«Sifat to’garaklari» usuli Yaponiyada keng tarqalgan bo’lib, bu to’garak tomonidan qurilayotgan ob’ektlar va ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash bo’yicha ish olib boruvchi, doimiy faoliyat ko’rsatuvchi gurux shakllida tashkil qilishni tavsiya qilamiz. Gurux a’zoligiga boshqarmaning quruvchi va mutaxassisilari taklif qilinadi. Gurux a’zolariga o’z fikrlarini hech qanday subordinatsiyaga itoat qilmasdan ochiq aytishlarini uqtirishni tavsiya qilamiz. Umuman, guruxda hamjixatlik va erkin muxitni vujudga keltirish maqsadga muvofiqdir.
Gurux bir oyda bir marta yoki qurilayotgan ob’ektlar va ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati bo’yicha iste’molchilardan e’tirozlar ko’payib ketganida o’z yig’ilishini o’tkazishi maqsadga muvofiq.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ishchi va boshqa xodimlarni boshqarishga jalb qilish, optimal buyruq va qarorlar ishlab chiqish hamda ularni bajarish samaradorligini oshiradi, bu esa o’z navbatida boshqarish samaradorligiga ijobiy ta’sirini o’tkazadi.
XULOSA
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga, mahsulot va xizmatlarni diversifikatsiyalashga, shu orqali aholimiz farovonligini oshirishga qaratilgan. Respublikamiz Prezidenti SH.M.Mirziyoev ta’kidlaganlaridek: «…iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim istiqbollari va ustuvor yo’nalishlarini belgilab olar ekanmiz, biz ichki ehtiyojning o’sishiga alohida e’tibor qaratishimiz kerak bo’ladi».13
Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev keyingi qiladigan ishlarimiz rejasini belgilab berar ekan bizning oldimizga eng muhim vazifa qilib, boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirishga – iste’mol talabini kengaytirish maqsadida sotsial sohani rivojlantirish, mehnatga haq to’lashni yanada oshirish, xizmat ko’rsatish sektorini, infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirishga, transport va kommunikatsiya loyihalari amalga oshirilishiga alohida e’tibor berishimizni ta’kidlab o’tdilar. Bu esa korxona va tashkilot rahbarlariga innovatsion jarayonlarni boshqarishda ilg’or tajribalarni qo’llash, boshqarish masalalariga ijodiy yondoshish keraklligini qattiq vazifa qilib qo’yadi.
Innovatsion jarayon innovatsion o’zgarishlarni tayyorlash va amalga oshirishdan iborat bo’lib, yagona bir butunni tashkil qiluvchi o’zaro bog’liq pallalardan iboratdir.
Innovatsion boshqaruv g’oyatda murakkabdir. Innovatsion jarayonlarni rivojlanishi qonuniyatlarni tahlil qilish uchun innovatsion menejerlar bo’lgan mutaxassislar zarur, ular yangilik kiritishlarning har xil tashkiliy – iqtisodiy jihatlari bilan shug’ullanadilar.
Innovatsion tashkilot o’z ichiga asosiy jihatni oladi:
innovatsion faoliyatning yangiliklarni ishlab chiqish, tadbiq etish va ishlab chiqarishni birgalikda amalga oshiruvchi odamlarning birlashmasi bo’lgan sub’ekt;
tashkilotning innovatsion faoliyatdagi kerakli vazifalarni bajarishga qaratilgan jarayonlari va harakatlari majmuasi;
tizimni ichki tartibga solinishi va uning elementlari va tizimchalari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni takomillashishini ta’minlovchi tuzilmadir.
Tashkiliy shakllar markazlashgan va markazlashmagan tuzilmalarning hamkorligi asosida xo’jalik yuritishning yangi tamoyillari bilan yaqindan bog’langan. Tashkiliy loyihalashtirish, yangi modellar va tuzilmalardan foydalanish menejmentning muhim yo’nalishi bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |