Volume–32_Issue-1_Iyul_2023 179 shular jumlasidan. XIX asrda epistolyar adabiyot tarixiy hikoya, oilaviy xronika tarzida
rivoj topdi. I.S.Turgenov “Faust”, F.Dostoevskiy “Faqir kishilar” shular jumlasidan.
XX asrda, ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi yillarida epistolyar janr muhim ahamiyat kasb
etgan.
Sharq adabiyotida XIX-XX asrlarda yashab ijod qilgan Hamza Hakimzoda
Niyoziy, Muqimiy, Zavqiy, Furqatlarning bir-birlariga yozgan she’riy maktublari bu
janrga tegishli badiiyatning betakror namunalari hisoblanadi.
Hozirgi o‘zbek adabiyotida ushbu shakldan Odil Yoqubov, O‘tkir Hoshimov,
Abduqahhor Ibrohimov kabi yozuvchilar unumli foydalandilar. Abduqahhor
Ibrohimovning “Uyqu kelmas kechalar” nomli romani boshidan oxirigacha Faxri
Kamolning sevgilisi Yoqutxonga yo‘llagan xatlaridan iborat. Shuningdek, shoir Iqbol
Mirzoning nasrdagi ilk ijod namunasi bo‘lgan “Bonu” romani ham bosh qahramon
Bonuning shoirga yozgan maktublaridan iborat.
Hozirgi paytda epistolyar
adabiyotning she’riy maktublar, murojaatnoma, ochiq xat (asosan, adabiy
tanqidchilikda) kabi shakllari ham mavjud.
Epistolyar janr hikoyaga bir qadar o‘xshash bo‘lib, o‘quvchiga yozishmalar
shaklida taqdim etilishi bilan ajralib turadigan adabiy asar janridir. Epistolyar janr bilan
kundalik yozuvlar bir-biridan farq qiladi. Epistolyar janrda adresat va xat oluvchining
majburiy ishtiroki bo‘lishi kerak. Kundalik yozuvlari uchun esa bu umuman odatiy
emas. Andre Mourois “Notanish kishiga maktublar” kitobida xayoliy o‘quvchiga
haftada bir marta u bilan ayolni qiziqtirgan mavzularda suhbatlashish uchun xat
yozishni o‘z zimmasiga oldi. Buning uchun ayol bo‘lishi kerak edi. Bunga o‘xshash
xatlardan yana biri Chadayevning “Falsafiy maktubi”
6
hisoblanadi.
Bunday xatlarni
epistolyar janr va kundalik yozuvlarining o‘rtasida turuvchi hodisa sifatida baholash
mumkin.
Epistolyar janr bugungi kunda soddalashtirilgan shaklda bo‘lsa-da barhayot
tarzda davom etib kelmoqda. Zamonaviy epistolyar janrning o‘ziga xos xususiyati
uning o‘ta soddaligi va badiiy minimalizmida. Epistolyar aloqada ishbilarmonlik,
jurnalistik,
do‘st bilan yaxshi munosabatda bo‘lish xususiyatlari bo‘rtib turishi
mumkin. Maktubning asosiy vazifasi bu - ma’lumotni qabul qiluvchiga yetkazish.
Bugungi kunda ushbu janrga asoslangan mualliflik asarlari juda oz.
7
Maktublar mazmunidan xat egasining hayoti, faoliyati, fe’l-atvoriga xos
belgilarni topish mumkin. Xatlar hamisha tarixiy faktlarni aks ettiruvchi manba
sifatida xizmat qilavermaydi. Balki xat egasining ko‘proq maktub yozayotgan
daqiqalardagi holatini, ruhiyatini belgilaydi. Maktublar kishiga hayotiy tajriba
orttirishda, hayotda javob topolmagan savollariga javob topishda ko‘maklashadi.
8
Maktublar tarix sahifalarini jonlantirishda, fikr yuritilayotgan shaxsga oid
6.Qo’chqorova M. Maktublar- qalb ko’zgusi./ Jahon adabiyoti. 2009, 11-son. – B. 58.
7. Shu manba. – B. 59.
8. Ibrohimova R. Epistolyar janr eskirdimi?/ O’zbekiston adabiyoti va san’ati. 2007, 10-son. – B. 68.