Volume–32_Issue-1_Iyul_2023 180 ma’lumotlarni oydinlashtirishda, tadqiqotchilar e’tiboridan chetda qolgan ayrim zarur
chizgilarni to‘ldirishda ilmiy qimmatga ega. Ular faqat ko‘ngil yozish, insonning o‘z
fikrini qog‘ozda ifodalash usuli bo‘libgina qolmay, balki, dunyoning turfa ranglarini
ko‘ra bilish, his etish imkonini ham beradi. Jahondagi barcha peshqadam ziyolilar xat
yozib, xat olishgan. Bugungi kunda texnika taraqqiyoti, telefon, telegraf, elektron
pochta epistolyar janrni tashkil etuvchi maktublarga bo‘lgan ehtiyojni bir qadar
so‘ndirdi. Kishilar bir-biriga xat yozishdan anchayin uzoqlashdi. Lekin maktublarning
mohiyati emas, uning ko‘rinishi o‘zgardi xolos, deydi Ra’no Ibrohimova .
9
Bizningcha, bugungi kunga kelib maktublarning shakli ham, mohiyati ham
o‘zgargan. Zero oradan 15 yil o‘tdi. Chunki shuncha vaqt ichida shiddat bilan
rivojlanayotgan zamonda katta yangiliklar ro‘y berdi. Internet tarmog‘ida
WATS UP, TELEGRAM, INSTAGRAM, FACEBOOK kabi bir qancha messenjerlar paydo
bo‘ldi. Endi SMSlarga ham deyarli ehtiyoj qolmadi. Barcha , ayniqsa, yosh avlod
vakillari internet tarmoqlari orqali bir-birlari bilan xabarlashyapti. Albatta, bu
holatning ijobiy tomonlari ham ko‘p: vaqtni tejaydi, arzon, yuzma-yuz ko‘rishish
imkoni bor. Biroq, buning salbiy tomoniga ham ko‘z yumolmaymiz. Savodsizlik
darajasi ortib boryapti, o‘z ona tilimizga behurmatliklar ko‘payib ketyapti.
Tengdoshlarimiz shunday go‘zal tilimizning imkoniyatlaridan foydalana olishmayapti.
Tinish belgilari, badiiy tasvir vositalaridan foydalanishni unutib qo‘yishgan. Shuning
uchun yoshlarda mustaqil fikrlash, o‘z fikrini ravon nutq orqali o‘zgalarga yetkazib
berish qobilyati tobora pasayib bormoqda. Bu esa o‘ta achinarli holat. Qo‘l bilan
qog‘ozga yozilgan maktubning o‘rni boshqacha bo‘ladi. Undan muallifning hidi,
qanday holatda(shoshib, hotirjam…) yozilgani haqida bilish mumkin. Kishi qalbining
to‘rida yashiringan eng nozik tuyg‘ularni qog‘ozga to‘kib solish og‘zaki aytishdan
ko‘ra ba’zan osonroq kechadi va qalbga tezroq yo‘l topadi. Nima bo‘lganda ham, qo‘l
bilan yozilgan maktubning qadri, harorati boshqacha bo‘ladi. Shuning uchun bugungi
kunda did bilan, chiroyli nutq bilan yoziladigan maktublarga ehtiyojimiz bor.
Umuman olganda, maktub, xat, nomani bir-biridan farqlash, uning o‘rganilishiga
oid ma’lumotlarni oydinlashtirishga xizmat qiladi. Maktublar genezisini tadqiq qilish
uning keyingi taraqiyyoti uchun muhim sanaladi. Qadimgi dunyo adabiy
qarashlarining shakllanishida va ifodalanishida maktubdan foydalanilgan. Keyinchalik
esa bu adabiy tanqidda maktub janrining yuzaga kelishiga ta’sir ko‘rsatgan.