2.3.5. Pedagogik tajriba 2022 yil sentyabr oyidan 2023 yil aprel oyigacha Davlatobod tumanidagi № 54 va № 55-maktabgacha ta`lim muassasalarida olib borildi. Tadqiqot ishida 63 ta bola ishtirok etdi. Tadqiqotdan oldin tajriba va nazorat guruhi qilib tanlab olingan maktabgacha ta`lim tashkilotlaridagi 5-6 yoshli bolalari bilan o`tkaziladigan kun tartibida tashkil etiladigan jismoniy tarbiya-sog`lomlashtirish tadbirlari, sayrlar, jismoniy tarbiya mashg`ulotlari va harakatli o`yinlarn o`rganildi. Tajriba va nazorat guruhlardagi bolalardan jismoniy rivojlanish va tayyorgarlik bo`yicha olingan antropometrik ko`rsatkich hamda testlat tahlil qilindi. Tahlillar natijasiga ko`ra ularning jismoniy rivojlanishlari va tayyorgarliklari deyarli bir xil holatda ekanligi aniqlandi.
Tajriba guruhida kun tartibida tashkil etiladigan jismoniy tarbiya-sog`lomlashtirish tadbirlari, sayrlar, jismoniy tarbiya mashg`ulotlari va harakatli o`yinlar 5-6 yoshli bolalarini jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligini hisobga olgan holda mutaxassis tamonidan o`tkazildi. Nazorat guruhida kun tartibida tashkil etiladigan jismoniy tarbiya-sog`lomlashtirish tadbirlari, sayrlar, jismoniy tarbiya mashg`ulotlari va harakatli o`yinlar qanday bo`lsa, o`sha holatda o`tkazildi, nazoratchi tamonidan hech qanday ta`sir ko`satilmadi.
2.3.6. Matematik -statistik usullar. Olingan ma`lumotlarni tahlil qilishda pedagogikada qabul qilingan matematik-statistik usullardan va V.S.Ivanova., F.A.Kerimov., Yu.D.Jeleznyak., P.K.Petrovlarni adabiyotlaridan foydalanildi.
III bob. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni jismoniy tayyorgarligini oshirish bo`yicha o`tkazilgan tajribani samaradorligi. 3.1. Bolalarni jismoniy tayyorgarligini oshirishda jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini ahamiyati. Jismoniy tarbiyani tashkil etish turlari - bu bolalarning rang-barang faoliyatining ta’lim-tarbiyaviy kompleksi bo`lib, uning asosini harakat faolligi tashkil etadi. Bu turlarilarning yig’indisi bolaning jismoniy jihatdan to`laqonli rivojlanishi va sog’ligining mustahkamlanishi uchun zarur bo`lgan muayyan harakat rejimini vujudga keltiradi.
Bolalar harakat faoliyatini tashkil etishning turlari quyidagilardan iborat:
-jismoniy tarbiya mashg’ulotlari;
-kundalik tartibidagi jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish ishlari: ertalabki gimnastika, harakatli o`yinlar va sayr vaqtidagi jismoniy mashqlar, jismoniy tarbiya daqiqalari, kunduzgi uyqudan so`nggi jismoniy tarbiya mashqlari, chiniqtirish tadbirlari;
-faol dam olish: bolalar turizmi, jismoniy tarbiya dam olishlari, jismoniy tarbiya bayramlari, salomatlik kunlari, kanikullar;
-bolalarning mustaqil harakat faoliyati;
-uyga vazifa.
Bu turlarining barchasi jismoniy tarbiya va bolani har tomonlama rivojlantirishning umumiy vazifalariga javob berar ekan, ular o`zaro aloqadadirlar, shu bilan birga har biri o`zining maxsus vazifasiga egadir Bu ularning maktabgacha ta`lim tashkilotlari kun tartibidagi o`rnini belgilaydi.
Ilk yoshdagi bolalar guruhida asosiy jismoniy tarbiyaning turlari jismoniy mashqlar bilan yakka shug’ullanish hisoblanadi (gimnastika, massaj, harakatli o`yinlar).
Ertalabki gimnastika va jismoniy tarbiya mashg’ulotlari birinchi kichik guruhlarning barchasida boshlanadi, biroq ularning har biri yosh psixofiziologiyasi xususiyatlarini hisobga oluvchi harakat materialini hamda uni o`tkazish metodikasini tanlashga ko`ra o`ziga xosdir.
Jismoniy tarbiya daqiqalari maktabgacha ta`lim tashkilot larining katta guruhlarida ko`proq ahamiyatga ega bo`ladi. U aqliy faoliyat uyg’otuvchi (matematika, nutqni o`stirish bo`yicha) mashg’ulotlarga va bolalarning faol dam olishi hamda ish qobiliyatini tiklash vositaii sifatida ikki mashg’ulot o`rtasiga o`tkaziladi.
Ochiq havodagi harakatli o`yinlar va rang-barang mustaqil harakat faoliyati barcha yosh guruhlaridagi bolalar kundalik hayotining zarur sharti hisoblanadi.
Mashg’ulotlarning umumiy tavsifi. Mashg’ulotlarning ahamiyati
va vazifalari.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari bolalarni jismoniy mashqlarga muntazam o`rgatishning asosiy turlaridir. Mashg’ulotlarning ahamiyati harakatlarning kompleks shakllanishi, sog’lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni muntazam amalga oshirishdan iboratdir. Bu vazifalarning bajarilishi jismoniy kamoloti, organizmning funktsional takomillashuvi, bola sog’ligining mustahkamlanishi, ular tomonidan to`g’ri harakat ko`nikmalarining egallanishini, jismoniy sifatlar hamda jismoniy tarbiya va sportga nisbatan emotsional ijobiy munosabatni, shaxsni har tomonlama rivojlantirilishini ta’minlaydi.
Mashg’ulotlarda sog’lomlashtirish vazifalarini amalga oshirishga bolalarning har tomonlama harakat faoliyati yo`li bilan erishiladi, Ular organizmdagi barcha funktsional jarayonni, uning optimal gigienik va chiniqtiruvchi sharoitlarda hayotiy faoliyatni kuchaytirishga yordam beradi.
Ta’lim-tarbiyaviy vazifalar mashg’ulotlar jarayonida bolaning ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish, jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid ba’zi elementlar, bilimlar va terminlarni ma’lum qilish, to`g’ri harakat ko`nikmalari hamda jismoniy sifatlarni tarbiyalash yo`li bilan hal etiladi.
Mashg’ulotlar xushchaqchaq, intizomli, atrof-muhitda yaxshi harakat qila oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez va ishonch bilan, maqsadga yo`nalgan holda faoliyat ko`rsata oladigan, shuningdek, axloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon eta oladigan kishilarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Jismoniy mashg’ulotlar kuzda, qishda va bahorda binoda hamda ochiq havoda o`tkaziladi. Yoz paytida barcha mashg’ulotlar (yomg’irli kunlardan tashqari) ochiq havoda, jismoniy tarbiya maydonchasida o`tkaziladi. Binoda va ochiq havodagi mashqlar o`zaro aloqadadir: ular barcha sog’lomlashtirish va ta’lim-tarbiyaviy vazifalarning kompleks tarzda hal etilishini ta’minlaydilar. Mashg’ulotlarni o`tkazish sharoiti ularning ba’zi o`ziga xos xususiyatini belgilaydi. Binoda sog’lomlashtirish-gigienik shartlarga rioya qilgan holda o`tkaziladigan (deraza fortochkalari ochiq, engil kiyim va poyabzal) mashg’ulotlar harakatlarning to`g’ri, go`zal va aniq bo`lishini ta’minlaydi, umumiy harakat madaniyatini tarbiyalaydi. Ular turli buyumlar bilan va musiqa jo`rligida o`tkazilishi mumkin.
Ochiq havodagi mashg’ulotlar maksimal sog’lomlashtirish samarasiga ega, ular harakatlarni keng joyda bajarishga imkon beradi, jismoniy yuklamani kuchaytiradi, sport o`yinlari, estafetalarni o`tkazishga keng imkoniyat yaratadi. Biroq qalin kiyim va poyabzal harakatlarning aniq, ifodali, chiroyli bo`lishiga xalaqit beradi.
Dasturda har bir yosh guruhi uchun belgilangan jismoniy mashqlar mashg’ulotlarning mazmunini tashkil etadi. Mazmuniga ko`ra xilma-xil mashg’ulotlarni o`tkazishda vazifalariing aniq va oydin bo`lib qolishi, dasturni o`tishda izchillikka rioya qilish, shuningdek bolalarning yosh va yakka xususiyatlarini hisobga olish shartdir.
Mashg’ulotlar strukturasi jismoniy mashqlarning bolalar tomonidan izchil bajarilishidan iboratdir. U qo`yilgan vazifalar, asab tizimining ish qobiliyati va bola organizmining har bir alohida yosh bosqichdagi xususiyatlari bilan belgilanadi. Mashg’ulot paytida bola organizmining dinamikasi va uning psixologiyasini nazorat qilish tarbiyachining asosiy vazifalarldan biridir. Ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligi shunga bog’liq.
Harakat faoliyati jarayonida yurak qisqarishi chastotasi ko`rsatkichlarini o`rganish mashg’ulot boshlanishida uning asta-sekin osha borishini, so`ng kuchaya borib, mashg’ulotlarning asosiy qismida yuqori darajaga etishini va mashg’ulot so`ngida asta-sekin pasayishini ko`rsatdi. Bunday izchillik bir tomondan, qon aylanish tizimining faoliyati va organizm ish qobiliyati bilan; ikkinchi tomondan diqqat-e’tiborni qaratish, reaktsiya tezligi kabi psixik jarayonlarning kechishi va shu bilan bog’liq ravishda harakatlarning juda aniqligi bilan belgilanadi.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o`zaro bog’liq uch qismdan: kirish-tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi qismdan iborat. Ta’limiy, tarbiyaviy va sog’lomlashtirish vazifalari mashg’ulotning har bir qismi uchun baravar muhim ahamiyatga ega. Mazkur vazifalarni bajarish bolalarga har tomonlama ta’sir etishni ta’minlaydi.
Mashg’lotning kirish-tayyorgarlik qismi vazifalari va mazmuni. Jismoniy tarbiya mashg’ulotining birinchi qismi qo`yilgan vazifalar va uning asosiy qismidagi mashqlar mazmuniga ko`ra turlicha bo`lishi mumkin. Shuning uchun bir holda kirish, ikkinchi bir holda kirish - tayyorgarlik xarakterida bo`lishi mumkin. Mashg’ulotning bu qismi vazifasi bolalarda unga nisbatan qiziqish va emotsional kayfiyat paydo qilishdan, diqqatning tayyorgarlik darajasini tekshirishdan, ayrim harakat ko`nikmalarini aniqlashtirishdan, bola organizmini asta-sekin mashg’ulotning asosiy qismida kechadigan birmuncha intensiv faoliyatga tayyorlashdan iboratdir.
Shu maqsadda bolalarga to`g’ri qad-qomatni tarbiyalashga, yassitovonlikning oldini olishga yordam beradigan, fazoda hamda jamoada mo`ljal olish bilan bog’liq, bajarilishi ko`p vaqtni talab qilmaydigan tanish mashqlar va ularning variantlarini bajarish taklif etiladi.
Bunday mashqlarga quyidagilar kiradi: saflanish mashqlari - turlicha saflanishlar va qayta saflanishlar; turli topshiriqlar bilan bajariladigan (yo`nalishi ko`rsatilgan burilishlar, boshlovchilarni almashtirish va boshqalar) yurish va yugurish; tarqalib engil yugurish hamda keyinchalik katta va kichik davra bo`lib saflanish; turli ko`rinishdagi va yassitovonlikning oldini olish maqsadidagi yurishlar - tovonda, oyoq uchida, poldagi qalin shnur ustida, narvonda yurish va boshqa mashqlar.
Kirish qismi bolalarning qatorga uch-to`rttadan bo`lib, doira bo`lib saflanishi, tarqalishi va hokazolar bilan yakunlanadi. Bu bolalarni mashg’ulotning asosiy qismi boshlanishidagi umumrivojlantiruvchi mashqlarni o`rgatishga o`tish uchun xizmat qiladi. Bu qism kichik guruhlarda 2 dan 4 daqiqagacha, o`rta guruhlarda 3 dan 5 daqiqagacha, katta guruhlarda 4 dan 6 daqiqagacha davom etadi.
Agar mashg’ulotning birinchi qismi kirish-tayyorlov qism sifatida rejalashtirilsa, uning boshlanishida yuqorida ko`rsatilgan kirish qism uchun mo`ljallangan mashqlar beriladi. Biroq shundan so`ng mashg’ulotning shu qismida faqat takroriy va variatsiyali mashqlardan iborat o`rgatish talab qilmaydigan umumrivojlantiruvchi mashqlar berildi. Ularning vazifasi bola organizmini mashg’ulotning asosiy qismidagi birmuncha yuqori jismoniy yuklamaga tayyorlashdir. Bunda etarli jismoniy yuklamaga ega bo`lgan murakkab koordinatsiyali asosiy harakatlar yoki intensiv xarakterdagi sport mashqlari rejalashtiriladi. Bunday holda mashg’ulotning asosiy qismi bolalarni asosiy harakatlarga o`rgatishdan boshlanadi.
Kirish - tayyorgarlik qism kichik guruhlarda 3 dan 4 daqiqagacha, o`rta guruhlarda 4 dan 6 daqiqagacha, katta guruhlarda 5 dan 10 daqiqagacha davom etadi.
Mashg’ulotning asosiy qismi vazifalari va mazmuni. Mashg’ulotning bu qismida bir holatda dastlab bolalarni umumrivojlantiruvchi mashqlarga, so`ng asosiy harakatlarga o`rgatish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash vazifalari belgianadi; ikkinchi bir holatda asosiy harakat mashqlariga o`rgatish belgilanadi. Bu mashqlar yangi harakat materiali bilan tanishtirishni, avvaldan tanish mashqlarni turli variantlardan foydalanib takrorlashni, mustahkamlanish bosqichidagi harakat ko`nikmalarini takomillashtirishni ko`zda tutildi. Shundan so`ng barcha bolalarni jadal (intensiv) harakatga tortadigan qoidali harakatli o`yinlar o`tkaziladi.
Bolalarning optimal psixik ish qobiliyatining davomsizligini hisobga olib juda qiyin vazifalar asosiy qismning boshida belgilanadi (masalan, bolalarni yangi material bilan tanishtirish yoki juda murakkab koordinatsiyali mashqlarni bajarish).
Umumlashtiruvchi mashqlarni bolalar kichik predmetlar - bayroqchalar, tayoqchalar, chambaraklar, lentalar, shnurlar bilan bajaradilar. CHunki ular butun organizmning funktsnonal holatini yaxshilashga ta’sir etadi. Ular katta muskul guruhlarini asta-sekin jadal (intensiv) ishga jalb etish vazifalariga ko`ra tanlanadi.
Dastlab to`g’ri qad-qomatni shakllantnirish va nafas olishni tartibga solish maqsadida (masalan, qo`llarni yon tomonlarga uzatish va ularni ko`krak oldida birlashtirish va boshqalar) qo`l muskullari va elka kamari muskullarini rnvojlantirish hamda mustahkamlash mashqlari beriladi. Ikkinchi navbatda gavda uchun, orqa muskulini mustahkamlash va umurtqa egiluvchanligini rivojlantiruvchi (oldinga, orqaga va yon tomonlarga egilish, o`ngga va chapga burilishlar-gavdani aylantirish) mashqlar beriladi. Qorin va oyoq (tovonlarni qo`shuvchi) muskullarini rivojlantirib va mustahkamlovchi (cho`qqayish, tizzadan bukilgan oyoqlarni ko`tarish va boshqalar) mashqlar uchinchi navbatda beriladi.
Bu mashqlarni bajarishda va ularni takrorlashda bolalar organizmini asta-sekin katta yuklamaga tayyorlab borish ko`zda tutiladi.
Shundan so`ng asosiy harakatlarni o`rgatishga o`tiladi. Bunda ulardan biri bolalar uchun yangi, boshqalari esa o`rganish va takomillashtirish bosqichida bo`ladi.
Barcha muskul tizimining ishtirokini talab qiluvchi asosiy harakatlarni bajarish ko`p darajada organizmning funktsional holatini yaxshilaydi va tezkor, maqsadga yo`nalgan harakatlar bilan xarakterlanadigan harakatli o`yindagi yuksak faoliyat ko`rsatishga tayyorlanadi.
Mashg’ulotning umumrivojlantiruvchi mashqlarni o`rgatish bilan olib boriladigan asosiy qismi davomiyligi kichik guruhlarda 15 dan 18 daqiqagacha, o`rta guruhlarda 20 dan 22 daqiqagacha, katta guruhlarda 25-28 daqiqa bo`ladi. Umumrinojlantiruvchi mashqlarsiz o`tkazilganda esa uning davomiyligi kichik guruhlarda 8-12 daqiqa, o`rta guruhlarda 12-15 daqiqa, katta guruhlarda 15-20 daqiqani tashkil etadi.
Mashg’ulot yakunlovchi qismining vazifalari va mazmuni. Mashg’ulotning o`yindan so`nggi yakunlovchi qismi tobora sekinlashadigan intensiv suratdagi yurishni o`z ichiga oladi. U umumiy qo`zg’aluvchanlikning pasayishiga va pulsning normallashishiga yordam beradi; yurish jarayonida bolalar bir necha nafas olish mashqlarini bajarishlari mumkin. Ba’zi hollarda yurish barcha bolalar ishtirokidagi kam harakatli o`yin bilan almashtirilishi mumkin (masalan, «Top-u, jim tur», «O`zingga yoqqan narsani keltir» kabi o`yinlar). Yurish yoki uni almashtiruvchi o`yin so`ngida mashg’ulotga yakun yasaladi va bolalar boshqa faoliyatga o`tadilar. Mashg’ulotning yakunlovchi qismi davomiyligi kichik guruhlarda 2 daqiqadan 3 daqiqagacha, o`rta va katta guruhlarda 3 daqiqadan 4 daqiqagacha bo`ladi.
Butun mashg’ulotning davomiyligi kichik guruhlarida 15-20 daqiqani, o`rta guruhlarda 20-25 daqiqani, katta guruhlarda 30-35 daqiqani tashkil etadi.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari jarayonida bolalarda harakat ko`nikmalarining rivojlanishi bilan bir vaqtda tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, egiluvchanlik, kuch kabi jismoniy sifatlar tarbiyalanadi.
Jismoniy mashg’ulotlari belgilanadigan o`quv ishi harakteriga muvofiq rejalashtiriladi: bir xil mashg’ulotlarda asosiy e’`tibor bolalarni yangi jismoniy mashqlarni avval o`rganilgani bilan birga o`rgatishga; ikkinchi xil mashg’ulotlarda harakat materialining bolalar tomonidan o`zlashtirish darajasi, bajarilish sifati va miqdoriy natijasi vaqt-vaqti bilan tekshirib turiladi: uchinchi bir xil mashg’ulotlarda bolalarga tanish mashqlar takomillashtirish maqsadida variantlardan foydalangan holda takrorlanadi va hokazo.
Ochiq havodagi mashg’ulotlar odatda uch qismdan: kirish-tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi qismlardan iborat bo`ladi. V.G.Frolov va G.P.Yurkolarning ma’lumotiga ko`ra, mashg’ulotlarning xususiyati turli sur’atda - tez, o`rta, sekin yugurishdan ko`p martalab foydalanish hisoblanadi. Yugurish sur’atining o`zgarishi organizmning funktsional imkoniyatlari ortishiga, umumiy chidamlilikning oshishiga ta’sir etadi.
Mashg’ulotning kirish - tayyorlov qismi harakat texnikasini yaxshilash, oyoq muskullarini mustahkamlash, qomatni takomillashtirish maqsadidagi nafas olish, sekin sur’atdagi yugurish mashqlari (tizzalarni baland ko`tarib qadam tashlash, mayda qadam tashlash)dan iboratdir. Yugurishdan so`ng bolalar zvenoli qator, doira va boshqalarga saflanadilar, bu keyingi mashqlar uchun maqsadga muvofiqdir.
Mashg’ulotning asosiy qismi qo`l, gavda va oyoq muskullariga yaxshi yuklama beruvchi umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish uchun mo`ljallanadi. Shundan so`ng o`rtacha tezlikda yugurish o`tkaziladi. U yurish va bolalarning asosiy harakatlarni bajarish uchun qayta saflanishi bilan tugallanadi. Bunda avval murakkab yoki yangi harakatlar, o`rtacha tezlikda yugurishdan so`ng esa sekin sur’atdagi yugurish bilan tugallanadigan tanish (takroriy) harakatlar beriladi. Bu qism oxirida musobaqali harakatli o`yin, estafeta o`yini yoki sport o`yini o`tkaziladi. Ular bolalarning yuqori harakat faolligini ta’minlaydi.
Mashg’ulotning yakunlovchi qismida sekin sur’atdagi yugurishdan nafas olish mashqlarini bajargan holda yurishga o`tiladi.
Shunday qilib, dastur materialini o`zlashtirish va etarli darajadagi yuqori jismoniy yuklama ta’minlanadi. Bunda bolalarning ijobiy emotsiyalari katta rol o`ynaydi. Bu emotsiyalar mashqlarni yaxshi bajarishga va toliqmaslikka undaydi.
Mashg’ulotlarni o`tkazish metodikasi
Jismoniy mashqlarni mashg’ulotlar uchun tanlash dastur asosida tuziladigan ish rejasi bo`yicha belgilanadi. Muayyan guruh bolalari yoshini, har bir bolaning salomatligini, umumiy rivojlanish darajasini hisobga oluvchi perspektiv va kalendar rejalar bolalar tomonidan egallangan harakat ko`nikmalari, bolalarning yakka tipologik xususiyatlari, yil fasli, mashg’ulotlarni o`tkazish sharoiti, shuningdek, bolalarning avvalgi faoliyatini hisobga olishdan kelib chiqqan holda mashg’ulot vazifalari va aniq jismoniy mashqlar belgilanadi.
Navbatdagi mashg’ulot rejasini ishlab chiqishda oldingi mashg’ulotni sinchiklab tahlil qilish qo`l keladi. Tahlil jarayonida oldingi mashg’ulotda qo`yilgan vazifalarning amalga oshirilgan darajasi, bolalar reaktsiyasida namoyon bo`ladigan va mashg’ulotni hisobga olishda qayd etiladigan natijalar (barcha bolalar tomonidan va alohida holda yangi dastur materiali o`zlashtirish darajasi; tanish harakatlarni egallashdagi o`sish yoki qo`shimcha mashqlar, engilroq variantlarni, birmuncha chuqurroq o`rganishni, bolalarni tashkil etish turlarisini o`zgartirishni, yakka mashg’ulotlar va hokazolarni talab etuvchi u yoki bu qiyinchiliklar) aniqlanadi.
Oldingi va keyingi mashg’ulotlar o`rtasidagi uzviy aloqa, umumiy maqsadga yo`nalganlik mukammal tizimni ta’minlaydi. Bu tobora murakkablashib boradigan vazifalarni bajarishdagi aniq izchillikni, dasturni o`tishni va shu asnoda har bir yosh guruhidagi bolalar ta’limining natijalari muvaffaqqiyatli bo`lganini belgilaydi. Oldingi mashg’ulot tahlili asosida avvalo mashg’ulot asosiy qismining vazifalari: bolalarni yangi mashqlarga o`rgatish; oldindan tanish mashqlarni takrorlash va takomillashtirish (aniq jismoniy mashqlar ko`rsatiladi) belgilab olinadi. Shundan so`ng mashg’ulotning kirish va yakunlovchi qismiga mo`ljallangan mashqlar aniqlanadi.
Tarbiyachi, ayniqsa etarli tajribaga ega bo`lmagan tarbiyachi dasturda berilgan metodik tavsiyalardan jismoniy mashqlarni rejalashtirish tizimidan foydalanishi mumkin. Ushbu tavsiyalarga ijodiy yondoshgan holda o`z guruhidagi aniq sharoitga muvofiq rejaga zarur o`zgartishlar kiritishi mumkin. Ayni paytda mazkur ko`rsatmalar unga bolalarni dasturga ko`ra jismoniy mashqlarga tizimli o`rgatishda yordam beradi.
Mashg’ulotlarda bolalarni uyushtirish usullari.
Tarbiyachi yoki jismoniy tarbiya mutahassisi bolalarni har bir mashg`ulotga uyushtirishda frontal – guruhli va yakka kabi turli usullaridan foydalanadi.
Frontal usullardan foydalanilganda bolalarga barcha uchun bir xil tarzda, bir vaqtda bajariladigan mashqlar beriladi. Frontal usulni mashg’ulotning istalgan qismida, ayniqsa bolalarni yangi mashqlarga o`rgatishda yoki allaqachon tanish mashqlarni takomillashtirishda qo`llashi maqsadga muvofiqdir. Bu usul bolalarda harakat uyg’unligini tarbiyalashda, ularni barcha uchun barobar vazifalarni hal etishga birlashtirishda, tarbiyachining bolalar bilan bevosita aloqaga kirishishida, shuningdek, mashg’ulotlarning motor zichligini oshirishda samaralidir.
Bolalar mashg’ulot detallarini o`rganish va aniqlash jarayonida navbati bilan harakat qiluvchi uncha katta bo`lmagan guruhga bo`linishi mumkin. Bunda tarbiyachi mashqning bir yoki ikki guruh tomonidan bajarilishini kuzatib borish imkoniyatiga ega bo`ladi, qolgan bolalar esa o`z o`rtoqlari harakatlarini kuzatadilar va tarbiyachini tinglaydilar.
