Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi


Jismoniy tarbiya tizimini takomillashtirish



Yüklə 122,85 Kb.
səhifə8/15
tarix28.09.2023
ölçüsü122,85 Kb.
#150089
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi

1.5. Jismoniy tarbiya tizimini takomillashtirish.
Ko`rib chiqilgan adabiyotlar tahlili jismoniy tarbiyaning tashkiliy-uslubiy asoslariga yetarli ahamiyat berilmayotganini ko`rsatadi. Bularning bittasi pedagogik shart sharoitlarni yaratish hisoblanadi.
Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning o`qitish va tarbiyalashda ularning sog`liqlari asosiy masala hisoblanadi. Salomatlikni zamonaviy tushunchasi – bu nafaqat kasal bo`lmay hayot kechirish, bu har taraflama aqliy va jismoniy rivojlanish o`zgaruvchan sharoitga moslashishdir.
Bolalarning jimoniy tayyorgarligi va rivojlanishi salomatlikni asosiy tarkibi hisoblanadi. Bolalarning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligi sifati zamonaviy usul va shakllarni qo`llagan holda jimoniy tarbiya ishlarini pedagogik jihatdan to`g`ri qo`yilganligiga bog`liqdir.
O`qishni va tarbiyani yaxshilashga qaratilgan hamma shart-sharoitlar pedagogika jarayoni tarkibi hisoblanib, bular yaxshi moddiy asos yaratish, kuchli bilimga ega bo`lish, o`qitish va tarbiyalash usuli va vositalarini chuqur bilishi, tashkiliy va ilmiy uslubiy ishlar, bolani jimoniy tarbiya yaratish uchun ota-onasi bilan ishlash, tibbiy pedagogika nazorati tashkil eta bilish o`quv tarbiyaviy ishlar jarayonida tartibli ovqatlanishni tashkil etish, bolalar jismoniy tarbiyasi dasturini ishlab chiqish, oilada jimoniy tarbiya usullari va shakllarini ishlab chiqish.
Ozbekiston Respublikasi sharoitida jismoniy tarbiya tizimini boyitish, kuchaytirish, yaxshilash uchun ta`sir ko`rsatishga asoslangandir. Bunday sharoitlarni yaratish nafaqat o`quv ishlari sifatini yaxshilashga, balki bolalar bog`chasida jimoniy tarbiyaning hamma shakllarini yaxshilashga jimoniy sog`lomlashtirish ishlarining yangi shakllarini ishlab chiqishga qaratilgandir.
Demak, bolalar bog`chasida jismoniy sog`lomlashtirish ishlarini tashkil qilish, uslublari, vositalari, shakli, ya`ni jismoniy tarbiya sifatini yaxshilashga qaratilgan hamma harakatlar bu – pedagogik jarayondir. Undan chiqdi - pedagogik jarayon – bu pedagogik shart-sharoitlarni yaratishdir. Bu sharoitlarga: jismoniy tarbiya bo`yicha mintaqa, iqlim sharoitlarini va urf-odatlarini hisobga olgan holda dasturni ishlab chiqish; bolalar uchun turli kitoblar, qo`llanma va tavsiyanomalar ishlab chiqish; jismoniy mashqlar mashg`ulotini va shu jumladan qo`shimcha mashg`ulotlarni tashkil qilish uslubiyoti, vositasi, shakllarining samaradorligi; maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalah borasida ota-onalar bilan muntazam ish olib borish; oilada jismoniy tarbiya masalalari; jismoniy mashqlar mashg`uloti va ovqatlanish gigiyenasi; mutaxassis muammolari kiradi.
Yuqorida qayd etilgan shart-sharoitlar jismoniy tarbiya tizimini yaxshilashga va shakllantirishga imkoniyat yaratadi.
Jismoniy rivojlanish va tayyorgarlik ko`rsatkichlarini tahlil etgan vaqtda 3-7 yoshdagi bolalar jismoniy jihatdan yetarlicha tayyor bo`lmagan holda maktabga kelar ekanlar, ular maktab dasturi talablarini bajarishga tayyor emasdirlar. Ushbu muammo quyidagi mualliflarning asarlarida aks ettirilgan: X.A.Meliyev 1984, M.S.Xoziaxmetova 1986, F.A.Nasriddinov, K.M.Mahkamjonov 1992 va boshq.
Boshqa sabablardan biri - jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini o`tkazadigan doimiy mutaxassislarning yo`qligidir. Faqat jismoniy tarbiya mutaxassisi bunday katta hajmdagi ishni bajarishi mumkin, faqat u jismoniy tarbiyaning tarbiyaviy, tashkiliy, ilmiy, uslubiy tomonlarini qamrab olish mumkin.
Yana bir sabab – bu bolalar jismoniy tarbiyasi masalalari ikkinchi o`ringa surib qo`yilgani, chunki pedagogik jamoa va ota-onalar o`rtasida jismoniy rivojlanish va tayyorgarlik borasida ijodiy o`zaro bog`lanishlar yo`q.
To`rtinchi sabab – tibbiy pedagogika nazorati hisoblanadi. Tuman, shahar, respublika sog`liqni saqlash tashkilotlari bolalar bog`chasi tibbiy xodimlari vazifalarini qaytadan ko`rib chiqishlari shart. Maktabgacha yoshidagi bolalarning jismoniy tayyorgarligi va rivojlanishini o`rganish natijalari bu boradagi ishlar yetarli darajada bajarayotganligini ko`rsatadi. Bolalarni jismoniy tayyorgarligi nazorat etilmaydi.
To`g`ri, ayrim bolalar bog`chalarida shaxsiy varaqasida bo`y uzunligi va tana og`irligini vaznini ko`rish mumkin, lekin qo`l barmoqlarining kuchini topish juda qiyin.
Hozirgi vaqtda dori-darmonlar bahosi bir necha marotaba ortib ketdi. Shu sababli kasallikni tabiat kuchi jismoniy mashqlar bilan davolash yaxshi emasmi?
Bolalar bog`chalariga qatnaydigan bolalar sog`lig`ini faqat jismoniy tarbiya bo`yicha mutaxassis va tarbiyachilar birgalikda hal qilishlari mumkin. Biz televizor, radio, matbuot orqali tashviqot ishlarini kam olib boramiz. Bolalar uchun jismoniy-sog`lomlashtirish, ommaviy sportga bag`ishlangan adabiyotlar kam tayyorlanadi, nashr etiladi, bu borada milliy aholi tilida umuman hech nima yo`q.
Yuqorida ko`rsatilgan hamma sabablar maktabgacha yoshdagi bolalrning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligining yomon darajada bo`lishiga sababchi bo`lmoqda. Bularning hammasi O`zbekistonda jismoniy tarbiya tizimini yaxshilashga yo`naltirilgan 1992-1995-yillarda ilmiy asoslangan holda o`rganiladigan muammo masalalari hisoblanadi.

Yüklə 122,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin