidagilardir:
-bolalarning psixik rivojlanishi jarayoni sharoitlarini maqbullashtirish uchun jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanish imkoniyatlari;
-maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy sifatlarini rivojlantirish va asosiy harakatlarini shakllantirishning yosh bilan bog’liq xususiyatlari;
-maktabgacha ta`lim tashkilotlarida jismoniy tarbiyaning metodologik muammolari;
-maktabgacha ta`lim tashkilotlari uchun jismoniy tarbiya mutaxassislarini tayyorlashning tashkiliy-mazmuniy asoslari.
Bolalar jismoniy rivojlanishning ko`rsatkichlari. Bolaning jismoniy rivojlanishiga faqat tana vazni, bo`yi, boshi va ko`krak aylanasiga qarab emas, balki gavda tuzilishi, qaddi-qomati, oyoq, kafti hajmiga qarab baho berish mumkin.
Qaddi-qomat - tana va boshni uncha zo`riqmasdan erkin tutish bilan harakterlanadigan odatdagi vaziyatdir. Yaxshisi bolani yonboshi bilan turg’azib qo`yib, qomatini aniqlash kerak. Bunday vaziyatda umurtqa pog’onasining tabiiy (fiziologik) qiyshaymalari yaxshi seziladi.
Umurtqa pog’onasi tabiiy qiyshaymasi (egriligi) nisbatining haddan tashqari qiyshiq yoki etarli bo`lmasligi qomatning noto`g’riligidan dalolat beradi, bu umurtqa pog’onasi funktsiyasining buzilishiga va boshqa yomon oqibatlarga olib boradi.
Ko`pincha qomatdagi nuqsonlarning quyidagi turlari uchraydi: bukchaygan, yumaloq orqa, yassi orqa, egarsimon orqa.
Umurtqa pog’onasining yonboshga qiyshayishi skolioz deb ataladi. Skolioz tananing noto`g’ri vaziyatda bo`lishi yoki tanani noto`g’ri tutish odati natijasida paydo bo`ladi. Skoliozga ko`pincha muskullarning nimjonligi sabab bo`ladi.
Jismoniy mashqlar bilan shu g’ullanish va harakatchan o`yinlar o`ynash muskullarni, boylam-bo`g’im apparatini baquvvat qiladi, binobarin skoliozning yo`qolishiga yordam beradi. Shu sababli, bolani jismoniy tarbiya mashg’ulotlari bilan iloji boricha shu g’ullantirmaslikka harakat qiladigan ota-onalar noto`g’ri ish qiladilar. Bu bilan ular faqat o`z farzandlari sog’ligiga zarar keltiradilar. Uyda bola ovqatlanayotganda, o`yinlar o`ynayotganda va mashg’ulotlar paytida gavdasini qanday tutayotganiga qarab turish katta ahamiyatga ega.
Ko`krak qafasi shakli. Ko`krak qafasining konussimon, tsilindrsimon, bochkasimon shakllari bo`lib, ko`krakning turtib chiqib turishi, yassi bo`lishi, ichiga kirishi ko`krak qafasi shaklining hammadan ko`p uchraydigan buzilishi hisoblanadi.
Kuraklar normada bitta chiziqda bo`lishi va orqadan juda chiqib turmasligi kerak. Kuraklar kuyi burchaklarining bir xil holatda turmasligi yoki kuraklarning qanotsimon bo`lishi ko`krak qafasi shaklining noto`g’riligini ko`rsatadi.
Raxit, muskullar sustligi va rivojlanishdan hamda o`sishdan umuman orqada qolish ko`krak qafasi shaklining noto`g’ri bo`lishiga olib keladigan eng ko`p sabablardan biri hisoblanadi.
Oyoqlar shakli. Oyoqlar shaklining normal (to`g’ri)bo`lishidan tashqari, oyoqlar 0 simon bo`lishi mumkin, raxitning asoratlaridan biri hisoblanadi, bundan tashqari oyoqlar X shaklda ham bo`ladi, bu aksariyat boylam-bo`g’im apparatining sust bo`lishi natijasida ko`pincha qizlarda paydo bo`ladi.
Oyoqlar kafti shakli. Normada oyoqlar kafti yarim gumbaz shaklida bo`ladi. Bu prujinalanuvni “gumbaz” bog’lam apparati cho`zilishi va muskullarning zo`riqishi tufayli tutib turiladi. Muskul-bog’lam apparatining quvvatsizligi yoki unga quvvati ko`tara olmaydigan darajada og’ir yuk tushishi, shu ningdek, oyoqqa mos kelmaydigan noto`g’ri poyafzal kiyish oyoq kaftining normal funktsiyasini buzadi va gumbazning yalpayishiga olib keladi.
Oyoq kafti gumbazining juda yassilanishi yassioyoqlik deb ataladi.
Yassioyoqlikda oyoq kaftining normal funktsiyasi yomonlashadi. Yurganda va turganda odam tez charchab qoladi, muskullarda og’riq turadi.
Oyoq kaftini shu nchaki ko`rib, uning shaklini bilish mumkin. Oyoq kaftini qattiq narsaga yoki bir varaq qog’ozga qo`yilsa, tushgan izidan yassioyoqlik bor-yo`qligi larrov bilinadi.
Yuqorida qayd qilingan bola jismining rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatuvchi STT jismoniy madaniyati mashg’ulotlarida belgilangan qoidalarga rioya qilish taqazo etiladi.
Bolaning tabiiy harakatchanligi organizmning sog’lomligini bildiradigan muhim ko`rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Harakat faolligi bolaning biologik ehtiyojidir, bu ehtiyojni qondirish darajasi ko`p jihatdan organizmining qanchalik rivojlanganini ko`rsatadi.
Harakat faolligi muomosi hozirgi kunda nihoyatda dolzarb bo`lib qoldi. Bu eng avvalo akseleratsiya fenomeni, hozirgi zamon bolalarining tez o`sishi va rivojlanishi, shu ningdek, gipokineziya va barvaqt sport giperkineziyasi (haddan ortiq yuklama tushishi) hodisalarining tobora zo`rayib borishiga bog’liq.
Umuman akseleratsiya - ijobiy hodisa, biroq ko`pincha uning uyg’un bo`lmagan, ya`ni nomutanosib, nosinxron alomatlarini ko`rishga to`g’ri keladi. Bu ayrim organ va sistemalarning bir tekis o`smasligi va rivojlanmasligi bilan bog’liq. Akseleratsiya davomida salomatlikda biror o`zgarish bo`lganda jismoniy mashqlarning profilaktik va davo rolini hamma ham yaxshi biladi. Shu nga karamay, bolalarimiz organizmi funktsiyasining har qanday buzilishlari tobora tarqalib borayotgan gipokineziyaga bog’liq ekanligi aniqlangan.
Bolalarda harakat tanqisligi ro`y-rost funktsional buzilishlarga olib kelishi mumkin. Gipokineziya bilan organizmda oksidlanish jarayonlariga va bioximiyaviy o`zgarishlar tabiatiga ta`sir ko`rsatadigan ko`pgina fermentlar aktivligining pasayishi o`rtasida bevosita bog’lanish borligi qayd qilingan. Bola organizmining shamollash kasalliklariga va kasallik qo`zgatuvchi mikroblarga umumiy chidamliligi aytarli susayib ketadi. Motorika orqada qoladi - quvvat, tezkorlik, chidamlilik pasayadi, vegetativ funktsiyalar yaxshi rivojlanmaydi, yurak-tomir sistemasi va nafas organlarining funktsional imkoniyatlari diapazoni torayadi.
Bolalarda harakat faolligini oshirishning eng yaxshi yo`li to`g’ri, yoshga mos keladigan jismoniy mashqlar, harakatli o`yinlar bilan shu g’ullanishdir. Bolaga chaqaloqligidanoq jismoniy mashqlarning muhim elementlarini qo`llash va gimnastika, massajdan foydalanishni boshlash lozim.
Jismoniy mashqlarning ta`siri organizmdagi fiziologik jarayonlarni yaxshilash qobiliyatiga asoslanganligi hozirgi zamon fani orqali ma`lum.
Jismoniy mashqlarning rag’batlantiruvchi va trenirovka qiluvchi ta`siri asosan markaziy nerv sistemasi orqali amalga oshiriladi. Muntazam ravishda bajariladigan jismoniy mashqlar ta`sirida funktsional imkoniyatlari o`zgarmaydigan birorta ham organ yoki tuzilmalarimiz yo`q desak xato qilmagan bo`lamiz.
Jismoniy tarbiya vositasi faqat sog’lombolalar organizmigagina ijobiy ta`sir qilib qolmaydi. Ular ayniqsa, nimjon va kasal bolalar uchun muhim ahamiyatga ega.
Bunday bolalarga tegishli dozada va maxsus metodika asosida qo`llaniladigan jismoniy mashqlar organlar va to`qimalarning faoliyatini yaxshilaydi. Moddalar almashinuvini o`zgartiradi. Oksidlanish jarayonlarini kuchaytiradi. Organizmning shamollash kasalliklariga chidamliligini oshiradi va kasal organizm uchun juda ham zarur bo`lgan kompensator mexanizmlarni takomillashtiradi.
Biz qo`llanmamizda 1 yoshdagilar uchun gimnastika va massajga oid nazariy bilim va amaliy malakalarni e`tiboringizga havola qildik. Keyingi yosh guruhlaridagi bolalar uchun esa ularning jismoniy rivojlanishi va ruhiy rivojlanganligi darajasiga qarab tanlanadi.
Biz quyida bolalar uchun jismoniy mashqlar bilan shu g’ullanish va ularning mashg’ulotlarini tashkillash va o`tkazishning umumiy uslubiy qoidalarini e`tiboringizga havola kildik:
1.Ikki yashargacha bo`lgan bolalar bilan o`tkaziladigan mashqlarning davomiyligi 10 daqiqadan oshmasligi kerak.
2.Mashg’ulotlar har bir bola bilan alohida-alohida olib boriladi.
3.Kattaroq yoshdagi bolalar bilan mashg’ulotlarni guruh metodida o`tkazish maqsadga muvofiq bo`ladi, bunda syujetli o`yin sifatida tuzilgan dinamik mashqlardan foydalaniladi.
4.Barcha guruh muskullari uchun mashqlarni navbatlab turish kerak.
5.Bolaning harakatlarni qanchalik o`zlashtirganiga qarab mashqlarni engillaridan boshlab, asta-sekin ancha og’irlariga o`tiladi.
6.Har bir mashg’ulotga yurishni, yugurishni, sakrashni, tirmashib chiqishni, harakatlar uyg’unligini rivojlantiradigan va takomillashtiradigan mashqlarni qo`shish kerak.
7.Mashg’ulotlarni yuklamani asta-sekin oshira borish yo`li bilan mungazam ravishda o`utkazib turish lozim.
8.Jismoniy yuklama bir necha marta takrorlash va mashg’ulotlar davomiyligini oshirish yo`li bilan oshiriladi.
9.Mashg’ulotlar albatta quvonch baxsh etishi kerak.