Maktub epistolyar janr namunasi sifatida


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix21.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#187812
1   2   3   4   5   6
176-180

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–32_Issue-1_Iyul_2023 
180 
ma’lumotlarni oydinlashtirishda, tadqiqotchilar e’tiboridan chetda qolgan ayrim zarur 
chizgilarni to‘ldirishda ilmiy qimmatga ega. Ular faqat ko‘ngil yozish, insonning o‘z 
fikrini qog‘ozda ifodalash usuli bo‘libgina qolmay, balki, dunyoning turfa ranglarini 
ko‘ra bilish, his etish imkonini ham beradi. Jahondagi barcha peshqadam ziyolilar xat 
yozib, xat olishgan. Bugungi kunda texnika taraqqiyoti, telefon, telegraf, elektron 
pochta epistolyar janrni tashkil etuvchi maktublarga bo‘lgan ehtiyojni bir qadar 
so‘ndirdi. Kishilar bir-biriga xat yozishdan anchayin uzoqlashdi. Lekin maktublarning 
mohiyati emas, uning ko‘rinishi o‘zgardi xolos, deydi Ra’no Ibrohimova .
9
Bizningcha, bugungi kunga kelib maktublarning shakli ham, mohiyati ham 
o‘zgargan. Zero oradan 15 yil o‘tdi. Chunki shuncha vaqt ichida shiddat bilan 
rivojlanayotgan zamonda katta yangiliklar ro‘y berdi. Internet tarmog‘ida 
WATS UP, 
TELEGRAM, INSTAGRAM, FACEBOOK
kabi bir qancha messenjerlar paydo 
bo‘ldi. Endi SMSlarga ham deyarli ehtiyoj qolmadi. Barcha , ayniqsa, yosh avlod 
vakillari internet tarmoqlari orqali bir-birlari bilan xabarlashyapti. Albatta, bu 
holatning ijobiy tomonlari ham ko‘p: vaqtni tejaydi, arzon, yuzma-yuz ko‘rishish 
imkoni bor. Biroq, buning salbiy tomoniga ham ko‘z yumolmaymiz. Savodsizlik 
darajasi ortib boryapti, o‘z ona tilimizga behurmatliklar ko‘payib ketyapti. 
Tengdoshlarimiz shunday go‘zal tilimizning imkoniyatlaridan foydalana olishmayapti. 
Tinish belgilari, badiiy tasvir vositalaridan foydalanishni unutib qo‘yishgan. Shuning 
uchun yoshlarda mustaqil fikrlash, o‘z fikrini ravon nutq orqali o‘zgalarga yetkazib 
berish qobilyati tobora pasayib bormoqda. Bu esa o‘ta achinarli holat. Qo‘l bilan 
qog‘ozga yozilgan maktubning o‘rni boshqacha bo‘ladi. Undan muallifning hidi
qanday holatda(shoshib, hotirjam…) yozilgani haqida bilish mumkin. Kishi qalbining 
to‘rida yashiringan eng nozik tuyg‘ularni qog‘ozga to‘kib solish og‘zaki aytishdan 
ko‘ra ba’zan osonroq kechadi va qalbga tezroq yo‘l topadi. Nima bo‘lganda ham, qo‘l 
bilan yozilgan maktubning qadri, harorati boshqacha bo‘ladi. Shuning uchun bugungi 
kunda did bilan, chiroyli nutq bilan yoziladigan maktublarga ehtiyojimiz bor.
Umuman olganda, maktub, xat, nomani bir-biridan farqlash, uning o‘rganilishiga 
oid ma’lumotlarni oydinlashtirishga xizmat qiladi. Maktublar genezisini tadqiq qilish 
uning keyingi taraqiyyoti uchun muhim sanaladi. Qadimgi dunyo adabiy 
qarashlarining shakllanishida va ifodalanishida maktubdan foydalanilgan. Keyinchalik 
esa bu adabiy tanqidda maktub janrining yuzaga kelishiga ta’sir ko‘rsatgan. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin