Volume–32_Issue-1_Iyul_2023 177 adresat har vaqt xayolingizda turadi: siz yetkazmoqchi bo`lgan xabarni u tushuna
oladigan, unga ta’sir qiladigan tarzda yozishga intilasiz. Demak, aslida xat yozish
jarayonida siz adresat bilan muloqotga kirishasiz — tasavvuringizdagi suhbatdosh
bilan «xayolan gaplashasiz» va ayni shu suhbat (muloqot jarayoni) qog`ozda
muhrlanadi. Demak, ijodkor va o`quvchi orasidagi badiiy muloqotni amalga oshirishga
xizmat qilgani uchun ham badiiy asar badiiy muloqot vositasi deb tushuniladi. Badiiyat
hodisasi faqat ikki ong tutashgan nuqtadagina mavjud (M.Baxtin) bo`ladi. Ya’ni,
badiiy asar o`qish (hamda ijod) jarayonidagina badiiyat hodisasiga aylanadi,
o`qilmagan paytda esa u bir jism — qog`oz, muqova, rangdan iborat narsa xolos».
1
Shunday ekan, maktubda badiiylik va ma’lumot (informatsiya) birlashib bir butunlikni
hosil qiladi.
Ibrohim G‘afurov tabiri bilan aytganda, “Maktub, avvalo, fikrlashga, atrofga razm
solib qarashga, yaxshi-yomonni tanishga, har narsaga mustaqil baho berishga, o‘z
fikriga ega bo‘lishga, kuzatuvchanlikka o‘rgatadi. Shu bilan birga maktub yozish inson
ijtimoiy faolligining eng yorqin ko‘rinishlaridan biridir”.
2
Demak, maktub yozish
insonning ham ma’naviy saviyasini yuksaltirishga xizmat qiladi hamda madaniyat
darajasini o‘zida namoyon qiladi.
Maktub muayyan ma’noda dil hujjatidir. Unda muallif shaxsiyati, ruhiy holati,
kechinmalari aniq va xolisona ifodalanadi. Maktub mohiyatini ma’lumotning o‘zi
emas, eng avvalo, obyektga munosabat, shu tufayli tug‘ilgan shaxsiy fikr-o‘ylar,
kechinmalar, his-tuyg‘ular tashkil etadi. Shu sababli maktublar inson hayotida ham,
adabiyot tarixida ham ma’lum ahamiyatga ega. Maktubning janr sifatida tanqidchilikda
qachon paydo bo‘lganini aniqlash adabiy-tanqidiy tafakkurdagi izlanish, o‘sish
bosqichlarini aniqlash uchun alohida izlanishni talab etadi. Shu ma’noda maktubning
adabiy-tanqidiy janr sifatida shakllanishi va rivojlanishi ilmiy hodisa sifatida ayricha
ahamiyatga ega. Tarixan olib qaralganda, adabiy xususiyatga ega maktub (noma,
xat)ning ildizi “Avesto” va O‘rxun-Enasoy obidalariga borib taqalishini kuzatish
mumkin.
O‘zbck tanqidi tarixida munaqqid chiqishlariga shoir yoki yozuvchining javob
berishi, u bilan bahsga kirishuvi, boringki, o‘zini himoya qilishi kam uchraydigan
hodisa. Bu holni ma’lum darajada 20-yillardagi adabiy jarayonda ham kuzatish
mumkin edi. Adabiy maktubda munaqqidning munaqqidga maktubi (ko‘proq javob
tarzida) turi ham bor. Bu tur 20-yillarda ancha keng tarqalgan edi. Abdurauf Fitratning
«Yopishmagan gajaklar»i bunga misoldir. Ammo bunday asarlarning janriy chegarasi
hali aniqlangan emas, ularni ba’zida maqola, ba’zida maktub deb atash hamon davom
etmoqda. Xarakteri, ruhi, yozilish sabablaridan kelib chiqib, adabiy-tanqidiy maktub
sifatida qarasak maqbuldir.
3
1
Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish.- Toshkent: Fan. 2007.- B. 83.
2
G‘ofurov I. Dil erkinligi. - Toshkent: Ma’naviyat. 1998. B.- 78.
3
Xudoyqulov E. Adabiyotshunoslikka kirish. – T. Fan. 2006. – B.126.