Maktabi va O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə3/3
tarix08.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#67921
1   2   3
MEMORANDUM(prezident maktabi agentligi tasarrufidagi TM bilan)

4. Memorandum dasturi
4.1. Ushbu Memorandum doirasida Tomonlar hamkorlik dasturi bo‘yicha aniq vazifa va maqsadlarni belgilab olib takliflarni muhokama qilish maqsadida, har yili bir marotaba uchrashuv tashkillashtiriladi.
4.2. Tomonlarning o‘zaro roziligi bilan ushbu Memorandum doirasida amalga oshiriladigan birgalikdagi ishlariga tashqi tashkilotlar va jismoniy shaxslar jalb etilishi mumkin.

5. Nizolarni hal qilish tartibi
5.1. Ushbu Memorandumni sharhlash yoki qo‘llash bilan bog‘liq har qanday nizo faqat Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar orqali hal qilinadi va hal qilish uchun uchinchi tomonga o‘tkazilmaydi.
5.2. Har ikki tomon boshqa Tomonga taxmin qilingan tugatish sanasidan bir oy oldin tegishli yozma xabarnoma yuborib, ushbu Memorandumdan chiqish huquqiga ega. Shu bilan birga, agar Memorandumni tugatish vaqtida Memorandum tarkibiga kiruvchi har qanday dastur ustida ish olib borilayotgan bo‘lsa, unda barcha ishlar tugatish muddatidan qat’iy nazar tugatilishi shart.


6. O‘zgartirishlar kiritish tartibi
Ushbu Memorandum oldindan tuzilgan bayonnomaga asosan har Tomon roziligi bilan yozma ravishda istalgan vaqtda to‘ldirilishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.
7. Maxfiylik
Ushbu Memorandum doirasida Tomonlar vakillari Tomonning axborotini oshkor qilmaslik to‘g‘risidagi qoidalarga rioya qiladilar va o‘z faoliyatlarini amalga oshirish munosabati bilan oshkor qilinadigan barcha masalalar bo‘yicha zarur maxfiylikka rioya qiladilar.
8. Memorandumning amal qilishi
8.1. Ushbu Memorandum imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi
va 5 yil davomida amal qiladi.
8.2. Ushbu Memorandum qo‘shma faoliyatni amalga oshirish uchun hech qanday huquqiy yoki moliyaviy majburiyatlarni keltirib chiqarmaydi.
8.3. Ushbu Memorandum doirasida hech qanday harakat Tomonlarning vakolatlari va huquqlarini buzmasligi lozim.
8.4. Memorandum ikki nusxada tuzildi.





Prezident ta’lim muassasalari
agentligi tizimidagi Pastdarg‘om tumani ixtisoslashtirilgan maktab direktori S.S.Qo‘chqorov
_________________
“____” _____________ 2022 y.






O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori v.v.b., prof. F.T.Esanboboyev
_________________
“____” _____________ 2022 y.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin