Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi


-6 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarligi bo`yicha olingan natijalar



Yüklə 122,85 Kb.
səhifə12/15
tarix28.09.2023
ölçüsü122,85 Kb.
#150089
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi

3.2. 5-6 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarligi bo`yicha olingan natijalar.
5-6 yoshli bolalarni jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligining dastlabki va tajribadan keyingi natijalari aniqlandi va solishtirildi.
5-6 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanishi tajribagacha bo`lgan holati quyidagicha namoyon bo`ldi. Tajriba guruhida o`g’il bolalarda gavda uzunligi 111,2 sm bo`lgan bo`lsa, nazorat guruhida 112,5 sm, gavda og’irligi tajriba guruhida 18,5 nazorat guruhida 18,2 kg ni tashkil etdi.
Qiz bolalarda esa gavda uzunligi tajriba guruhida 111,0 sm, nazorat guruhida 111,2 sm, gavda og’irligi tajriba guruhida 18,0, nazorat guruhida 18,2 kg ni tashkil etdi.
5 yoshli tarbiyalanuvchilarni tajribagacha bo`lgan jismoniy rivojlanish ko`rsatkichlari
(3,2,1 jadval)



O`lchovlar

Jinsi

5 yosh

n

Tajriba

Nazorat

1

Gavda uzunligi (sm)

o`g’il
qiz

13
14

112,2
111,0

112,5
111,2

2

Gavda og’irligi (kg)

o`g’il
qiz

13
14

18,5
18,0

18,2
18,2

3

Ko`krak qafasining kengligi (sm)

o`g’il
qiz

13
14

57,5
56,9

57,2
57,4

4

O`pkaning tiriklik sig’imi (ml)

o`g’il
qiz

13
14

1200
1200

1200
1200



Ko`krak qafasi kengligi ikki xil holatda o`lchandi. Nafas olganda va nafas chiqarganda undagi natijalar quyidagicha tajriba guruhida o`g’il bolalarda o`rtacha 57,5 sm, nazorat guruhida 57,2, qizlarda 56,9 va 57,4 sm ni tashkil etdi. O`pkaning tiriklik sig’imi va panja kuchi natijalari ham bu yoshda bir-biriga yaqin ekanligi aniqlandi.
Ayrim ko`rsatkichlar bo`yicha nazorat guruhi natijalari balandroq ekanligini ko`rishimiz mumkin. Masalan, gavda uzunligi, ko`krak qafasi kengligi qizlarda yoki panja kuchida lekin oradagi farq juda ham katta emas.
Jismoniy tayyorgarlik bo`yicha dastlabki olingan test me’yorlari natijalariga ko`ra tajriba guruhida 30 metrga yugurishda o`g’il bolalarda 9,5 soniya, nazorat guruhida ham 9,5 soniyani, qizlarda esa o`z navbatida 9,8-9,9 soniyani tashkil etdi. 4x10 metrga mokisimon yugurishda tajriba guruhida o`g’il bolalarda 17,1, qizlarda 17,7 soniya, nazorat guruhida esa o`g’il bolalarda 17,5 qiz bolalarda 17,2 soniyani tashkil etdi. Bu ko`rsatkich o`g’il bolalarda tajriba guruhi nazorat guruhi natijasidan farqi 0,4 soniyaga farqi borligi aniqlandi.

Yüklə 122,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin