Ko‘rsatishni o‘rgatish kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi
haqida malakalarga ega bo‘lishi kerak. Sport tibbiyoti fanidan - sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy tarbiya gigiyenasi va
sportning tibbiy-fiziologik asoslari fanining o‘rni va ahamiyatini bilishi; sport
tibbiyoti fanining maqsadi hamda vazifalari; O‘zbekistonda sport tibbiyotini
tashkil etish asoslari; umumiy sport patologiyasi asoslari; sportchilarning
kasallanishi va jarohatlanishi; sport-pedagogik nazorat mazmuni va metodlari
haqida bilimga ega bo‘lishi kerak. - yoshlar va o‘quvchilarni jismoniy tarbiyasida shifokor nazorati; sportda ish
qobiliyatini tiklash asoslari; davolash jismoniy tarbiyasi asoslari; o‘quvchilarning
jarohatlanishi; yurak qon-tomir tizimi kasalligi, nafas olish organlari, moddalar
almashinuvining buzilishi va tomir kasalliklari; jarohatlar va asab tizimi kasalligi,
tayanch-harakat apparati kasalliklarini davolash jismoniy tarbiyasini haqida ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. - yoshlar va o‘quvchilar salomatligining tibbiy nazorati; yoshlar va
o‘quvchilarning tibbiy guruhlarga taqsimlanishi; bir tibbiy guruhdan boshqa
guruhga o‘tish isboti va kuzatish usullari; o‘zini nazorat qilish qoidalari haqida malakalarga ega bo‘lishi kerak. III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari) 1-modul. Jismoniy tarbiya gigiyenasi faniga kirish 1-mavzu. Jismoniy tarbiya gigiyenasi fanining maqsadi hamda vazifalari Jismoniy tarbiya gigiyenasi rivojlanishi haqida nazariy ma`lumotlarga ega
qilish. Umumta`lim maktab o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan
holda katta, o‘rta va kichik me`yordagi gigiyenaga taalluqli tavsifini tahlil qilish,
rivojlanish bosqichlari va har bir yosh davrlardagi ahamiyati haqida nazariy
ma`lumotlarga ega qilish.