Volume–32_Issue-1_Iyul_2023 178 Xat amaliy ehtiyoj natijasida paydo bo‘ldi, unga badiiy sayqal berilib –
badiiylashtirilib, ta’sirchanligi yuqori bo‘lgan so‘zlardan foydalaniladi. Xat va
maktubning ahamiyati yuqori darajaga ko‘tarilib, bir qancha soxada foydalanila
boshlandi, xususan, badiiy adabiyotda ham shunday. Davrlar o‘tib maktublar badiiy
adabiyotdagi o‘rni va ahamiyatining yuqorilashishi natijasida alohida bir janrga –
nomalarga aylandi.
O‘zbek adabiyotida yozuvchilarning muktublari hozirgacha deyarli o‘rganilmay
kelayotir. Holbuki, S. Ayniy, Oybek, G. G‘ulom , A. Qahhor, Said Ahmad, P. Qodirov.
O. Yoqubov va boshqa ko‘plab ijodkorlar merosi adabiy maktublarga boyligi bilan
ajralib turadi. Bu janrni jonlantirishda Sh.Xolmirzayev faolligini ta’kidlash o‘rinli.
Maktubning bu turi tanqiddan ko‘ra badiiy ijodga tegishli. Shu bois ularni alohida
o‘rganish kerak. Bu maktublar ijodkorlarning real qiyofasini o‘rganish va yaratishda
muhim o‘rin tutadi. Keyingi yiilarda o‘zbek adiblariga kitobxonlar yozgan xatlar ham,
o‘ziga xos tarzdagi adabiy-madaniy boylik ekani ma’lum bo‘lib bormoqda. Bunga
shoir Shukrulloga yozilgan, yuzlab xatlar asosida tuzilgan «G‘oyibona muhabbat»(
2011) to‘plami misol bo‘la oladi.
Maktubotning dastlabki namunalari adabiy janr sifatida, yuqorida ko‘rsatib
o‘tilganidek, yunon va rim adabiyotida uchraydi. Sitsiron, Goratsiylarning she’riy
maktublari fikrimizga misol bo‘la oladi. Antik davrda badiiy yozuv madaniyati
mavjud bo‘lgan. Keyinchalik, chiroyli yozish san’ati tegishli muassasalarda maxsus
o‘qitilgan. Yozma nutq epistolyar janrning obekti hisoblanadi. Qadimgi Yunonistonda
eng ko‘p tarqalgan kundalik yozishmalar haqiqiy san’at asariga aylantirildi. Epistolyar
aloqadan, asosan, publitsistik janrda, qadimgi yunon faylasuflarining bir-biriga yozgan
xabarlarida foydalanilgan. Matnlarni yozishda muayyan qiyinchiliklar tug‘ilganligi
sababidan odamlar yordam so‘rab yozuvchilarga murojaat qilishgan. Shu tariqa ushbu
janr yuzaga kelgan.
4
Sharq adabiyotida maktubot insho san’atini o‘zida namoyon qilib, unda maktub
bituvchining badiiy salohiyati, nuktadonligi, so‘zga hassosligi aks etgan. Bitiklarda
maxsus axborot yetkazishdan ko‘ra, chuqur mazmun va yuksak badiiyatning ustuvor
bo‘lishiga e’tibor qaratilgan. Alisher Navoiy “Munshaot” muqaddimasida bu haqida
to‘xtalib, forsiy tilda yozilgan maktublardagi jimjimadorlik, noziklik, mazmunan teran
baytlarning turkiy tildagi maktublarda uchramasligi, aksincha, turkiy tildagi xatlarning
aksari badiiylikdan yiroq bo‘lganini ta’kidlab, turli she’riy parchalar bilan bezalgan,
go‘zal maktublarni turkiy tilda ham yozish mumkinligini isbotlash maqsadida o‘zi
yozgan xatlarni to‘plab, taqdim etayotganligini ma’lum qiladi.
5
XVIII asrda maktub shaklida romanlar yozish odat tusiga kirgan.
S.Richardsonning “Pamela”(1740); J.J.Russoning “Yuliya yoki yangi Elioza” (1761)
4
Qo’chqorova M. Maktublar- qalb ko’zgusi./ Jahon adabiyoti. 2009, 11-son.
5
Sirojiddinov Sh. Yusupova D. Davlatov O. Navoiyshunoslik. - Toshkent: Tamaddun. 2018. – B. 218.