Bundan tashqari mashqlarni navbatma-navbat usulida bajarishdan ham foydalaniladi, bunda barcha bolalar aynan bir mashqni navbatma-navbat, birin-ketin, to`xtovsiz - navbatma-navbat usulida bajaradilar. Mashqlarni keng ko`lamda takrorlash uchun ularni bajarish ikki va uch navbatma-navbatda tashkil etilishi mumkin. Turli mashqlarni har bir bola tomonidan davra bo`ylab, stantsion tarzda izchil tartibda navbatma-navbat usulida bajarilishi foydali hisoblanadi (masalan, chambarak orasidan o`tish, skameykada qomatni tik tutib yurish, sakrab qo`ng’iroqchani chalish, chopish va yugurib kelib uzunlikka sakrash).
Jismoniy mashqlarni navbatma-navbat usulida bajarish usulini katta va tayyorlov guruh bolalariga nisbatan qo`llash maqsadga muvofiqdir. Bu usulning mashqlarni takomillashtirishdagi alohida ahamiyatga molikligi va ularni o`rganishda esa kam ahamiyatga ega ekanligini qayd etib o`tmoq lozim: navbatma-navbat harakatning to`xtovsizligi tarbiyachiga ba’zan bolalar xarakatidagi noaniqliklarni bartaraf etishda imkon bermaydi; u har bir bolani kuzatib boradi va bu vaqtda mashqlarni bajarilishini qisqa tarzda baholashi yoki ogohlantirishi mumkin. Shu bilan birga harakat - navbatma-navbat usulini ko`nikmalarni takomillashtlrishda qo`llash bolalarda tezkorlik, epchillik, kuch, chidamlilik va fazoda mo`ljal olish kabi jismoniy sifatlarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Katta va tayyorlov guruhlarda guruhiy usuldan foydalaniladi. U mashg’ulotda tarbiyachining bolalarni o`rgatish jarayoni va bolalarning avval orttirgan harakat ko`nikmalarini takomillashtirish bilan qo`shib olib borilgan hollarda qo`llaniladi. Bunda bolalarning bir guruhi tarbiyachi rahbarligida biror-bir harakatga o`rgatiladi, ikkinchi guruh bolalari (yoki ikkita katta bo`lmagan guruh) esa bu vaqtda boshqa mashq turini mashq qiladilar (takroriy). O`zlariga avvaldan tanish, biroq turli mashqlarni (to`p o`yini, tirmashib chiqish, muvozanat saqlash va boshqalar), shuningdek ijodiy topshiriqlarni bajaradigan ikki yoki uch guruh bolalar bo`lishi mumkin.
Tarbiyachi bir guruhni bevosita o`rgata borib, barcha shug’ullanuvchilarni ham e’tibordan qochirmaydi, bolalarga harakatlari to`g’riligini, tartib, xatti-harakatlarini o`zlari nazorat qilib borishlarini taklif etadi. Mashg’ulot shunday tashkil etilganda bolalarda mas’uliyat, o`zini tuta bilish, topshiriqni barcha uchun umumiy ish kayfiyatini buzmagan holda mustaqil bajarish malakasi, o`z ko`nikmalarini ongli ravishda takomillashtirish tarbiyalanadi va shuningdek, mashg’ulot davomida butun guruhning harakat faolligi va yuqori motor zichligini saqlash imkoniyati yaratiladi.
Mashg’ulot jarayonida har bir bola o`ziga berilgan topshiriqni tarbiyachi nazorati ostida mustaqil bajarayotganida yakka usuldan foydalanish mumkin. Hamma uchun umumiy bo`lgan mashqlar detallarini aniqlashtirish maqsadida mashq tarbiyachi chaqirig’iga ko`ra yakka tarzda bajariladi. Bunday usul tarbiyachining alohida e’tiborini, bolalarni yaxshi uyushtirishni, barchani faol kuzatishga jalb etish va topshiriqlar bajarilishining to`g’riligini tahlil qilishni, mashqlarni tarbiyachi chaqirig’iga ko`ra qayta bajarishga tayyor turishni talab etadi.
Mashg’ulotda bolalarni uyushtirishning ko`rsatnb o`tilgan usullarining har biridan foydalanish tarbiyachi qo`ygan vazifalarga, mashg’ulot o`tkazadigan sharoitga va ularni ratsional amalga oshirishga bog’liq. Bolalarni mashqlarga o`rgatishda jismoniy tarbiya mashg’ulotlari samaradorligini oshirish va imkon beruvchi tashkil etishning turli aralash usullaridan foydalanish ayniqsa maqsadga muvofiqdir.
Kundalik rejimda jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish ishlari.
Ertalabki gimnastika
Ertalabki gimnastika bolaning oila, yasli, bolalar bog’chasidagi kundalik rejimining majburiy qismidir. Uning kattalar rahbarligida o`tkazib turilishi bolalarda asta-sekin yoqimli muskul sezgisi, ijobiy emotsiyalar, xushchaqchaqlik kayfiyatini uyg’otadigan jismoniy mashqlarga nisbatan ko`nikishni tarbiyalaydi.
Ertalabki gimnastikaning ahamiyati rang-barang: u organizmning hayot faoliyatini yaxshilaydi, uyqudan so`ng asab tizimini harakatga keltiradi, bedorlikka o`tish vaqtini qisqartiradi, ijobiy emotsiyalar uyg’otadi.
Uyqudan so`ng maxsus tanlangan jismoniy mashqlardan iborat ertalabki gimnastika bolaning butun organizmini asta-sekin faoliyat holatiga jalb etadi. Jismoniy mashqlarni bajarish bosh miya po`stlog’i qo`zg’aluvchanligini, shuningdek, butun markaziy asab tizimi faolligini kuchaytiradi. Ko`rish, eshitish, tayanch-harakat, teri kabi barcha retseptorlardan bosh miyaga keladigan butun impulslar oqimi asab tizimi ish qobiliyatini va organizmning hayot faoliyatini tiklaydi.
Yuqorida aytilganlarning barchasi ertalabki gimnastikaga yoki amaliyotda qabul qilingan badantarbiyaga tegishlidir. U bolaning oilada va internat turidagi muassasada uyg’ongan zahoti o`tkaziladi. Faqat kunduzgi bo`ladigan guruhlarda bunday tarbiya sog’lomlashtirish va tashkilotchilik ahamiyatini kasb etadi.
Ertalabki gimnastika to`g’ri qad-qomatni tarbiyalashga ta’sir etib, nafas olishni chuqurlashtiradi, qon aylanishini kuchaytiradi, modda almashishiga yordam beradi.
Ertalabki gimnastika bolalarda diqqatni, maqsadga intiluvchanlikni tarbiyalaydi, aqliy faoliyatning oshishiga yordam beradi, emotsiya va quvonch tuyg’ularini uyg’otadi. Bolalarning jismoniy mashqlarni ochiq havoda yoki darcha, derazalari ochiq xonada suv muolajalari (artinish, suv quyish, dush) bilan o`tkazishlari juda sog’lomlashtiruvchi samara beradi: asab tizimining umumiy holati va funktsional imkoniyatlarini yaxshilaydi, uni mustahkamlaydi va chiniqtiradi, qo`zg’alish va tormozlanish jarayonlarining muqobillashuviga yordam beradi, almashinish reaktsiyalarini yaxshilaydi, shamollash va yuqumli kasalliklarga nisbatan immunitet hosil qiladi, bolalarda tetiklik, engillik, quvonch sezgilarini uyg’otadi.
Bolalar organizmini chiniqtirish maqsadida suv harorati asta-sekin pasaytirib boriladi; bunda vrach ko`rsatmasi asosida har bir bolaga yakka yondashishga rioya qilinadi.
Shuiday qilib, ertalabki gimnastika chiniqish muolajalari bilan o`zaro aloqadorlikda bolaning xushchaqchaq kayfiyatini kun davomida saqlovchi va oshiruvchi muhim, har tomoilama jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish jarayoni hisoblanadi.
Ertalabki gimnastikani o`tkazish metodikasi
Sog’lomlashtirish va tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish uchun ertalabki gimnastika aniq belgilangan vaqtda o`tkazilishi zarur.
Ertalabki gimnastika birinchi kichik guruhdan boshlab joriy etiladi. Gimnastika uchun mashqlarni tanlash va uning davomiyligi dastur asosida har bir yosh guruh bolalarining xususiyatlari hamda imkoniyatlarini hisobga olgan holda belgilanadi. Ertalabki gimnastikada qo`llaniladigan mashqlarni bolalar oldindan jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida o`rganadilar. Biroq u yoki bu harakatni quruq takrorlamasalarda, ularning umumiy asosini saqlaydilar. Masalan, ertalabki gimnastikada «tayoqni bosh ustida ushlab turgan holatdan, bukilgan tizzaga tekkizish» mashqiga bolalar qo`llar yuqoriga ko`tarilgan holatdan bukilgan tizza uzra chapak chalish yoki shunga o`xshash mashqni bayroqchalar, chambarak va hokazolar bilan bajarish vaqtida tayyorlanadi. Bunday bir tipdagi mashqlar maxsus o`rganishni talab etmaydi, ayni paytda turli predmetlarni qo`llanish tufayli ko`nikmalarni muntazam mashq qildiradi. Variantlardan qanchalik ko`p foydalanilsa, harakat ko`nikmasi shunchalik ko`p va yaxshiroq hosil qilinadi, mashq aniqroq bajariladi va uning sog’lomlashtirish sarasi ko`proq bo`ladi.
Har bir ertalabki gimnastika kompleksi odatda 7 kun davom etadi. Bu vaqt ichida kompleksga mashq vazifalariga yaqin variantlar kiritilishi, foydalaniladigan predmetlar o`zgartirish mumkin. Tarbiyachi bolalarning nafas olishini, nafasni so`z va ovoz bilan chiqarishini talab qilgan holda kuzatib boradi. Har bir mashqning oxiri musiqa iborasining oxiri bilan tugaydi va bolalar shunga muvofiq sekingina «Pastga» yoki «Chapak», «O`tirdik» deyishadi.
Mashqni boshlashdan oldin va u tugagach, katta guruh bolalari asosiy tik holatda (tovonlarni juftlashtirib, oyoq uchlarini kerib) turadilar. Shu holatidan ular tarbiyachi ko`rsatmasiga ko`ra keyingi mashq uchun turish holatini o`zgartiradilar va yurishni boshlaydilar. Yurish tugagach ular yana asosiy holatiga qaytadilar. Bu bolani gavdasini (qomatni) to`g’ri tutishga o`rgatishda yordam beradi, ixchamlik, uyushganlikni tarbiyalaydi. Kichik va o`rta guruhlarda bolalar oyoqlarni parallel holda biroz kerib turadilar, bu yassi tovonlikning oldini oladi.
Ertalabki gimnastika so`nggidagi sur’atni sekinlatib yurish, turgan joyida oyoqlarni biroz ko`tarib qadam tashlash, nafas olish mashqlarini bajarish bilan tugallanadi. Bu bola yurak pulsini normal holga keltiradi. Ertalabki gimnastikadan so`ng bolalar ular uchun shifokor tomonidan belgilangan suv muolajalari (artinish, ustdan suv quyish, dush) bilan shug’ullanadilar.
Ertalabki gimnastika o`tkazish sharoiti.
Ertalabki gimnastika darcha, derazalari ochiq toza xonalarda yoki hovlidagi toza maysazor yohud tuproqli maydonchada o`tkaziladi.
Statsionar guruh bolalari ertalabki gimnastikaga trusi va shippakchalarda chiqadilar. Uydan keladigan bolalar ham kiyinib oladilar. Bunday tartib yil davomida organizmni bora-bora sovuq temperaturaga o`rgatadi va ertalabki gimnastika chiniqish muolajasi — havo vannasi ahamiyatini kasb etadi.
Agar ertalabki gimnastika kuzgi-qishgi mavsumda ochiq havoda o`tkazilsa, bolalar maxsus kostyumlar kiyadilar, gimnastikadan so`ng suv muolajasini qabul qiladilar.
Derazalari ochiq zalda (kuz va qishda) yoki ochiq havoga chiqqanda gimnastika qisqa muddatli, yugurishga o`tiladigan yurishdan boshlanadi. U organizmda issiqlik hosil qiladi. Yurak, o`pka faoliyatini kuchaytiradi, vegetativ asab tizimi funktsiyasini faollashtiradi. Yurishdan asta-sekin yugirishga, tez sur’atdagi yugurishga o`tilib, keyin sekinlashiladi va bolalar doira yoki qator bo`lib qayta saflanadilar.
Katta miqdorda kislorod talab etuvchi muskul ishi jarayonida nafas olish chuqurlashadi va organizmda issiqlik kuchayadi va sovish xavfi yo`qoladi. Muntazam takrorlanganda issiqlik regulyatsiyasi takomillashadi va sovuq xavo(temperatura)ga nisbatan ko`nikma hosil qilinadi. Bolalar junjikmaydigan va sovuqdan qo`rqmaydigan bo`ladilar, ularning asab tizimi mustahkamlanadi, ochiq havoda ishtiyoq bilan shug’ullanadilar. emotsional-ijobiy munosabatni tarbiyalash katta ahamiyat kasb etadi. Mashg’ulotlar natijasida bolalar «Biz jismoniy tarbiyachilarmiz!» deydigan bo`ladilar.
Bolalar harakat faoliyatining asosiy turlari
Bolalarnnng kundalik hayotdagi harakat faoliyatini to`g’ri tashkil etish bolaning sog’lom jismoniy holati va kun davomidagi psixikasi uchun zarur harakat rejimini bajarilishini ta’minlaydi. Bir tomondan muayyan aqliy kuchni va ikkinchi tomondan faol dam olishni talab qiluvchi turli xarakterdagi bolaning faoliyatini maqsadga muvofiq almashtirib turish asab tizimi charchashining oldini olishni, bolada xushchaqchaq kayfiyat va organizmning optimal ish qobiliyatini saqlab turishni ko`zda tutadi.
Bolalarni jismoniy tarbiyalash dasturining sog’lomlashtirish va ta’lim-tarbiyaviy vazifalari turli turlarida amalga oshiriladi, ular orasida sayrda harakatli o`yinlar va jismoniy mashqlarni uyushgan holda o`tkazish muhim ahamiyatga ega.
Bola tizimli jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida harakat ko`nikmalarini muvaffaqiyatli egallash asoslarini oladi. Biroq egallangan ko`nikmalarning takomillashtirilishi va ularning bola tomonidan turli hayotiy sharoitlarda mustaqil qo`llanilishini faqat mashg’ulotlardagina amalga oshirish mumkin bo`lmaydi. Tarbiyachi bolalarga egallagan ko`nikmalaridan turli faoliyatda mustaqil ravishda foydalanishga o`rganishlariga imkon berih maqsadida sayr vaqtida harakatli o`yinlar, jismoniy mashqlar, yakka mashg’ulotlar tashkil etadi va bolalarning o`zlari uyushib o`ynashlari hamda mashq qilishlari uchun imkon yaratadi. Buning natijasida bolalarning harakat tajribasi kengayadi, egallagan ko`nikmalari takomillashadi, jismoniy sifatlar tarbiyalanadi; o`yin va mashqlarning emotsiyalarni, tafakkur faoliyatini, harakat faolligini uyg’otadigan yangi variantga nisbatan qiziqishni orttiradi. Bolalarning bunday faoliyati do`stona ruhda bo`lishi, birgalikdagi harakatlar barcha ishtirokchilarga zavq bag’ishlashi lozim.
Harakatli o`yinlar va jismoniy mashqlar
Harakatli o`yinlar maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning asosiy harakat faoliyati, shuningdek jnsmoniy mashqlar sifatida tarbiyachi tomonidan kunning turli vaqtida, har bir yosh guruhi rejimiga muvofiq ertalab, tushda va kechki sayr paytida rejalashtiriladi. Tarbiyachi o`yinlarni kalendar reja bo`yicha taqsimlashda harakat ko`nikmalarining takomillashuviga xizmat qiluvchi harakat mazmunining rang-barangligini, zarur takroriylik, murakkablashuv va variativlikni ko`zda tutadi. Tashqi muhit sharoitini xisobga olish o`yinda qatnashuvchi bolalar soni, ularga zarur mo`ljal olish va aniq vaziyatda o`zini tutishi tarbiyalash uchun muhimdir.
Bolalar o`yin faoliyatining barcha imkoniyatlaridan kun davomida foydalanish uchun belgilangan rejimga qat’iy amal qilish zarur, chunki harakatli o`yinlarni o`tkazish vaqti va ular davomiylngi bolalarning oldingi va bo`lg’usi faoliyati bilan uzviy aloqadadir. Bundan tashqari tarbiyachi bolalar faoliyat xarakterini kuzatib borib, ularga turli mazmundagi va harakat darajasidagi o`yinlarni taklif etadi, shu asnoda ularni harakat faolligini boshqaradi: birining harakatini kuchaytiradi, ikkinchisinikini bir oz cheklaydi va kerakligicha dam olishini ta’minlaydi.
Harakatli o`yinlar va mashqlarni o`tkazishning kalendar rejasini tuzishda yil fasli va ob-havo holati ham hisobga olinadi. Faol harakatli o`yinlar sovuq havoda o`rtacha harakat xarakteridagi faoliyat turlari bilan almashtirib turiladi. Harakat faoliyati xarakteri va sur’atini almashtirib turish bolalar uchun dam olish imkonini yaratadi va sovuq qotishning ham, issiqlab ketishning ham oldini oladi, psixikasining ijobiy-emotsional holatini saqlab turadi. Bolalarning qish faslida ochiq xavodagi mazmunli faoliyati chiniqishlariga yordam beradi, organizmning sog’lomlashuviga yaxshi ta’sir etadi.
Bolalarning faol dam olishi
Bolalar muassasalaridagi jismoniy tarbiya bayramlari bolalarning sog’lom, xushchaqchaq holati va ularning harakat ko`nikmalarini shakllantirishdagi yutuqlari namoyishidan iborat bo`ladi. Toza havoda o`tkaziladigan, harakat mazmuni dinamikaga to`liq bu bo`lgan bolalar hayotida quvonchli voqea hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya bayrami dasturida bolalarning muayyan davr ichida egallangan harakat ko`nikmalarini aks ettirilishi quvnoq harakatli o`yinlar va xilma-xil jismoniy mashqlar tashkil etish lozim. Muntazam jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida o`zlashtirilgan bu harakat turlarilari maxsus tayyorgarlikni talab etmaydi va bayram dasturiga tabiiy ravishda kirishib ketadi, bolalarga katta zavq bag’ishlaydi.
Bayramga tayyorgarlik rejadagi tarbiyaviy ishga monelik qilmasligi kerak.
Bayramgacha vaqt davomiyligi hisobga olinmagan holda ko`p marta takrorlangan «nomerlar» bolalarda jismoniy va ruhiy toliqish uyg’otadi, qiziqishni so`ndiradi. Bayram bolalar bilan muntazam, tizimli ravishda olib boriladigan ishning natijasi bo`lishi kerak.
Jismoniy tarbiya bayramlari o`zlarining mazmun va hususiyatiga iga ko`ra dastur va tuzilish jihatdan juda xilma-xil bo`lishi mumkin.
Bu bayram kundalik hayot fonida maydonchaning odatdan tashqari bezatilishi, jismoniy tarbiya ashyolari: gullar, fonarchalar, lentalar va hokazolar yordamida jihozlanishi bilan ajralib turadi, bolalar maydonchasining odatdagi tusini o`zgartiradi va bolalarda bayram kayfiyati uyg’otadi. Bayram jarayonida musiqa ham katta rol o`ynaydi. U emotsional ko`tarinkilik yaratadi va bolalarni quvnoq, xushchaqchaq kayfiyatga birlashtiradi.
Bayramning birinchi qismi jismoniy tarbiya paradi turlarisida qurilishi mumkin. U alohida jamoalarga bo`lingan, o`zlarining vimpel va nishonlarini ko`tarib olgan bolalarning yurishi bilan boshlanadi. Qo`shiq, she’rlar jo`rligidagi bolalar harakati ulkan emotsional ko`tarinkilik uyg’otadi. Shundan so`ng bolalar o`z yutuqlarini o`yinlar va mashqlarda namoyish qilishlari mumkin. Katta guruh bolalari o`z kuchlariga yarasha musobaqalarda (yugurish, uloqtirish, sakrash, predmetlar bilan bajariladigan mashqlar va h.k.), o`yin-estafetalarda, sport o`yinlarida qatnashadilar. Bayramda quvnoq attraktsionlardan foydalanish mumkin. Bularning barchasi har bir yosh guruhi va umuman barcha guruhlar uchun ajratilgan vaqtni hisobga olgan holda o`tkaziladi.
Bayramlarning ikkinchi qismi bolalarda katta quvonch uyg’otuvchi tomosha turlarisi-qo`g’irchoq teatri sifatida yoki kattalar va bolalar ishtirokidagi kontsert, shuningdek «sehrli o`rmonga» sayr turlarisida tashkil etilishi mumkin.
Turli ko`rgazmali chiqishlar biror ertak qahramonining, hikoyachi, fokuschi, raqqos va hokazolarning paydo bo`lishi bu qismning doimiy komponenti hisoblanadi.
Bayram yakunida bolalar boshlovchi taklifiga ko`ra mehmonlar: ota-onalar, pedagoglar, ta`lim muassasasi xodimlarini taklif etib tushiriladigan umumiy raqs yaxshi kayfiyatni mustahkamlaydi. Birinchi juftlikda bayram boshlovchisi -tarbiyachi bola bilan raqsga tushadi; u murakkab bo`lmagan harakatlarni ko`rsatadi, qolganlar ularni takrorlaydilar.
Jismoniy tarbiya bayramlarini qishda o`tkazgan ham yaxshi. Ular mazmunili ham bolalarning harakat faoliyati tashkil etadi. Bu mavsum uchun chanada epchillik ko`rsatib uchish, konkida uchish va o`ynash, chang’ida yurish, quvnoq harakatli o`yinlar, murakkab bo`lmagan ommaviy raqslar, kattalar hamda maktab o`quvchilari tomonidan tayyorlangan ko`rgazmali chiqishlar xarakterlidir.
Qishki bayramni yangi yil archasi atrofida rus qishi sifatida yoki muayyan bir mavzudagi o`yin ko`rinishida («Shimolga yurish», «Sayohat» va boshqalar) tashkil etishi mumkin. Dastur mazmunini qish vaqtida ham bolalar shu vaqtga qadar o`rgangan jismoniy mashqlar va o`yinlar tashkil etadi. Chiroyli belgilar va musiqadan (bayan, akkordeon) foydalanish ularga o`ziga xoslik va yana ham qiziqarlilik baxsh etadi.
Qishki bayramlarda bolalar ashula va she’rlar aytmaydilar, biroq musiqa, boshlovchining murojaati (she’rda yoki darsda) bayram kayfiyati baxsh etadi, bolalarning alohida harakatlari va o`yinlarini yaxlit bir faoliyatga birlashtiradi. Quvonchli xayrat va kulgi manbai - ko`rgazmali chiqishlar kattalar yoki maktab o`quvchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Bayramning muvaffaqiyatli o`tkazilishi butun pedagoglar jamoasi: mudira, uslubchi, musiqa rahbari va tarbiyachilarning ahillikdagi mehnati samarasidir.
Bolalar bayramni tayyorlashda o`zlarining kuchlari etadigan ishlarda qatnashishlari mumkin. Kundalik hayot asnosida xursandchilik kayfiyati o`sib va kuchayib borishi (stadionga ekskursiyaga borish, illyustratsiyalarni tomosha qilish, suhbatlar, she’rlar) va bayram vaqtiga borib o`zining yuqori nuqtasiga etishi lozim.
Bolalar hayot tarzi bayram o`tkaziladigan kuni keraksiz shoshqaloqlik, rejimga rioya qilmaslik, tarbiyachilarning asabiyligi bilan buzilmasligi kerak.
Kattalarning bayramni muvaffaqiyatli o`tkazishdan umumiy manfaatdorligi, ularning bolalarga quvonch va zavq berish istagi qanchalik jo`sh urganligidan qat’i nazar, bayramda belgilangan rejadagi tadbirlarning davomiyligi 45-60 daqiqadan oshmasligi lozim.
Bo`sh vaqtda jismoniy tarbiya mashqlari bilan shug’ullanish-bu bolalarning kundalik hayotida yorqin emotsional holatlardan biridir.
Salomatlik kunini dastur ko`rsatmalariga muvofiq ikkinchi kichik guruhdan boshlab o`tkazish tavsiya etiladi. Uning vazifasi bola nerv tizimi profilaktikasi haqida g’amho`rlik qilishdan, uning organizmini, psixikaning ijobiy emotsional holatini saqlagan holda sog’lomlashtirishdan iboratdir. Shuning uchun bu kuni bolalarning ochiq havoda iloji boricha ko`proq bo`lishiga va imkoni boricha tabiat qo`ynida yurishiga erishish zarur. Bolalar aqliy kuch talab qiladigan mashg’ulotlardan ozod qilinldilar. Ular o`zlari uchun qiziqarli bo`lgan sevimli o`yinlarini o`ynaydilar, kuylaydilar, muzika tinglaydilar, bir-birlari bilan xotirjam, quvnoq tarzda muloqatda bo`ladilar.
Tarbiyachi rejimga moslashtirish va bolaga bolalar bog’chasi va oilada ertalabki gimnastika hamda jismoniy mashqlarni bajartirish maqsadida uyga vazifa beradi. Bu vazifalarii bola uyda ota-onalap nazoratida va ular bilan birgalikda bajaradi.
Tarbiyachi birgalikdagi vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ota-onalar bilan konsultatsiyalar o`tkazadi: ular bilan ertalabki gimnastika va predmetlar (to`plar, chambaraklar, tayoqchalar, bayroqchalar va h. k.) bilan va predmetlarsiz bajariladigan jismoniy mashqlarni amalda o`rganadi. Bunda u ota-onalarga bola bilan ertalabki gimnastika va jismoniy mashqlarni o`tkazish metodikasini bayon qiladi. Bundan tashqari devoriy gazetada ota-onalar uchun aniq mashqlar bayoni yozilgan kartochkalar ham qo`yilgan bo`ladi. Ular dasturni o`tish asnosida tarbiyachi tomonidan muntazam almashtnrilib turiladi.