Malakaviy pedagogik amaliyot portfoliosi



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/114
tarix07.06.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#126320
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   114
Malakaviy pedagogik amaliyot portfoliosi

________________________________________________________________
_______________________________________________________________ 
 


4.GURUH JAMOASIGA YOZILGAN PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK 
TAVSIFNOMA YOZISH SXEMASI BILAN TANISHISH VA 
PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TAVSIFNOMA YOZISH. 
1. Guruh to`g`risida umumiy ma`lumot, guruhdagi o`g`il va qiz bolalar soni, 
yoshi, guruh tarbiyachilari va enaganing almashinishi va h.. 
2. Guruh faollari, ular to`g`risida ma`lumot. Guruh ichidagi o`zaro 
munosabatlar, jipslik darajasi, o`zaro talabchanlik, mehribonlik, do`stona 
munosabat, g`amxo`rlik, o`zaro yordam va hurmat ehtirom ko`rsatish: 
Jamoada tanqid va o`z-o`ziga tanqid: 
O`g`il va qiz bolalarning o`ziga xos yosh pedagogik-psixologik xususiyatlari. 
Guruhning ayrim a`zolari o`rtasidagi o`rtoqlik va do`stlikning namoyon bo`lishi 
uning ichki negizi, guruhning ayrim tarbiyalanuvchilarining hissiy jihatdan
“yaxshiligi” va “ yomonligi”. 
Guruh 
tarbiyachisining 
ma`lumot 
darajasi, 
umumiy 
madaniyati, 
tashkilotchilik qobiliyati, bolalar ruhiyatini, qiziqishlarini, bolalar o`rtasidagi 
obro`yini bilishi. 
3. Guruh faoliyatining mazmuni va xususiyati: oyin faoliyati va 
mashg`ulotlardagi intizomi va ularni o`zlashtirishi. Ayrim bolalarning 
o`zlashtira olmasliklari va bunga tarbiyasining munosabati. 
Guruhning mashg`ulotlardan tashqari musiqa, san`at, sport, va hokazolarga 
qiziqishlari. Guruhning MTM hayotidagi o`rni. 
Ijtimoiy foydali mehnat va uning guruh hayotidagi o`rni, mehnat turlari va 
ularni bajarilish xarakteri. 
4. Umumiy xulosalar: Guruhning rivojlanish darajasi. Ijobiy pedagogik-
psixologik muhitning mavjudligi. Umumiy hissiy vaziyat. 
Maktabgacha yoshidagi bolalarning o'zaro munosabatlari ijobiy bo'lishi 
lozim. Bolalar munosabatlarining xarakteri va bolalarning guruhidagi mavqei 
nafaqat uning shaxsiy xususiyatlari bilan, ayni vaqtda bolalarga nisbatan 
guruhda shakllangan talablar bilan baholanadi. Odatda ko'pchilik orasida har xil 
o'yinlarni o'ylab topa oladigan xushchaqchaq, chiroyli rasmlar chiza oladigan, 
aqliy jihatdan yaxshi rivojlangan, mashg'ulotlarda faol ishtirok etadigan, ancha 
mustaqil bo'lgan, saramjon-sarishta bolalar shuhrat qozonadilar. 
Bolalar o`rtasidagi o`zaro murakkab munosabatlarni o`rganish uchun
sotsiyometrik metod qo’laniladi. Shu yo`l bilan bolalarning shaxslararo 
munosabatlari qanday ekanligi aniqlanadi. Buning uchun quyidagi savollar 
orqali bolalarning har biri bilan suhbatlashiladi. 
1) Sen kim bilan o’ynashni istaysan?( Nima uchun?) 
2) Sen kim bilan birga stol bezashni, tuzishni istaysan? (Nima uchun?) 
3) Sen o’yinchoqlarni kim bilan yig’ishtirishni istaysan? (Nima uchun?) 
4) Sen tug’ilgan kuningda kimni taklif qilasan? (Nima uchun?) 
Tekshiruvchi har bir savolga 3ta bolaning nomini aytib, uni tanlash sababini 
aytib tushuntirib berishi kerak.Bunday suhbatdan tashqari eksprement 
jarayonida tadqiqotchi bolalarni turli faoliyatda kuzatish natijalaridan va 
bolalarning ota-onalari bilan o`tkazgan suhbat natijalaridan ham foydalanishi 
mumkin. 



Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin