Maktabi va O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə2/3
tarix08.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#67921
1   2   3
MEMORANDUM(prezident maktabi agentligi tasarrufidagi TM bilan)

2. Memorandum sohasi
2.1. Oliy ta’lim muassasasining vazifalari:
2.1.1. Pastdarg‘om tumani ixtisoslashgan maktabida umumta’lim fanlari bo‘yicha institutning kafedra filiali tashkil etish;
2.1.2. Iqtidorli o‘quvchilarning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini ochib berish va ular uchun shart-sharoitlar yaratishga metodik yordam ko‘rsatish;
2.1.3. O‘quvchilarning tabiiy va aniq fanlarni chuqur o‘rganishi, muhandislik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishlarini tashkil qilish hamda ularning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarini rivojlantirishga qaratilgan seminar-treninglar tashkil etish;
2.1.4. O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, olingan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llashga yo‘naltirilgan ta’lim metodlarini joriy qilishga ko‘maklashish;
2.1.5. O‘quvchilarni umumta’lim fanlari bo‘yicha xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarga tayyorlash hamda munosib ishtirokini ta’minlashga amaliy yordam ko‘rsatish;
2.2. Ta’lim tashkilotining vazifalari:
2.2.1. Umumta’lim fanlari bo‘yicha kafedra filiali uchun zaruriy shart-sharoit yaratish va jihozlashni (stol-stul, AKT vositalari) ta’minlash;
2.2.2. Ta’lim muassasasida qisqa muddatli o‘qitish yoki ma’ruzalar kurslari, kasbiy seminarlar, biznes o‘yinlar, treninglar, ilm-fan bo‘yicha mahorat darslarining dasturi bo‘yicha taklif tayyorlash;
2.2.3. Talabalarning o‘quv va pedagogik amaliyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda tajriba-sinov ishlarini tashkil etishga ko‘maklashish;
2.2.4. Mutaxassislar almashinuvi, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarni amalga oshirish, Respublika va xalqaro anjumanlar, simpoziumlar, davra suhbatlari tashkil etishda ko‘maklashish;
2.2.5. Pedagogik yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun muammolarni va ilmiy tadqiqot mavzularini shakllantirishga taklif berish.


3. Memorandum shakllari
3.1. Og‘zaki va yozma maslahatlar orqali;
3.2. Ikki tomonlama maqsad va vazifalarini aniqlash uchun puxta ishlab chiqarilgan reja asosida;
3.3. Uchrashuv, anjumanlar, simpoziumlar, forum va seminarlarni tashkil etish orqali;
3.5. Muayyan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar natijalarini muhokama qilish uchun har chorakda bir marta muntazam uchrashuvlarni tashkil etish;
3.6. Tomonlarning hamkorligi ostida amalga oshiriladigan ishlarni muvofiqlashtirish uchun mas’ul shaxslarni aniqlash oraqali;
3.7. Tomonlar hamkorlikning o‘zaro manfaatli boshqa shakllarini amalga oshirishga haqlidir.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin